24. Sut emizuvchilarning qon anlanish tizimi, nerv tizimi va sezgi azolarining tuzilishi. Sutemizuvchilar yuragi to‘rt bo‘lmali bo‘lib, ikkita qorincha va ikkita bo‘lmadan tuzilgan. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. Sutemizuvchilar – qushlar singari issiqqonli hayvonlar. Ularning arteriya qoni vena qonidan batamom ajralgan.
Sut emizuvchilar katta qon aylanish sistemasi chap qorinchadan boshlanadi. Chap qorinchadan aorta qon tomirlari chiqadi.Aorta qon tomirlari devori qalin boʻladi. Chunki bu yerda qon bosimi yuqori boʻladi. Aorta qon tomiri asta sekin arteriyalarni hosil qiladi. Artiryalar ham oʻz navbatida tarmoqlnaib arteriolalar va kapillyarlarni hosil qiladi. Qonning asosiy vazifalaridan biri boʻlgan ozuqa moddalari va kislorodni toʻqima va organlarga berish jarayoni aynan kapillyar qon tomirlari orqali amlaga oshadi. Kapillyar qon tomirlari bilan toʻqima va organlar oʻrtasida moddalar va gazlar almashinuvi amalga oshadi . Bunda qon kislorod hamda organizm uchun kerakli boʻlgan ozuqa moddalarni toʻqima organlarga berib toʻqima organlardagi karbonat angidrid hamda zaharli moddalar almashinuvi mahsulotlarini qabul qilib oladi. Kapillyar qon tomirlari asta sekin yigʻilib venolalar va vena qon tomirlarini hosil qiladi. Vena qon tomirlari orqali venoz qoni yurakning oʻng boʻlmachasiga quyiladi. Kichik qon aylanish doirasi
Kichik qon aylanish doirasi
Sutemizuvchilarning bosh miyasi ham boshqa umurtqali hayvonlarniki singari beshta bo‘limdan iborat.Ammo oldingi miya katta yarimsharlari ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, ularning po‘stlog‘i burmalarni hosil qiladi. Burmalar qancha ko‘p bo‘lsa, miya po‘stlog‘ida shuncha ko‘p hujayralar bo‘ladi. Hayvonlar hayoti davomida hosil bo‘ladigan xilma-xil shartli reflekslar miya po‘stlog‘ining faoliyati bilan bog‘liq.
Sezgi organlari. Sutemizuvchilarning hid bilish, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va tuyg‘u organlari bo‘ladi. Lekin sezgi organlari turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Quruqlikda yashaydigan hayvonlar hidni yaxshi ajratadi. Hayvonlar hid orqali o‘z turidagi boshqa hayvonlarni, bolalarini, jinsini, o‘ljasi yoki dushmanini ajratib oladi. Doimo suvda yashaydigan delfinlar va kitlar hidni yaxshi sezmaydi, biroq o‘ljasining hidini tez payqaydi. Tuproqda yashaydigan ko‘rsichqonlarning ko‘ziojiz bo‘ladi.Sutemizuvchilar eshitish organining ichki, o‘rta va tashqi bo‘limlari bo‘ladi. Tashqi quloq quloq suprasidan va tovush o‘tkazadigan yo‘ldan iborat. Quloq suprasi tovushni kuchaytirish va uning yo‘nalishini aniqlab olishga yordam beradi. Ko‘rish organlari qushlarnikiga nisbatan kuchsizroq rivojlangan. Biroq ularning ko‘zlari narsalar shaklini yaxshi ajratadi. Maymunlar va odamlar esa narsalarning rangini qushlarga nisbatan yaxshi ajratadi.Sutemizuvchilarning terisi tuyg‘u vazifasini ham bajaradi. Hayvonlarning terisida og‘riq, harorat va narsalar holati (suyuq, qattiq, yumshoq)ni sezuvchi tuyg‘u organlari joylashgan. Tananing turli joylaridagi uzun va yo‘g‘on qillar ham tuyg‘u organlari hisoblanadi.Bunday qillar ko‘pincha burun teshiklari va ko‘zlar yaqinida joylashganligidan «mo‘ylovlar» ham deyilad