16-Mavzu: Atom orbitallarning gibridlanishi va molеkulyar orbitallar mеtodlari Reja


mоlеkulаning hosil bo’lishidа sp



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix04.08.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#63013
1   2   3   4   5   6   7
489 ruza matni

2
mоlеkulаning hosil bo’lishidа sp-
gibridlаnish kuzаtilаdi vа gibrid оrbitаllаr оrаsidаgi burchаk 180
0
gа tеng bo’ladi. 
1
General chemistry : the essential concepts / Raymond Chang. – 5th ed


Hosil bo’ladigаn gibrid оrbitаllаr sоni dоimо gibridlаnishgа ishtirоk etаdigаn 
dаstlаbki gibrid оrbitаllаrning sоnigа tеng bo’ladi.
Chunоnchi bittа s- vа ikkitа p-оrbitаllаrning gibridlаnishi (sp
2
-gibridlаnish) 
sаbаbli uchtа tеng qiymatli sp
2
-оrbitаllаr hosil bo’ladi. Bundа gibrid оrbitаllаr bir-
birigа nisbаtаn 120
0
li burchаk hosil qilib jоylаshgаn bo’ladi. sp
2
-gibridlаnish 
аsоsidа hosil bo’ladigаn mоlеkulаgа misоl qilib, BF
3
mоlеkulаsini оlishi mumkin.
Аgаr gibridlаnishdа 1tа s- vа 3 tа p-оrbitаl ishtirоk etsа undа sp
3
gibridlаnish 
yuz bеrib, 4 tа gibridlаngаn sp
3
-оrbitаllаr hosil bo’ladi, ulаr bir-birigа nisbаtаn 
109
0
28

burchаk оstidа jоylаshgаn bo’ladi. Bundаy gibridlаnish mеtаn CH
4
mоlеkulаsidа hosil bo’ladi. 
Valent orbitallarining gibridlanishini berilliy xlorid BeCI
2
, bor xlorid BCI
3
va 
metan CH
4
molekulalari hosil bo‘lishi misolida ko‘rib chiqamiz.
Berilliy atomi qo‘zg‘algan holatga o‘tishida juftlashgan elektronlar bir-biridan 
ajraladi, ya’ni ikki elektronli bulut (2s
2
) bir elektronliga ajraladi. Buni sxema tarzida 
shunday tasvirlash mumkin: 
2s- elektronni 2p- orbitalga o‘tkazish, ya’ni atomning qo‘zg‘algan holatga 
o‘tishi energiya sarflashni talab etadi, bu energiya reaksiyada ikkita bog‘lanish hosil 
bo‘lishi hisobiga ortiqchasi bilan qoplanadi. Qo‘zg‘algan holatda berilliy xlorning 
ikkita atomini biriktirib oladi
2

: Cl : Be : Cl :
Ikkala Be—Cl bog‘lanish bir xilda puxta va 180° li burchak ostida joylashgan. 
Bog‘lanishlar puxtaligining bir xilligi valent orbitallarning gibridlanishi, ya’ni 
ularning siljishi va shakli hamda energiyasining tenglashishi bilan tushuntiriladi. Bu 
holda atom elektron orbitallarining dastlabki shakli hamda energiyasi o‘zaro 
o‘zgaradi va bir xil shakl hamda energiyaga ega bo‘lgan elektron orbitallar hosil 
bo‘ladi. Gibrid orbital asimmetrik va yadrodan bir tomonga qattiq cho‘zilgan bo‘ladi. 
Gibrid orbitallar elektronlarining ishtirokida hosil bo‘ladigan kimyoviy 
bog‘lanish gibridmas sof s- va p- orbitallarning elektronlari ishtirokida hosil bo‘lgan 
bog‘lanishdan puxtaroq bo‘ladi, chunki gibridlanishda orbitallar bir-birini ko‘proq 
qoplaydi. Muayyan atomning bog‘lanishlari hosil bo‘lishida turli tipdagi elektronlar 
2
Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 313-314- betlar. 


(bizning misolimizda s- va p- elektronlar) ishtirok etganda gibridlanish amalga 
oshadi. Bunda gibrid orbitallar soni dastlabki orbitallar soniga teng bo‘ladi. Shunday 
qilib, BeCl
2
molekulasida kimyoviy bog‘lanish hosil bo‘lishida markaziy atomning
ya’ni berilliyning bitta s- va bitta pelektroni ishtirok etadi. Bu holda orbitallarning sp-
gibridlanishi (es-pe-gibridlanish, deb o‘qiladi) sodir bo‘ladi (3.3- rasm). Ikkita gibrid 
orbital bir-biriga nisbatan 180° li burchak ostida joylashadi, ya’ni BeCl2 molekulasi 
chiziqsimon shaklda—uchala atomning hammasi bir chiziqda joylashgan (3.4- rasm). 
 
Bor xlorid BCl
3,
molekulasida markaziy atom orbitallari sp
2
-gibridlanadi (es-
pe-ikki gibridlanish, deb o‘qiladi). Bor atomida (elektron tuzilishi 1s
2
2s
2
2p
1

qo‘zg‘algan holatida 1s
2
2s
1
2p
2
) gibridlanishda bitta va ikkita p- elektronlar 
orbitallari ishtirok etadi; buning natijasida birbiriga nisbatan 120° li burchak ostida 
joylashgan uchta gibrid orbitallar hosil bo‘ladi (3.5-rasm). BCl
3
molekulasi 
markazida B atomi joylashgan yassi teng tomonli uchburchak shaklida bo‘ladi. 
Gibrid orbitallarning o‘qlari orasidagi burchak 120° ni tashkil etadi, to‘rtta atomning 
hammasi bitta tekislikda yotadi (3.6- rasm). SO
3
, CH
2
=CH
2
SO
2
, NO
2
, H
2
SO
3
va 
HNO
2
molekulalarida kuzatiladi
3
.
Metan molekulasi hosil bo‘lishida uglerod atomi qo‘zg‘algan holatga o‘tadi, 
bunda juftlashgan 2s
2
- elektronlar bir-biridan ajraladi, ya’ni ikki elektron bulut bir 
elektronli bulutlarga aylanadi. 
3
Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 315-316- betlar. 


Sxemadan ko‘rinib turibdiki, uglerod atomining asosiy holatida juftlashmagan 
ikkita elektroni bo‘ladi (2 valentli), qo‘zg‘algan holatida esa (yulduzcha bilan 
belgilangan)—to‘rtta elektroni bo‘ladi (4 valentli) va vodorodning 4 ta atomini 
biriktirib olishi mumkin: 
Metan molekulasi hosil bo‘lishida uglerod atomida bitta s- va uchta p
elektronlarning orbitallari gibridlanadi hamda to‘rtta bir xil gibrid orbitallar hosil 
bo‘ladi(3.7- rasm). Bunday gibridlanish sp
3
-gibridlanish deyiladi (es-pe-uch 
gibridlanish, deb o‘qiladi). Gibrid orbitallarining o‘qlari orasidagi valent burchak 
109°28′ ga teng. Uglerod atomining to‘rtta gibrid sp
3
- orbitallari bilan to‘rtta vodorod 
atomi sorbitallarini bir-birini qoplashi natijasida to‘rtta bir xil bog‘lanishli 
mustahkam metan molekulasi hosil bo‘ladi (3.8- rasm). 
Metan va uglerod(IV ) xlorid, CCl
4
, CF
4
, CH
4
, HClO
4
, H
2
SO
4
, H
3
PO
4
molekulalarida esa bog`lanish hosil qilishda markaziy atom uglerod bo’lib, u 
ko’zalgan holatda bir s va uchta p elektronga ega. Shuning uchun ham metanda 
markaziy atom sp
3
(3.8-rasm) gibridlangan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin