15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot


Ob’ekti va predmetiga ko'ra farqlanadigan lug'atlar



Yüklə 26,79 Kb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü26,79 Kb.
#198893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. A-fayllar.org

Ob’ekti va predmetiga ko'ra farqlanadigan lug'atlar
Obyekti va predmetiga ko'ra ham lug'atlar xilma-xil bo'ladi. Chunonchi:
Terminologik lug'atlar: «Ruscha-o‘zbekcha fizik terminlar lug‘ati» (M.D.Yagudaev, R.X.Mallin, 1952). «Ruscha-o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati» (M.Sobirov, 1952), «Pedagogikadan qisqacha ruscha- o'zbekcha terminologiya lug‘ati» (Sh.Boyburova, N.Takanaev, 1963), «Qisqacha ruscha-o‘zbekcha iqtisodiy terminlar lug‘ati» (O.Aminov, J.Do‘stmuhamedov, A.Usmonov, 1971), «Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari» (l.Ismoilov, 1966) va h.k;
Frazeologik lug'atlar: «O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1964); «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1978); «Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘at» (M.Sodiqova, 1972);
Orfografik lug'atlar: «O‘zbek adabiy tilining orfografik lug‘ati» (S.lbrohimov, M.Rahmonov, 1940), «Imlo lug‘ati» (Olim Usmon, 1941, 1949); «O‘zbek adabiy tilining imlo lug‘ati» (S.lbrohimov, M.Rahmonov, 1956), «O‘zbek tilining qisqacha imlo lug'ati» (F.Kamolov, Z.Ma'rufov tahriri ostida. 1962), «Imlo lug‘ati» (Y.Abdullayev, M.Omilxonova, S.Zufarova, 1970—1987), «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (S.I.Ibrohimov, E.A.Begmatov, A.A.Ahmedov. (1976); «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, 1995);
Orfoepik lug'atlar: «Talaffuz madaniyati» (O‘.Usmonova, 1976). Ushbu risolaning 29—58-betlarida ayrim so‘zlar talaffuzi (lug'ati) berilgan:
Antroponimik lug'atlar: «O‘zbek ismlari imlosi» (E.A.Begmatov. 1972); «O‘zbek ismlari» (E.A.Begmatov. 1991);
Toponimik lug'atlar: «Geografik nomlar ma'nosini bilasizmi?» (S.Qorayev, 1970);
Sinonimlar lug'ati: «O‘zbek tili sinonimlarining qisqacha lug‘ati» (A.Hojiyev, 1963), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (A.Hojiyev, 1974);
Chastota lug'ati: Bu tipdagi lug‘atlarda o‘zbek tilidagi so'zlarning faollik darajasi ko‘rsatiladi;
Dealektologik lug'atlar: «Xorazm shevalari», 1-kitob, (F.Abdullayev, 1961), «O‘zbek shevalari leksikasi» (kollektiv, 1966). Bu kitoblarda dialektologik tadqiqotlar natijasi bilan birga, sheva so‘zlarining lug'atlari ham berilgan;

Yüklə 26,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin