16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi. Reja


Tarbiya texnologiyalarni qo`llashda pedagogik vositalardan foydalanish



Yüklə 293,04 Kb.
səhifə10/14
tarix23.05.2023
ölçüsü293,04 Kb.
#120486
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi.

Tarbiya texnologiyalarni qo`llashda pedagogik vositalardan foydalanish
Tarbiyalanuvchilarning xarakati faol bo`lishi, ular bilan olib boriladigan tarbLyaviy faoliyat funktsiyalari esa doimo almashinib, yangilanib turilishi lozim. SHuning uchun ham tarbiyalanuvchilarning faoliyati ustidan rahbarlik qilishda, o`qituvchi pedagogik mahoratning boy tajribalariga ega bo`lishi zarur. So`nggi yillarda pedagogika fanida tarbiyaviy faoliyatni to`g`ri tashkil etishda etakchi yondashuv sifatida turli pedagogik vositalar va metodlar qo`llanilmoqda. Mazkur faoliyatni mukammal yo`naltirish uchun quyidagi pedagogik vositalar va metodlardan foydalanish mumkin:
Pedagogik talab jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor, ijtimoiy qoidapar, an`ana va urf-odatlarning muayyan me`yorlarini bajarish uchun o`quvchiga qo`yiladigan talablar majmui tushuniladi. Talab ijtimoiy xulq-atvor me`yorlarining yigindisi, real masala yoki biror-bir xattiharakatlarning bajarilishi to`g`risidagi aniq ko`rsatma sifatida ifodalanishi mumkin. Ushbu talablar bajarilish shartiga ko`ra bevosita yoki bilvosita bo`ladi. Bevosita ko`rsatma yoki yo`riqnomalar axloq me`yorlariga so`zsiz bo`ysunish ko`rinishiga ega bo`lishi lozim. Bilvosita talablar esa, iltimos, maslahat, imo-ishora ko`rinishida taqdim etilib, bajarilishi, o`quvchilarning o`zlariga havola etiladi. Barkamol, har jihatdan kamolotga erishgan jamoada, ko`pincha, bilvosita talablardan foydalaniladi.
Jamoada o`zaro munosabatni tarbiyalash metodi jamoa a`zolarining birgalikdagi faoliyati va xulq-atvorlariga qo`yiladigan talablarning aks etishidir. Jamoa bo`lib va ayrim kishilar tomonidan jamoaning fikr-mulohazalarini ifoda etish uni amalga oshirish vositalariga o`qituvchi rahbarlik qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyatini, xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni baholash asosida ularni ragbatlantiradi, jamoada sog`lom fikrni, o`zaro yaxshi muhitni tarkib toptiradi, do`stona munosabatlarni shakllantiradi.
O`rgatish - bu tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan axloqiy me`yorlarni ularning xulq-atvoriga singdirish, ko`nikmalar hosil qilish kundalik faoliyatga aylantirish va doimiy bajarilishini tashkil etishdir. O`qituvchi ushbu barqaror odatlarning shakllanishiga o`quvchilarga yordam beradi. Belgilangan axloqiy va ma`naviy me`yorlarni kuzatish, shuningdek, mavjud qoidalarning (shaxsiy gigiena, muomala va boshqalar) bajarilishi shaxs rivojlanishining ilk bosqichlarida yaxshi samara beradi. Tarbiyaviy vositalar tarbiyalanuvchilarga nimani, qanday va nima uchun bajarish kerakligini tushuntirish o`qituvchidan talab etiladi. Bir vaqtning o`zida o`qitish, xatgi-harakatlar bajarilishining tekshirilishini ham ko`zda tutadi.
Mashq qilish fe`l-atvorga xos odatlarni, aniq sohada faoliyatning maqbul algoritmini shakllantirish maqsadida harakat usullarining ma`lum bir tartibda qaytarilishidan iborat. Mashq qilish metodining vositalariga oilada, ta`lim muassasasida va boshqa jamoat joylarida belgilangan tartibga rioya qilish, to`g`ri tashkil etilgan o`quv faoliyati, bir maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy topshiriqnomalar kiradi.
Bu keng ma`noda o`qituvchi-tarbiyachi rahbarligida ijtimoiy me`yorlarga muvofiq xatgi-harakatlar uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, o`quvchilar hayoti va faoliyatining to`g`ri tashkil etilishidir. Mashq qilish o`rgatishga tayanadi, shuning uchun o`qituvchi asosiy vazifani bajaradi. Rejalashtirish, ijro etish, baholashda jamoada faol bo`lish o`quvchining iqtidorini rivojlantiradi va axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Biroq o`rgatish va mashq qilishda o`quvchilar faoliyatining ijobiy tomonlariga tayanish lozim va, o`z navbatida, ularni shakllantirgandagina samara berishini hisobga olish zarur.

Yüklə 293,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin