17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə12/19
tarix16.03.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#88102
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi

Boshqaruv
Boshqaruvning vazifasi tashkilotlarga to‘qnash keladigan ko‘pgina vaziyatlarni asoslash, qarorlar qabul qilish va tashkilish muaamolarni hal qilish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini shakllantirishdan iborat. Boshqaruvchi menejerlar atrof-muhitdagi biznes murakkabliklarini his qiladilar; ular ushbu murakkabliklarga javoban tashkiliy strategiyani o‘rnatadilar; va ishni muvofiqlashtirish va muvaffaqiyatga erishi uchun insoniy va moliyaviy resurslarni taqsimlaydilar. Bu jarayonda ular mas’uliyatli yetakchilikni amalga oshirishlari lozim. Mazkur kitobda tavsiflangan biznes axborot tizimlari real dunyodagi boshqaruvchilarning umidlari, orzulari va haqqoniyligini aks ettiradi.
Lekin boshqaruvchilar amaldagi boshqaruvdan ko‘ra ko‘proq ishshlarni bajarishi lozim. Ular, shuningdek, yangi mahsulot va xizmatlarini yaratishlari, va hatto tashkilotni vaqti-vaqti bilan qaytadan yaratishlari lozim. Boshqaruv mas’uliyatining asosiy qismi yangi bilimlar va ma’lumotlar ta’sirida yaratuvchilik ishidan tashkil topgandir. Axborot texnologiyasi boshqaruvchilarga yangi ma’sulot va xizmatlarni ishlab chiqishlari va yetkazib berishlari, hamda o‘z tashkilotlarini qaytadan tuzishlarida qudratli ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.


Axborot texnologiyasi
Axborot texnologiyasi menejerlar tomonidan o‘zgarishlarga javob berishda qo‘llaniladigan ko‘plab qurollardan biridir. Kompyuter uskunalari axborot tizimidan kiritish, qayta ishlash va chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan asbob-uskunalardir. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: turli o‘lcham va shakllardagi kompyuterlar (jumladan mobil kichik o‘lchamdagi uskunalar); turli kiritish, chiqarish va saqlash uskunalari; va kompyuterlarni bir-biri bilan ulaydigan telealoqa uskunalari.
Kompyuter dasturlari axborot tizimida kompyuter uskunalarini komponentlarini nazorat qiluvchi muvofiqlashtiruvchi batafsil va avvaldan dasturlarngan yo‘riqnomalardan tashkil topadi. 5-bobda hozirda firmalar tomonidan qo‘lllanilayotgan zamonaviy dasturlar va uskuna platformalari batafsilroq tavsiflanadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin