17-MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
TOPSHIRIQLAR VARIANTLARI
Moliyaviy faoliyat natijasida olingan daromadlarni hisobga olish qanday amalga oshiriladi?
Moliyaviy faoliyat boʻyicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin:
9510-«Royalti koʻrinshidagi daromadlar»
9520-«Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar»,
9530-«Foizlar koʻrinshidagi daromadlar»
9540-«Valyutalar kurslari farqidan daromadlar»,
9550-«Moliyaviy ijaradan daromadlar»
9560-«Qimmatli qog'ozlarni qayta baholashdan daromadlar»
9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlar».
Ushbu hisobvaraqlar tranzit boʻlib, passiv xarakterga ega. Ularning kredit oborotiga tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning koʻpayishi, debet oborotida esa ularning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
9510-«Royalti koʻrinshiidagi daromadlar»hisobvaragʻida royalti va kapital transferti boʻyicha olingan daromadlar aks ettiriladi.
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4850-«Royalti boʻyicha olishga tegishli schyotlar»;
K-t 9510-«Royalti koʻrinshiidagi daromadlar».
9520-«Dividentlar koʻrinishidagi daromadlar» hisobvaragʻida Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qoʻshish yuli bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar boʻyicha dividendlar aks ettiriladi.
Dvidendlar boʻyicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar»
K-t 9520-«Dividentlar koʻrinishidagi daromadlar».
9530-«Foizlar koʻrinshidagi daromadlar» hisobvaragʻida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo'yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4830-«Olinadigan foizlar»
K-t 9530-«Foizlar koʻrinshidagi daromadlar»vah.k.
|