Aholini turmush darajasini ifodalaydigan ko`rsatkichlardan
biri bu yashash minimumi
(projitochnыy minimum). Yashash minimumini sarflangan ishchi kuchini oddiy takror tiklash
uchun zarur bo`lgan daromad deb qarash mumkin. Yashash minimumini minimal iste`mol
korzinasi ham deb qaralishi mumkin. Yashash minimumi aholini qashshoqlik chizig`i sifatida ham
qarash mumkin. Yashash minimumidan past daromad oladigan aholining qismi qancha ko`p
bo`lsa, aholining qashshoqlik darajasi shuncha yuqori bo`ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar iste`mol korzinasiga ko`ra hisoblanadi.
Rivojlangan davlatlarda o`rtacha daromad iste`mol korzinasiga quyidagi tovarlar kiritiladi: uy-joy,
avtomobil,
uyning zamonaviy jihozlari, audio va video texnika,
sayohat qilish imkoniyati,
bolalarini kiyintirish, o`qitish,
ilmiy asoslangan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ma`lum
darajadagi
jamg`arma. Odatda minimal iste`mol korzinaga boshlang`ich ehtiyojni qondiradigan tovarlar
kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal yashash sharoiti).
Jamiyatdagi barqarorlik va aholining umumiy farovonligi ko`pincha ushbu aholi tarkibidagi
o`rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalanadi deb qaraladi. O`rtacha
sinfdagi aholining
mamlakatni hozirgi ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir.
Bozor
talabini shakllantirishda, ishlab chiqarishdagi faollikni ta`minlash o`rta
sinfga qarashli aholiga
ko`proq bog`liq. Rivojlangan davlatlarda o`rta sinfga qarashli aholi umumiy aholining 50 foizidan
70 foizigachasini tashkil qiladi.Yuqorida ham ta`kidlab o`tdikki, bozor iqtisodiyoti o`z-o`zidan
jamiyatdagi daromadlarni tekis taqsimlashni ta`minlamaydi, shuning uchun ham bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim o`ta
qashshoq, boy va o`ta boy aholi guruhlari
saqlanib qoladi. TSivilizatsiyalashgan davlatlardagi iqtisodiy siyosat aholi daromadlaridagi keskin
ravishda katta bo`lgan farqlarni qisqartirishga, daromadlarni ko`proq adolatli qayta taqsimlashga
qaratilgan. Har bir tsivilizatsiyalashgan davlat nogironlarni, nafaqaxo`rlarni, ko`p bolali oilalarni
ijtimoiy himoya qilishni o`z bo`yniga olishi zarur.
Dostları ilə paylaş: