16
–
bob. Erektil disfunksiya
Erektil disfunksiya (impotensiya)
– seksual
faollikni etarli darajada
qoniqarli amalga oshirish uchun ereksiyaga erishishga va / yoki ushlab turishga
layoqatsizlik.
Erektil buzilish har qanday yoshda kuzatilishi mumkin, lekin katta yoshdagi
erkaklar uchun juda xaraterli. Kasallikning uchrashi yosh kattalashishi bilan oshib
borib, 40 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda 52 % ni tashkil qiladi. Agar 40
yoshda har xil darajada namoyon bo‘lgan jinsiy buzilishlarni 40 % erkaklar
boshdan kechirsa, unda 70 yoshda ular soni 67 % ga etadi.
Etiologiya va patogenezi.
Erektil disfunksiya ko‘p omilli holat hisoblanadi.
Kavernoz gavdachalarga qon kelishining kamayishiga (jinsiy olatning arterial
etishmovchiligi) yoki ulardan qon oqishining ko‘payishiga (venookklyuziv
disfunksiya) olib keladigan har qanday omillar erektil buzilish sabablari bo‘lishi
mumkin. Ereksiyaning buzilishini, odatda, surunkali kasalliklar,
birinchi navbatda
ateroskleroz, arterial gipertenziya, kandli diabet, depressiya va nevrozga o‘xshash
kasalliklar bilan bog‘laydilar. Erektil buzilish ko‘pincha tashqi muhitning yomon
omillari – radiatsiya, elektromagnit nurlanish ta’sirida paydo bo‘ladi. Erektil
disfunksiyaning sabablari qon tomirlar,
endokrin, asab tizimining surunkali
kasalliklari, chanoq yoki orqa miya shikastlanishi bo‘lishi mumkin. Erektil funksiya
chanoq a’zolaridagi radikal operatsiyalar oqibatida ham rivojlanishi mumkin.
Erektil buzilish paydo bo‘lishi xavfining asosiy omillari yosh, chekish,
ortiqcha semizlik bo‘ladi. CHekuvchilar orasida impotensiya, chekmaydigan
erkaklarga qaraganda 15 – 20 % ko‘proq uchraydi.
Jinsiy funksiyani pasaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan 200 dan ortiq dori
preparatlari ma’lum. Bularga ba’zi bir gipotenziv (klonidin, V– blokatorlar,
rezerpin), me’da – ichak (simetidin, ranitidin, metoklopramid),
psixoterapevtik
(amitriptilin, fluoksetin) va o‘smaga qarshi ishlatiladigan hamma preparatlar kiradi.
Erektil disfunksiyaning patogenezi har xil. Erektil buzilishlarning psixogen,
organik va aralash turlari farq qilinadi (16.1– sxema).
Эректил
дисфункция
Психоген
Органик
Аралаш
16.1– sxema. Erektil disfunksiyaning tasnifi.
Psixogen erektil disfunksiyaga ereksiya mexanizmining markazdan bosilishi
sabab bo‘ladi. Ereksiyaning psixogen buzilishiga olib keluvchi asosiy holat
depressiya va vahima nevrozlaridir. Bir qancha hollarda buzilish psixosomatik tip
natijasida ro‘y beradi.
Organik erektil disfunksiya vaskulogen, neyrogen va gormonal turlarga
bo‘linadi.
Ereksiyaning vaskulogen
buzilishi ham arterial, ham venookklyuziv
buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Jinsiy olatning arterial etishmovchiligi ichki yonbosh, ichki uyatli arteriyalar,
jinsiy olat arteriyalarining aterosklerotik zararlanishi oqibatida, oraliq va chanoq
suyaklari shikastlanishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin.
Gipertoniya kasalligi
arterial tomirlar devorining qotib qolishi ko‘payishiga olib kelishi mumkin va jinsiy
olat arteriyalarining kengayuvchanlik qobiliyati pasayishiga sabab bo‘ladi. Tizimli
gipertenziyaning kavernoz to‘qimaga negativ ta’siri oqibatida kavernoz
tanachalarda venooklyuziv mexanizm buzilishi mumkin.
Neyrogen erektil disfunksiyaning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri
orqa miya shikastlanishi, parishonxotirlik sklerozi va diabetik neyropatiya bo‘ladi.
Neyrogen buzilishlarning boshqa etiologik omillariga umurtqa pog‘onasining
demielinizlanuvchi va degenerativ kasalligi,
periferik neyropatiya, shikastlar va
operatsiyalarda chanoq nerv bog‘lamlarining shikastlanishi kiradi.
Gormonal erektil disfunksiya Paskualini sindromida, Itsenko – Kushing
kasalligida, giperprolaktinemiya va testosteron miqdorining
kamayishiga olib
keluvchi endokrinopatiyalarda kuzatiladi. Ta’kidlash kerakki, ko‘p hollarda organik
erektil disfunksiya ikkilamchi psixogen buzilishlarda aniqlanadi.