Tarbiyaning yaxlitligi deganda tarbiyalash va o‘qitish jarayonlarining, shuningdek, o'quvchilarni jamiyat talablari asosida kamolotga etkazish va shakllantirishga qaratilgan maqsadning ajralmas birligi tushuniladi. Tarbiyalash va o‘qitish, garchi ilm-fan ularni farqlasada, bir-biriga bog‘liq va ko‘p umumiylikka ega. Shu ma’noda uzoq tarixga ega millatimiz ‘'ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratmagan – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” (I.A.Karimov). O‘qitishning mazmunini asosan dunyo haqidagi ilmiy bilimlar tashkil etadi. Tarbiyaning mazmunida me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar. ma’naviy boyliklar ustunlik qiladi. O‘qitish asosan aql-idrokka ta’sir ko‘rsatadi, tarbiyalash esa, birinchi navbatda, shaxsning doimiy iste’mol sohasiga aylangan. Ikkala jarayon shaxsning ongi va xulq-atvoriga birday ta’sir ko‘rsatadi va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik yaqin bo‘lishiga qaramay, bu o‘ziga xos jarayonlar bo'lib, ilm-fan ulami tarbiya nazariyasida va didaktika (taiim jarayoni)da alohida ko'rib chiqadi. Bunda o‘qituvchi tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy tamoyil va, ayniqsa, dolzarb hisoblangan butun pedagogik jarayonning yaxlitligi ta’minlanadi.
Tarbiyaning tizimliligi tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil etadi, chunki tarbiyaviy jarayonlar bir nechta tizimlarning turli xususiyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, tarbiyaviy jarayonlar - bu tarbiyaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Tarbiyaviy jarayonni tizimli ravishda ko‘rib chiqish, tizim va jarayonning tuzilmaviy xususiyatlarini, shuningdek, ular o'rtasidagi funksional aloqalarning ajratib ko‘rsatilishini ifodalaydi. O'qituvchi uchun har bir tarbiyaviy uslubning o‘ziga xos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta’siri natijasida o‘zgarishini anglab yetishi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, tarbiyalash maqsadi uning mazmunini belgilab beradi, tarbiya ko'rganlik darajasi esa tarbiyalash usullarini tanlashga ta’sir ko'rsatadi va hokazo.
Pedagogik jarayonda tarbiyaning davriylik tuzilishi – bu tarbiya texnologiyalarining asosiy xususiyatlariga muvofiq bo’lgan, uning tarkibiy qismlari yig‘indisidir. O'qituvchi buning natijasida tarbiyaning davriylik tuzilmasini belgilab olishi mumkin:
1. Maqsadni belgilash – tarbiyalashdan kelib chiqadigan maqsadlarni ma’lum bir muddatli jarayonlarga bo‘lib chiqishi.
2. Mazmunni tanlash – tarbiyalash mazmunini jamiyat talablari darajasida mustaqil ishlab chiqishi.
3. Demokratik faoliyatli – tarbiyaviy jarayon ishtirokchilarini tarbiyalashda va o'zaro munosabatda erkin fikrlilik va umuminsoniylik me’yorlariga rioya qilish qonuniyatlari.
4. Baholash – tarbiyalash jarayonida erishilgan natijalar samaradorligining o‘qituvchi tomonidan baholanib borishi va doimiy tahlil qilinishi.
Pedagogik faoliyat ham o‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy jarayonning tuzilmasiga muvofiq quriladi: faoiiyatning maqsadlari, mazmuni, usullari va turlari ishlab chiqiladi va natijalari tahlil qilinadi. Tarbiyalash maqsadlarini aniqlash pedagogik aniqlashni (diagnostika) – tarbiyaviy jarayon holati, birinchi navbatda, o'quvchilarning tarbiya ko‘rganliklarini, shuningdek, jarayonning boshqa shartlarini o'rganishni talab etadi.
Tarbiyaviy jarayon bosqichlarining o‘zaro munosabatida tarbiyaviy jarayonlarning ketma-ketligi uning davriyligini va qaytarilib turishini belgilaydi. Shaxs rivojlanishida tarbiyaviy maqsadlar o‘qituvchi tomonidan uning yoshiga qarab belgilanadi va rejalashtiriladi. Tarbiyaviy jarayonning davriyligi shaxsning yosh xususiyatlarini hisobga oladi. Bunda asosiy e’tibor quyidagi faoliyatga qaratilishi kerak:
- shaxsning muayyan bir yoshiga xos bo'lgan anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarning chuqur o'rganilishi;
- davriylik tizimi asosida tarbiyaviy ish faoliyatining tashkil etilishi;
- muayyan bir yoshga xos bo'lgan tarbiyalanganlikning doimo aniqlanib (diagnostika), loyihalashtirilib borilishi;
- ijobiy natijalar beradigan tarbiyaviy o'zaro ta’sirning o'qituvchi tomonidan turli shakl va metodlari darajalarining belgilanib (diagnostika] amalga oshirilishi.