Tarbiyaviy jarayon va tarbiya mazmunini modellashtirish
Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o`kuvchilarning hayoti va faoliyatini ta`lim muassasalarida pedagogik jihatdan to`g`ri uyushtirish uchun, ularning tashqi ta`sir etuvchi omillarga nisbatan ta`sirchan munosabatda bo`lishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog olimlarning tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, shaxsga tashqi omillarning o`zaro (xoh salbiy, xoh ijobiy bo`lsin) ta`siri avvalo o`kuvchilarning o`zaro munosabatlariga bogliq. O`quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayotganda o`qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta`sir etuvchi omillarga nisbatan tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashini, baholashini ulardan o`zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur.
Tarbiya jarayonini modellashtirishda o`kuvchining nafaqat ongi, balki his-tuygularini ham o`stirib borishga erishish lozim, unda jamiyatning shaxsga ko`yadigan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o`kuvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta`sir etib boriladi. Tarbiya jarayoniga o`qituvchi rahbarlik qiladi. U o`quvchilarning ta`lim muassasasidagi tarbiyaviy faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonga faol kirib borishlarini o`z xohish istaklari bilan tarbiyaviy faoliyatga faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o`kuvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Ushbu faoliyatni modellashtirishda o`qituvchi o`quvchilar jamoasining manfaati va talab istaklarini e`tiborga olishi zarur. Bola o`z xulqi, xatgi-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo`lib qoladi.
Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Jamiyatda axborot kommunikatsion texnologiyalarining jadal sur`atlarda rivojlanib borishi natijasida o`quvchilar ko`p vaqglarini ta`lim va tarbiyaga mutlaqo aloqasi bo`lmagan kommunikatsion texnologik ma`lumotlarga sarflamoqtsalar (modul telefonlar, internet, komp`yuter, DVD fil`mlar va boshqalar). Ushbu vositalardan oqilona foydalanishni o`quvchiga o`rgatish, ta`qiqlangan texnik vositalardan foydalanishni man etish, ularni nazorat qilish o`qituvchilar va ota-onalarning hamkorlikdagi vazifalariga kiradi. O`kuvchilarning ko`p vaqtlarini olayotgan keraksiz texnik ma`lumotlarni bartaraf etish uchun faqat modellashtirish asosida ish olib borish mumkin. O`qituvchining tarbiyaviy ishlar rejasida ushbu muammolar yuzasidan turli mavzudagi suhbatlar uyushtirish o`rin olishi lozim.
Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Aks holda, xulq me`yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida o`kuvchi ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ma`lumotlarga va tashqi ta`sirlarga tez beriluvchan bo`lib qolishi mumkin.
Tarbiya jarayonida uning maksadi, shakl va metodpari, shaxsning o`zo`zini tarbiyalash va qayta tarbiyapash jixdtlari muhim o`rin tutadi. Ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilangan tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishda ma`lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu goyalar yaxlit tarzda kuyidagicha aks etadi:
Tarbiyani samarali modellashtirish uchun uning xarakatlantiruvchi kuchini, xar bir o`quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish kerak. Buning uchun o`qituvchi quyidagi xolatlarni unutmasligi lozim:
• tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;
• ota-onalar bilan muntazam aloqada bo`lib, ular ishtirokida o`quvchi bilan tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o`tkazish;
• o`quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilmasdan u bilan qo`pol muomalada bo`lmaslik, sodir etilgan xatoliklarni kechira olish;
• o`quvchining qiziqishlarini, uni 5fab turgan tashqi muhitni doimiy nazorat qilish;
• o`quvchini qat`iy kundalik rejimga o`rgatish va uni kuzatib borish;
• iste`dodini, qobiliyatini va o`zi tanlagan kasbga moyilligini e`tiborga olib uni takomillashtirish;
• uning bola ekanligini, adashishga, ba`zan xatoliklarga yo`l qo`yishini unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirmasdan tuzatib borish.
Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o`qituvchi bilimli, raqobatbardosh etuk kadrlarni tarbiyalash uchun javobgar shaxs ekanligini unutmasligi kerak. Ushbu vazifalar tarbiya texnologiyalari maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O`zbekiston Respublikasida, ayni vaqtda, yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish uchun tarbiyaning kuyidagi umumiy vazifalarini qal etish o`qituvchi-tarbiyachi zimmasiga yuklatilgan:
a) o`kuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqgfashni tarkib toptirish, o`z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va maqsad birligi hissini uygotish;
b) o`quvchilar ongini mustaqil davlatchiligimiz siyosatining tub mohiyati mujassamlashgan mshshiy mafkuramiz va umuminsoniy qadriyatlar, chuqur bilim va tafakkur, keng dunbkarash bilan boyitib borish;
v) umuminsoniy axloq me`vrlari (odamiylik, kamtarlik, o`zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatli bo`lish, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglashiga, muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) o`quvchilarda xuquqiy va axloqiy me`yorlarga xurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg`usi, ijtimoiy burchga mas`ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasida mas`uliyat hissini rivojlantirish;
e) vatanparvarlik tuygusini shakllantirish, o`zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuygusini qaror toptirish;
j) O`zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to`g`ri va xolisona baho berishga o`rgatish;
z) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, rahm - shafqatli bo`lish, uning sha`ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hukuq va burchlarini hurmat qilishga o`rgatish.
SHu bilan birga, tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari bo`lmish, axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning g`oya va maqsadlari o`qituvchi tomonidan modeplashtirilib, bajariladigan vazifapar belgilab olinadi va amapga oshiriladi. Ushbu tarbiyaviy vazifalar mazmunini anglagan hodtsa o`qituvchi quyidagi faoliyatni olib borishi lozim:
1) Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o`qituvchi ijtimoiyaxloqiy me`yorlar mazmunidan xabardor bo`lishi, ularga milliy an`analarimiz, urf-odatlarimizdan kelib chiqib belgilangan axloqiy me`yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini bilishi, ijtimoiy-axloqiy me`yorlar (talab va ta`qiqlar) asosida o`quvchilarda axloqiy ong va madaniyatni shakllantirishi.
2) Aqliy tarbiyani yo`lga qo`yish asosida - o`quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo`lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etadi, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar bo`yicha bilimlarni berish bilan tafakkuri shakllantiriladi, dunyoqarashi rivojlantiriladi.
3) Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida - o`quvchilarni o`z sogliqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqgirish, jismoniy jihatdan to`g`ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g`amxo`rlik qilish tuyg`usini yuzaga keltiradi, ularda ko`nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o`quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, iroda va xarakterni qaror toptirish) jismoniy harakat sifatlarini rivojlantirish.
4) Estetik tarbiyani olib borish jarayonida o`qituvchi o`quvchilarda estetik his-tuyg`u, estetik didni tarbiyalaydi, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go`zallikni sevish, go`zallikka intilish tuyg`ularini rivojlantiradi, estetik madaniyat rivojlantiriladi.
5) Ekologik tarbiyani olib borish chogida - o`quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat uyg`unligi hamda aloqadorligi haqidagi ma`lumotlar tushuntiriladi, ularda ekologiyaning insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi o`rni va mohiyati borasidagi tushunchalar qaror toptiriladi, o`qituvchi tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas`uliyat bilan munosabatda bo`lish, tabiatni asrash to`g`risida gamxo`rlik qilish kabi tuyg`ularni tarbiyalaydi.
6) Iktisodiy tapbiyani tashkil etish jarayonida o`qituvchi o`kuvchilarga iktisodiy bilimlarni berish asosida mamlakatda ikgisodiy barqarorlikni ta`minlash uchun bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to`ldirish, kichik va o`rta biznesni yaratish borasidagi faoliyatga faol ishtirok etish ko`nikma va malakalarini hosil qildiradi, inson mehnati bilan asrlar davomida bunyod qilingan moddiy va ma`naviy boyliklarni asrash borasida qayg`urish tuyg`ularini qaror toptiradi, iqtisodiy madaniyatni shakllantiradi.
7) Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o`quvchilarga davlatimiz Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta`limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo`jalik, ma`muriy sud ishlarini yuritish va boshqarish hukuqlarining ma`nosi tushuntiriladi, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy me`yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalar singdiriladi, xuquqiy munosabat va madaniyat mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo`lishni ta`minlaydi.
8) G’oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o`qituvchi o`kuvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, Uzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini to`g`ri tushunishni ta`minlash asosida siyosiy faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni tarkib toptiradi, siyosiy madaniyat me`yorlari shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |