17-Mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi



Yüklə 180,81 Kb.
səhifə9/11
tarix07.01.2024
ölçüsü180,81 Kb.
#207412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
17 ЯИМ статистикаси

 
4.Nominal va real YaIM 
Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat 
ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini 
natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan 
solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi. 
Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda 
qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida 
aniqlanadi: 

ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi; 

narxlar darajasi. 

27 


Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi 
qo’llaniladi: 
-joriy yoki haqiqiy narxlar; 
- o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar. 
Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab 
chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda 
takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy 
narxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun 
foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki 
pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, 
iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotning 
rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi. 
O’zgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror – bir yildagi 
mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini 
qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini 
o’zgarishini ilg’ash imkonini beradi va ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt 
davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi. 
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasi 
tubdan farqlanadi. 
Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holda 
o’zi belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi 
yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi. 
Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma 
narxlarda o’lchanganini real deb ataladi. 
Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning 
umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibiga 
millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini 
o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator 
bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibiga 
kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’z 
ichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar va 
xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda 
narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi. 
Joriy yildagi bozor savatiningbahosi
shuyilning narxlarida 
Joriy yil deflyatori =-----------------------------------------------------x 100 
Joriy yildagi bozor savatining bahosi 
bazis yili narxlarida 

Agarda o’tgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi 


o’zgarmasdan qolgan bo’lsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar 
darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam 
darajagacha tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilga 
qaraganda ko’tarilib borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishi 
deflyatsiyani bildiradi. Milliy ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga narxlarning 
ta’sirini bartaraf etish maqsadida deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulot 
hisoblanadi. 
Nominal YaIM 
Real YaIM = -------------------------- x 100 % 
Deflyator 
Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir 
ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi 
keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida 
aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini 
tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni 
hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun 
mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga 
qaraganda qayd etilgan iste’mol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini 
qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida 
xar bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki 
turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin. 
Demak, iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib 
qo’yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko’rsatadi. 
Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini 
qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda 
hisoblangan nominal ko’rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda 
hisoblangan real ko’rsatkichlardan foydalanish zarur. Baholar indeksini yoki 
inflyatsiya darajasini hisoblash uchun: deflyator; iste’mol narxlari 
indeksi(Laspeyres indeksi); sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi 
lozim. 
Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi: 


Yüklə 180,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin