Go`dak va muloqot, go`daklik davrida nutqning vujudga kelishi, kognitiv va perlseptiv jarayonlarni rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
Sezgi o`z mohiyati jihatidan birmuncha sodda psixik jarayon (aks ettirish jarayoni) bo`lishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va hodisalarning ayrim belgilarini, xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo`lgan sezish protsessining fiziologik mohiyati mashhur fiziolog I.M Sechenov va I.P.Pavlovlarning analizatorlar haqidagi ta’limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P.Pavlov organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Mana shuning uchun har bir sezgi organi analizatorlarning barcha qirralarini o`z ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga ko`ra, har bir analizator asosan uch qismidan iborat.
1) Tashqi ta’sirlarni qabul qilib oluvchi periferik qism (buni odatda retseptor deb yurgiziladi);
2) taassurotni markazga olib boruvchi (afferent) va markazdan tegishli javob reaksiyasini olib qaytuvchi (efferent) nerv tolalari; 3) analizatorning orqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi.
Sezgi mana shu qismlarning yaxshi va ravon ishlashiga bog’liqdir. Analizatorlarning bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo`lmaydi. Demak, sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat bo`lgan organizimning reflektor faoliyati yotadi.
Analizatorlarning asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli qo`zg’ovchilarni ayrim bo`laklarga ajtatishdan, ya’ni analiz qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham sezgi organlari analizatorlar deb ataladi. Sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo`lgan bilish jarayonlarining (xotira, hayol, tafakkur) paydo bo`lishi uchim zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir.
Sensor tariya haqidagi sobiq sovet psixologlarining fikri g’arb olimlari qarashlarining psixologik asoslaridan prinsipial tarzda farq qiladi.
Har ikki tomon nuqtai nazarlari, avvalambor, bola sezgisi va idroki rivojlanishini harakatlantiruvchi sabablarini va uning bu jarayonda tarbiyaviy rolini tushuntirishda farqlanadi. Ko`pgina g’arb psixologlari sensor jarayonlar go`yoki bolada tayoror holda tug’ulganda mavjud bo`ladi. Sensor tarbiya‘ning maqsadi - bu jarayonlarni mashq qildirish deb hisoblaydi.
Rus psixologlarining nuqtai nazarlari bo`yicha rivojlanish yangi, bolada ilgari bo`lmagan sensor jarayonlarni shakllantirishdir. Albatta, analizatorlarning takomillashuvi (eshitish, ko`rish, teri tuyush, hid bilish) sezgi va idrok rivojlanishining zarur shartlaridan va uning rolini rad etish mumkin emas. Lekin bu faqat sensor rivojlanishning organik imkoniyati, sharti, biroq, bularning barchasi sezgi tajribasini egallamay turib sodir bo`lmaydi. Tafakkur, nutq, sensor tajriba ortishi natijasidir.
Sensor etalon bo`lib musiqiy t ovushlar (do, re, mi,...), ona tilining tovushlar tizimi, geometrik figura, ranglar va boshqalar xizmat qiladi. Sensor namunalarni o`lchov tizimi tarzida egallash idrokni sifat jihatidan o`zgartiradi.
Bola hayotining dastlabki l-yilida idrok rivojlanishi yo`li ancha murakkabdir. Bu davr mobaynida juda ko`p o`zgarishlar ro`y beradi, birinchi o`rinda bu o`zgarishlar sezgirlik sohasida sodir bo`ladigan rivojlanishga taalluqlidir.
Butun bog`cha yosh davri mobaynida ko`z sezgirligining o`tkirligi ortadi. Shuningdek, ko`z o`tkirligi darajasi faoliyat sharoitiga bog`liqligi ham aniqlangan – o`rin vaziyatida tadqiqot o`tkazilganda ko`zning o`tkirligi sezilarli darajada ortadi.
Bog`cha yosh davrida ranglarni farqlashida ham anchagina os`ish kuzatiladi; aniq va tiniqligi ortadi.
Z.M.Istominaning tadqiqotlari bola hayotining ikkinchi yilida ixtiyorsiz tarzda to`rtda asosiy ranglani farqlaydi; qizil, sariq, yashil, ko`k. Oraliq ranglarni (differensirovka qilishda, ya’ni qovoq rang, havo rang va siyoh ranglarni ajratishda biroz qiynaladi.
Eshitish sezgirligi ham bog`cha yoshidagilarda o`ziga xos tarzdagi xususiyatlarga ega. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, eshitishning nozikligi 13 yoshgacha bo`lgan bolalarda kattalarnikiga nisbatan ancha past bo`ladi va bu yosh ortishi bilan o`sib boradi.