16-mavzu. O‘qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi.
Majburlash — bu o`kuvchining xulq-atvoriga qo`yiladigan salbiy baholashning ifodasi, xulq-atvor me`yorlariga zid bo`lgan xatgiharakatlari va bema`ni qiliqlarining muhokamasidir. Pedagogika fanida ushbu vosita tarbiyalashning eng so`nggi metodi sifatida ifodalanadi. Ushbu metod turlari, ko`llanilayotgan boshqa tarbiyaviy metodlar istalgan tarbiyaviy maqsadga erishishda imkoniyat bermagandagina, qo`llanilishi mumkin.
XX asrning o`rtalarida pedagogikada majburlashdan shaxsni kamsituvchi va salbiy oqibatlarga olib keluvchi tarbiyalash metodi sifatida foydalanish rad etilgan. Biroq, keyinchalik majburlashdan pedagogik jihatdan to`g`ri foydalanish qonuniy deb e`tirof etildi: u uyat, or-nomus tuygulari o`quvchida bo`lmaganda, uning hatti-harakati salbiy oqibatlarga olib keladigan holatlarda, tarbiyalanuvchining xulq atvorini tuzatadi, unga xatosini tushunib etishga imkoniyat beradi.
Tarbiyaviy faoliyatda majburlash metodi shaxsning qadr-qimmatini kamsitmaydigan puxta o`ylangan xatgi-harakatlar asosida olib boriladi va uni amalga oshirishda bunday vositaparining tanlanishi chuqur tahlil talab qilinishini hisobga olish zarur. Ular qatoriga o`qituvchining tanbehlari yoki qat`iy talablari, yanada qat`iy mas`uliyatga ehtimolli jalb etish to`grisidagi ogohlantirish, jamoada muhokama qilish yoki pedagogik kengashga chaqirish, boshqa sinfga yoki maktabga o`tkazish, umumta`lim muassasasidan haydashni kiritish mumkin.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarda tarbiyalashning ko`rib chiqilgan pedagogik vositalaridan tashqari shaxs bilan tarbiyaviy o`zaro ta`sir ko`rsatishning ayrim umumiy usullari ham o`z aksini topadi. Ular qatoriga pedagogik faoliyatning yangi turlarini joriy etish, muomala ma`nosini o`zgartirish, kabilarni kiritish mumkin. Biroq ularning mazmuni tarbiyalanuvchilarning ongiga ta`sir ko`rsatishdan iborat hamda ma`no jihatidan yuqorida ko`rib chiqilgan tarbiyalash megodlarini o`z ichiga oladi.
Tajribali o`qituvchi bir vaqtning o`zida psixologik tarbiyaviy ta`sir metodlaridan ham foydalanish etarli darajada samara berishini biladi. Ta`kidlab o`tilganidek, o`qituvchi tomonidan qo`llaniladigan pedagogik vositalar o`quvchilarning ongiga yo`naltirilgan. Pedagogik tajribaning ko`rsatishicha, og`zaki bo`lmagan ta`sir ko`rsatish metodlari (mimika, pantomimika, imo-ishora, holat, xatgi-harakatlar, ko`zlarning ifodasi, ovoz intonatsiyasi), his-tuyg`uga yo`naltirilgan ta`sir ko`rsatish metodlari (birgalikda qayg`urish, g`azablanish, xursand bo`lish) va oqilona ta`sir ko`rsatish metodlari (asosiy vosita – ishontirish) juda samarali hisoblanadi. SHu bilan birga, psixologik metodlar ham, pedagogik metodlar bilan bir vaqgda qo`llanilishi o`qituvchining o`kuvchi shaxsiga tarbiyaviy ta`sirini kuchaytiradi.
Tarbiya texnologiyalarida foydalaniladigan, ko`rib chiqilgan metodlar uning masalalarini yanada to`liqroq hal etish uchun shartsharoitlarni yaratgan holda, tarbiyalashning barcha shakllarida amalga oshiriladi. Biroq ularni tanlash, o`zlashtirish va amalga oshirishda ko`pgina omillarga, jumladan, milliy an`analar, urf-odatlar, pedagogikaga xos bo`lgan holatlarga e`tibor berish zarur.
Barcha pedagogik holatlarda mutlaqo “to`g`ri” bo`lgan tarbiyaviy metodlar mavjud bo`lmaydi. O`qituvchi tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun, odatda, muayyan vaqtga mo`ljallangan, o`zining pedagogik o`zaro ta`sir ko`rsatish strategiyasini yaratgan holda tarbiyaviy metodlar majmuasidan foydalanadi. Mohir o`qituvchi o`zining rang-barang tarbiyaviy metodlariga ega bo`ladi va muayyan bir holat uchun ularning muqobil variantlarini topib qo`llaydi. Tarbiyaviy metodlarni qo`llashning o`z texnikasi mavjud bo`lib, u o`qituvchining pedagogik mahoratiga bogliq. A.S.Makarenko aytganidek, “o`huvchilar o`qituvchining tarbiyachi sifatidagi ta`sirini, uning tashqi ko`rinishidan, boy ma`naviyatidan, notiqlik san`atidan, so`z intonatsiyasini mukammal o`z o`rnida qo`llay olishidan, yuz ifodasidan o`zlariga qabul qiladilar".