17-mavzu. Kapital qo`yilmalar va kapital bozori.
Reja
1.
Asosiy va aylanma kapital mablag`lar.
2.
Diskontirlangan qiymat.
3.
Firmalarning istiqboldagi daromadlarini baholash.
4.
Diskontirlangan qiymat asosida loyihalarni baholash va unga inflyatsiyaning ta`siri.
Tayanch so’z va iboralar:
Asosiy va aylanma kapital mablag`, ssuda foizi, loyiha,
investitsiya, investitsiyani qoplash, jamg`arma, qiymatni diskontlash, ziyon miqdori, investitsiya
samaradorligi,
obligatsiya qiymati, yer bozori, er rentasi,
absolyut renta, differentsial renta, yer
narxi.
1. Asosiy va aylanma kapital mablag`lar.
Kapital
-bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib,
uning
yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna,
texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish tsiklida o`z qiymatini
tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim
fabrikatlar va hokazolar).
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o`z qayta takror ishlab chiqaradi, ya`ni
u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi.
Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi.
Jismoniy
eskirish-bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning
unumdorligining kamayishi, ya`ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy
uskunalarga qaraganda
unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati,
foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi.
Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo`lsa, uning qiymati 10
yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o`tkaziladi deb qaraydigan bo`lsak, har yilgi
daromaddan 100000 so`mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi.
Aylanma kapital bir yil davomida o`zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o`tkazib
qayta tiklanadi.
Kapitalning
qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog`liqdir.
Kelajakda ko`proq daromad olish ishtiyoqi ko`pchilikni bugungi iste`molining bir qismidan voz
kechib, uni jamg`arishga undaydi. Jamg`arilgan mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror-
bir tadbirkorga ma`lum muddatga qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi
mumkin. Ushbu olingan qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi.
Dostları ilə paylaş: