Uzoqmuddatlimajburiyatlarquyidagischyotlardaaksettiriladi:
7000 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan uzoq
muddatli schyotlar»;
7100 «Ajratilgan bo'linmalar, sho'ba va qaram xo'jalik jamiyatlariga
bo"lgan uzoq muddatli qarzlar»;
7200 «Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi
schyotlar»;
7300 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo'naklarni hisobga oluvchi
schyotlar»;
7800 «Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
7900 «Turli kreditorlarga bo`lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi
schyotlar».
3. Qisqamuddatlimajburiyatlarhisobiniyuritilishi
Olingan tovar-moddiy boyliklar, ishlar, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga oid majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: a) joriy qismi:
6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar";
6020 "Berilgan veksellar".
Ajratilganbo’linmalar, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga joriy va uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) joriyqismi:
6110 "Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar";
6120 "Sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar". Muddati kechiktirilgan majburiyatlar haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to’lanadigan (bajariladigan) bo’lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
qisqa (joriy) muddatlilari:
6210 "Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"
6220 "Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"
6240 "Solidar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar"
6250 "Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’I bo’yicha majburiyatlar"
6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar"
4. Joriy majburiyatlar deganda nimani tushunasiz?
Joriy (yoki qisqa muddatli) majburiyatlar tugatilishi uchun joriy aktivlar sifatida tasniflanadigan resurslardan foydalaniladigan yoki boshqa joriy majburiyatlar qabul qilinadigan majburiyatlar tarzida belgilanadi. Ularning ko'p uchraydigan oʻziga xos turlari kreditorlik qarzi olingan bo`naklar va muddati kechiktirilgan daromadlar, davr xarajatlariga taalluqli hisoblab yozilgan majburiyatlar, dividendlar va to'lovga oid foizlar, hisoblab yozilgan soliqlar, shartli majburiyatlar hamda boshqalar hisoblanadi.
5. Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar qanday amalga oshiriladi?
Turli mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga olingan TMB (tovar-moddiyboyliklar), bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun sub’ektning joriyqarzi 6010-schyotda, uzoq muddatli qarzi esa 7010-schyotda aks ettiriladi. 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti amalda kelib tushgan TMB, qabul qilib olingan ishlar va iste’molda bo’lgan xizmatlar qiymatiga mazkur boyliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada kreditlanadi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan materiallar olindi:
Dt 1010 "Xomashyo va materiallar" 560 m.s.
Kt 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" 560 m.s.
6. Uzoq muddatli majburiyatlar hisobini ta’riflang.
Dostları ilə paylaş: |