15-mavzu. Sinfdan va maktabdan tashqari muassasalarda texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish. O‘quvchilarni sinfdan va maktabdantashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi. Guruh shaklida texnik echimlarni ishlab chiqish yuzasidan uyushtiriladigan baxslar quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:
Bahs qatnashchilari muammoning haqiqiy holatini to‘g‘ri baholash, muhim holatlarni ikkinchi darajali masalalardan ajratish hamda muammoni hal etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilab oladilar.
Guruh a’zosi bo‘lgan boshqa o‘quvchilar fikrini eshitish, o‘z fikr-mulohazalarini ular bilan umumlashtirish va uyg‘unlashtirish.
Hech bir sohadagi alohida mutaxassis qaralayotgan muammoni atroflicha qamrab ololmasligi va aynan muammolarni hal qilishning jamoa shakli samaradorligining amaliy tasdig‘ini topishi.
Ko‘plab muammolarning echimlari bir nechta yo‘nalishda hal etilishi mumkin bo‘lgan echimlarga ega ekanligini aniqlash.
O‘quvchilarning darsdan bo‘sh paytlarida texnikaning birorta yo‘nalishi bo‘yicha texnik ijodkorligi bilan shug‘ullanishning asosiy formalaridan biri texnik to‘garaklar hisobalanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlariga qarab ixtiyoriy ravishda amaliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bunday birlashmalarda o‘quvchilar texnikani o‘rganishi, texnik ob’ektlarni va texnologiyani takomillashtirish, modellashtirish loyihalashtirish ratsionalizatorlik faoliyati, tajriba o‘tkazish ilmiy-texnik qidiruvlar olib boradilar. Texnik to‘garaklar-bu o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish yoki birorta faoliyatda faqat o‘zini sinab ko‘rish bilan chegaralanmay balki, jamoada ishlashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorlanadi. Har bir texnik to‘garaklarning muddati va vaqt ko‘rsatilishi zarur. To‘garaklar quyidagicha tiplarga ajraladi:
- tayyorlov texnik to‘garagi;
- fan (ilmiy-texnik) to‘garagi;
- sport-texnik to‘garagi;
- ishlab-chiqarish texnik to‘garagi;
- badiiy-amaliy to‘garaklar.
O‘quvchilarni sinfdan va maktabdantashqari ishlarning ommaviy formasi.Har xil turdagi ijodiy birlashmalari, to‘garaklar o‘quvchilarning ma’lum qisminigina o‘z ichiga oladi. Hamma o‘quvchilarning ijodiy faoliyatdan bo‘lgan ijobiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida har xil ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday formadagi ishlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ijobiy texnik birlashmalarga ko‘p o‘quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlar:
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o‘tkazish. Ishchi kasbi mehnat mahorati bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, yosh ratsionalizatorlar faoliyati va texnik konferensiyalar o‘tkazish. O‘quvchilar texnik ijodkorligi ko‘rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.
10.7. Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida o‘quv dasturidagi boshqa fanlar bilan birgalikda talabalar konstruktorlik byurosi, texnik ijodkorlik, rassomchilik, modelchilik, tasviriy san’at to‘garaklari imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish lozim bo‘ladi. Bu qatorda talabalar konstruktorlik byurolarida olib boriladigan ijodiy ishlarning afzalligi yangi texnik ishlanmalar yaratish bilan birgalikda ulardagi texnik echimlarni amalga oshirishning iqtisodiy, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarini asoslash, g‘oyani xalq xo‘jaligiga qo‘llashning amaliy imkoniyatlarini o‘rganish kabi yaxlit majmuaviy faoliyat bilan belgilanadi. Talabalar konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o‘rgatishdan maqsad ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy faoliyatga qiziqishni tarbiyalash, egallanayotgan faoliyat sohasiga ijodiy munosabatni shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bunday ta’lim o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni orttirishi, ta’lim va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtira oladigan mutaxassisni tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Talabalar konstruktorlik byurolarida talabalar o‘z ilmiy-ijodiy ishlari yakunini ixtiro, ratsionalizatorlik taklifi, referat, kurs va diplom ishlari shaklida amalga oshirish yo‘llarini o‘zlashtiradilar. Albatta, talabalarning bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatida ishtirok etishi bevosita ularning bilim saviyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bilim saviyasi yuqori bo‘lgan talabalarning malaka tavsifi ortib boradi, kasbni egallash tezlashadi, ilmiy texnika ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq boshlanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini qanday guruhlarga birlashtirish mumkin ?
Guruh shaklida texnik echimlarni ishlab chiqish yuzasidan uyushtiriladigan baxslar qanday vazifalarni hal qilish imkonini beradi?
Maktabdan tashqari ishlarning qanday shakllari kengroq tarqalgan?