Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi (tabaqalashuvi). Biz yuqoridagi mulohazalardan
ish haqini o`zgarmas deb qaradik. Amalda o`rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo`yicha ham,
tarmoqlar bo`yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo`yicha ham farq qiladi.
Masalan, avtomobilsozlik tarmog`ida ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqi, qurilish sohasida
ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmog`idagi
o`rtacha ish haqi ham engil va oziq-ovqat sanoatidagi o`rtacha ish haqidan farq qiladi.
Poliklinikada ishlovchi har xil kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori
kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda ko`proq maosh oladi.
Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, bilimi, tajribasi,
malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan
daromadlarga har-xil ta`sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun
zararli bo`lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qo`shimcha
ish haqida o`z ifodasini topadi.
Quyidagi 96-rasmda ishning og`irligi va zararligi uchun to`lanadigan qo`shimcha ish haqi
ko`rsatilgan.
96-rasm. Har xil ish sharoitidagi ish haqi.
14
13
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-159 b.
14
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik-T.: O`zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti, 2005-160 b.
Ish xaqi,
W,so`m/soat
S 2
S 1
W 2
W 1
S L
=MRP L
L L 1
L 2