2. Valent bog’lanish metodi, elektron orbitallarning
gibridlanish haqidagi
g’oyalarga asoslanib
moddalarning tuzilishi, molekulalarda valent bog’larning
yo’nalishi va ko’pgina moddalarning molekulyar geometriyasini izoxlab bera oladi.
Ammo ba’zi moddalarning tuzilishini bu nazariya asosida izohlab bermaydi. Ma’lum
bo’lishicha ba’zi moddalarda elektron juftlar yordamisiz bog’lanish hosil bo’lishi
aniqlandi. Masalan, XIX asrning oxirida Tomson vodorodni
elektron oqimi bilan
bombardimon qilish natijasida hosil bo’lgan
molekulyar vodorod ioni H
+
2
tarkibida
faqat birgina elektron bor. Bu zarrachada yadrolararo masofa 1,06 A0 (0,106 nm),
uning bog’lanish energiyasi 256 kJ∙mol-1 va H
2
+
molekula
ancha barqaror
zarrachadir.
Shuning uchun yadro, ikki yadro bir-biri bilan
birgina elektron orqali
bog’lana oladi, ya’ni bir elektronli bog’lanish ham
mumkin ekan degan xulosaga
kelish mumkin. Tekshirishlardan ma’lumki, faqat takibida toq elektron bo’lgan
molekulalar magnitga tortiladi. Kislorod qattiq holatda magnitga tortiladi. Vaholanki,
kislarodda toq elektronlar yo’q, ammo u magnitga tortiladi. Valent bog’lanishlar
metodi kislarodning magnit hossalarini izohlay olmaydi.
Vodorod molekulasining hosil bo’lishini kvantlar mexanikasi asosida izohlash
uchun
V.Geytler va F.London 1927 yilda
taklif qilgan va L.Poling rivojlantirgan.
Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish mumkin
:
Dostları ilə paylaş: