Neyrogen etiologiyali erektil disfunksiyaning namoyon bo‘lishi nerv
tizimining zararlanish darajasiga bog‘liq. Kortikal va orqa miyaning “yuqori”
zararlanishlarida spontan ereksiya taktil stimulyasiyadagi
ereksiyaning reflektor
tipida saqlanishi mumkin. Orqa miyaning “past” va periferik neyroretseptorlarning
zararlanishi jinsiy xoxish saqlangan holda ham spontan,
ham adekvat
ereksiyalarning susayishiga olib keladi. Neyrogen impotensiya ko‘pincha
eyakulyasiyaning buzilishi bilan kuzatiladi.
Androgen etishmovchiligi, giperprolaktinemiya fonida rivojlanadigan erektil
disfunksiya, ko‘p hollarda asta – sekin zo‘rayadi va jinsiy xoxishning susayishi
bilan kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: