18. Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi
Reptiliyalar amfibiyalarga qaraganda ancha xilma-xil sharoitda yashaydi. Bu holat reptiliyalarning muayyan sharoitga birinchi galda quruqlikka moslanishiga bog’liq. Muhim moslanishlardan biri bu reptiliyalarning er muhitining quruqligiga voyaga etganlari ham (ainiqsa muhim bo’lgan) embrional rivojlanayotganlari ham bardosh berishidir. Katta yoshdagi hayvonlarda bu epidermisning shox modda bilan qoplanishiga bog’liq. Quruqlikdayashash va urchish reptiliyalar faqat issiq va nam iqlimda emas, balki qruq va issiq iqlimda ham yashashiga imkon berdi. Natijada, reptiliyalarning umumiy geografik tarkalish doirasi amfibiyalarnikiga qaraganda juda keng Ular Arktika va Antarktikadan tashqari, er sharining barcha iqlim zonalarida tarqalgan. Reptiliyalar tana temperatura-sining turrun bo’lmasligi tufayli ular faqat nisbatan yuqo-ri harorat muxitida yashaydi. Masalan, ilonlar +10°S da kam harakatchan +6 ... + 8°S da esa harakatsiz, —2, — 3°S da ka-raxt bo’lady) Tanasi —4 . . .— 6°S gacha sovisa nobud bo’ladi. Yukorida aytilgan sabablarga ko’ra, reptiliyalar tropik zovalarda keng tarqalgan bo’lib, qutbga tomon son jihatdan kamayib boradi. Masalan, Indoneziya orollarida 150—200, Ur-ta Xitoyda atigi 30 turi yashaydi. Urta Osiyoda 50, Qavkazda 68, G’arbiy Evropada 12 turi yashaydi; to Shimoliy qutb doi-rasigacha (G’arbiy Evropaning ancha issiq joylarigacha) faqat ykki turi (tirik tuguvchi kaltakesak va qora ilonlar) uch-raydi. Tog’li mamlakatlarda dengiz sathidan ko’tarila borgan sari reptiliyalar soni xuddi shunday sezilarli kamaya boradi. Reptiliyalarning eng yuqori tarqalish chegarasi Markaziy Osiyoda, dengiz sathidan 5000 m balanddadir. Janubiy Amerika Kordileralarida kaltakssaklarning bir turi (Liolaemus multiformes) dengiz sathidan 4900 m balandlikda ham uchraydi.Shu bilan bir qatorda juda yuqori temperatura reptiliyalar uchun xavflidir. Yashirinish iloji bo’lmaganda, +50S da qum kaltakesaklar 1,5—4 minutda nobud bo’ladi
19. Xordalilar tipi, umumiy tarifi. Xordalilarni oziga xos muxim belgilari va ularning biologik axamiyati. Xordalilarning kelib chiqishi. Xordalilarning sistematikasi.
Xordalilar tipiga shakli va yashash sharoiti nihoyatda xil-ma-xil bo’lgan hayvonlar kiradi. Xordalilarning vakillari barcha asoeiy yashash muhitida: suvda, er yuzasida, tuproq qatlamida va havoda uchraydi. Geografik jihatidan ular butun er yuzida tarqalgan. Hozirgi zamon xordalilarning umumiy soni 40 mingtaga yaqin. Xordalilar tipiga bosh suyaksizlar (lantsetniklar), to’ga-rak og’izlilar (minogalar va miksinlar), baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emi-zuvchilar kiradi. Xordalilarga dengizda malum darajada o’t-roq hayot kechiruvchi qobiqlilar (appendikulyariya, astsidiya, ealshlar) ham kirishini A. O. K ov a le vsk i y o’z tekshirish-larida aniqlagan.
Xordalilar nihoyatda xilma-xil bo’lishiga qaramay, qator o’xshash belgilarga ega. Ularning asosiylari quyidagilar:
1. Hamma xordalilarda dastlab elka tori, yani xorda sifatida paydo bo’lgan o’q skeleti bor. Xorda embrional rivojlanish davrida boshlang’ich ichak sistemasining yuqori tomonidan ajralib chiquvchi tor sifatida paydo bo’ladi. Shunday qilib, xorda entodermadan hosil bo’lgan.
2. Uq skeleti ustida ichi k o v a k n a y shaklidagi m a rkaziy nerv sistemasi joylashgar. Nerv nayining ichi (bo’shlig’i) nevrotsel deb ataladi. Markaziy nerv sistemasining naysimon tuzilishi (qobiqlilardan tashqari) barcha xordali xordalilar uchun xosdir. Deyarli barcha xordalilarda nerv nayining oldingi qismi kengayib, b o s h miyani hosil qiladi.
3. Ovqat hazm qilish nayining oldingi (tomoq) qismi jabra yo r i q-. l r i deb ataluvchi teshiklar yorda- mida tashqi muhit bilan bog’lanadi;
Xordalilarning yukrrida aytilgan uchta xarakterli belgi-laridan tashqari, ayrim holatda boshqa guruh vakillarida ham uchraydigan quyidagi belgilarni ko’rsatish zarur.
1. Xordalilar ham, ninatashshlar singari, ikkilamchi og’izga ega. U gastrulaning gastroporga qarama-qarshi bo’lgan tomoni devorining yorilishidan hosil bo’ladi. Bitayotgan gastropor o’rnida esa anal teshigi hosil bo’ladi.
2. Xordalilarda tana bo’shlig’i ikkilamchi tipda (tselom). Bu belgisiga ko’ra, xordalilar ninatanlilar bilan halqali chuvalchanglarga yaqin turadi.
3. Embrionda va tuban xordalilarda organlarning m e t amer joylanishi ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Yuksak darajada rivojlangan vakillarinivg tuzilishi umumiy murakkablashishi tufayli ularda metameriya yaxshi ko’rinmaydi.
4. Xordalilar tanasining ikki tomonlama (bilateral) s i m m etr i ya s i bilan xarakterlanadi. Malumki, bunday belgi ayrim umurtqasiz hayvonlarda ham bor.
Dostları ilə paylaş: |