to work will be unable to. The policy results in unemployment, which in the figure is L2-
L ,.”
9
.
Ish vaqti ma`lum vaqtgacha o`sgandan keyingi ish haqining o`sishi, ish vaqtini qisqarishiga
olib keladi. Ish haqi oshganda o`rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo`ladi.
O`rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko`p
daromad olganda, u ko`proq ne`matlarni sotib oladi, ushbu ne`matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Agar ishchi dam olishga ko`proq mablag` sarflasa, daromad samarasi (daromadning
oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta bo`lganda, ishchi ish
vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig`i pastga yotiq bo`ladi.
Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o`rtacha daromadi, rivojlanayotgan
mamlakatlardagi aholining o`rtacha daromadidan ancha yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq dam
olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o`rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan
davlatlarda ish haqi past bo`lgani uchun, ish haqining o`sishi, ishchilarni ko`proq vaqt ishlab,
ko`proq daromad qilishga undaydi (o`rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo`ladi).
Dostları ilə paylaş: