17-mavzu. Tashqi iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligini ta’minlash


Davlat organlarining bojxona nazorati vazifalarini bajarish uchun xalqaro tajribada ko‘p qo‘llanuvchi quyidagi usullardan foydalaniladi



Yüklə 34,02 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü34,02 Kb.
#198865
1   2   3
17 mavzu Tashqi iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligini ta’minlash

Davlat organlarining bojxona nazorati vazifalarini bajarish uchun xalqaro tajribada ko‘p qo‘llanuvchi quyidagi usullardan foydalaniladi:
bojxona yig‘imlari miqdorini tartibga solish orqali mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar tarkibiga ta’sir ko‘rsatish. Bunda tovarlarning mamlakat hayot faoliyati uchun qay darajada muhimligi e’tiborga olinadi. Aholi va mamlakat ehtiyojlari uchun muhim bo‘lgan import mahsulotlariga boj to‘lovlari kamaytiriladi yoki bekor qilinadi. Boshqa tovarlarga esa boj to‘lovlari yuqori darajada belgilanadi;
mamlakatning hisob va to‘lov balansining holatini hisobga olgan holda tarif qoidalarini tartibga solish;
milliy iqtisodiyotni jahon bozoridagi mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlar hamda ichki va tashqi bozorlardagi narx qaychisi tufayli yuzaga keladigan salbiy omillar ta’siridan himoya qilish. Ichki va jahon bozorlari narxlarini muvofiqlashtirish uchun bojxona dastaklari va vositalaridan foydalaniladi1.


2. Xorijiy investitsiyalarni jalb yetish bilan bog‘liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi.

Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapitalning kirib kelishi O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishga, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo‘jalik sub’ektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi kapital evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqori darajada bo‘lishi kerak.


Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bir qatorda, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Chunki xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xatti-harakatlar sodir etilishi mumkin. Bunday insofsizliklar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
chayqovchilik kelishuvlari. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etib, biron-bir korxonani qo‘lga kiritiladi, so‘ngra uni yoki undagi noyob texnika, asbob- uskunalar yuqori bahoda sotiladi;
qisqa muddatda yuqori foyda olish uchun kapital kiritiladi. Foyda olingach, o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi;
xorijdagi korxonalar uchun raqobatlasha oladigan milliy korxonani qo‘lga kiritib, undagi ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi, iloji boricha, ishlab chiqarishni xorijga ko‘chirishga harakat qiladi; korxonadagi ilmiy-texnikaviy va tajriba-konstruktorlik ishlarini to‘xtatib qo‘yib, oxir-oqibatda xorijiy kompaniyaning o‘zini mustaqil rivojlantira olmaydigan bir bo‘limiga aylantirib qo‘yadi;
qo‘lga kiritilgan mulkdan noiqtisodiy maqsadlarda foydalanish2;
strategik ahamiyatga molik sohalarga kirib olib, mamlakatning mudofaa qobiliyatini pasaytirishga urinish; strategik xom ashyo resurslarini arzon narxlarda chetga tashib ketish;
tabiiy resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash hamda ekologik jihatdan xavfli ishlab chiqarishlarga sarmoya kiritib, iqtisodiy va ekologik talablarga rioya etmaslikka urinadilar; hamkorlarning hududlariga rivojlangan mamlakatlarda foydalanish man etilgan texnologiyalarni, zararli ishlab chiqarish chiqandilarini olib kirishga harakat qiladilar;
investitsion loyihalarning maqsadga muvofiqligi, investitsion muhitni o‘rganish bahonasida davlatning siyosiy va iqtisodiy sirlarini bilib olishga, ko‘proq o‘zlarining boshqa noxolis maqsadlari uchun axborotlar to‘plashga harakat qiladilar. Bunda turli sohalarni isloh qilishga bag‘ishlangan, davlat boshqaruv organlari hamda ilmiy jamoatchilik ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etishni moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish jarayonlarini tartibga solish orqali yuqorida keltirilgan noxush, salbiy xatti-harakatlarga qarshi o‘z mexanizmini yaratdi. Davlatning investitsion siyosati quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak;
iqtisodiy va siyosiy manfaatlardan kelib chiqib, ichki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlagan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirib borish;
xorijiy kapitalning strategik ahamiyatga molik soha, tarmoq va korxonalar faoliyatiga bo‘lgan ta’sirining oldini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning joylashtirilishini tartibga solish;
samarali faoliyat yuritayotgan milliy kompaniya va korxonalarni xorijiy investorlar va transmilliy kompaniyalar tomonidan butunlay sotib olinishiga yoki qo‘shib olishlariga yo‘l qo‘ymaslik.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jakb yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Xorijiy kapitalning kirib kelishi O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurish, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo‘jalik sub’ektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil yetish va takomillashtirishga, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi capital yevaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqori darajada bo‘lishi kerak.

1-rasm. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy investorlar o‘z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish imkoniyatiga ega:
davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil yetilayotgan korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarda o‘z ulushini qo‘yishi, ya’ni qo‘shma korxona tashkil yetish yoki butunlay korxonani sotib olish;
mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid yetish;
mustaqil yoki milliy xo‘jalik sub’ektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan davlat ob’ektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish.


Yüklə 34,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin