16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi. Reja



Yüklə 293,04 Kb.
səhifə2/14
tarix23.05.2023
ölçüsü293,04 Kb.
#120486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi.

Tayanch tushunchalar: Tarbiyaviy texnologiya; komil inson tarbiyasi; barkamol avlod tarbiyasi; tarbiyaning yaxlitligi; tarbiyaning davriyligi; didaktika; umuminsoniylik me ’yorlari; tarbiyaning texnologiyaviyligi; dolzarb rivojlanish hududi; modellashtirish; tarbiyaviy reja; biologik omillar; norasmiy yetakchi; tarbiyaviy jarayonni modellashtirish; tarbiya mazmuni; g'oyaviy - siyosiy tarbiya; tarbiya qonuniyatlari; tarbiyaning uzluksizligi; tarbiyada to'g'ri va teskari aloqa; o'z-o'zini anglash; iroda erkinligi; pedagogik talab; o 'rgatish; tarbiyalanadigan holatlar.


16.1. Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifa ekanligi.
Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda, avvalo, o'qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov Oliy majlisning IX sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday deydi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e ’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Komil inson o'qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo'lib kelgan. Jumladan, mashhur alloma Aziziddin Nasafiy o'zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yozadi: “Bilgilki, komil inson quyidagi to'rt fazilatga mukammal shaklda ega bo'lgan insondir. Ularning birinchisi yaxshi so‘z, ikkinchisi ezgu faoliyat, uchinchisi go'zal axloq, to'rtinchisi ilm”. Ushbu mukammal shakllarga ega bo'lgan inson buyuk davlatimiz poydevorini, farovon hayot asoslarini qura oladi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga etkazish jarayoni - pedagogik faoiiyatning uzluksiz jarayoni bo'lib, pedagogik texnologiyaning so'nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda o'qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyaflarini bilishi kerak.
•tarbiyaning yaxlitligi;
•tarbiyaning tizimliligi;
•tarbiyaning davriyligi;
•tarbiyaning texnologiyaviyligi.

Yüklə 293,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin