Q 1 P i 1 Deflyator = ------------- 100 Q i 1 P i 0
Nominal YaMM
Real YaIM = ———————————— 100
Deflyator Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
Q i 0 P i 1 INI = ------------- 100 Q i 0 P i 0
Bu erda:
Q
i
0
– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi;
P
i
1
– i – tovarning joriy yildagi bahosi;
P
i
0
– i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste’mol narxlari indeksi singari
hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji
baholarda hisoblanadi.
17.3 Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari. Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo'linadi: bir qismi mulkga daromad yoki boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi.
2019 yilning yanvarь – martida O’zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 91 097,7 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2018 yilning yanvarь – marti bilan taqqoslaganda 5,3%ga o’sdi.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, YaIM deflyatori indeksi 2018 yilning yanvarь – martidagi narxlarga nisbatan 120,4 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 2 734,4 ming so’mni tashkil etdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4%ga yuqori.
Iqtisodiy o’sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 88,7%ini tashkil etdi va 5,2%ga o’sdi (YaIM mutlaq o’sishiga ta’siri 4,5 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 11,3%ni tashkil etdi va 5,8% darajasida o’sish qayd etildi (YaIM mutlaq o’sishiga ta’siri 0,8 f.p.).
YaIM o’sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko’rsatdi (2,0 f.p.) va bu soha o’tgan yilning mos davriga nisbatan 5,0%ga o’sdi. SHundan, savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo’shgan holda) 4,2%ga, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 3,7%ga, tashish va saqlash 4,6%ga, axborot va aloqa 2,7%ga va boshqa xizmatlar 5,7%ga o’sdi.
Sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 6,8%lik o’sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutlaq o’sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,8 f.p. darajasida baholandi. Sanoat tarmog’idagi ijobiy dinamika tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymatining 4,8%ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 7,6%ga va boshqa sanoat tarmoqlarining 5,5%ga o’sishi hisobiga ta’minlandi.
2019 yilning yanvarь – marti yakunlari bo’yicha, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati qo’shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to’g’ri keldi va 36,7%ni tashkil etdi. To’qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 14,6%, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish - 13,6%, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish - 8,7%, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish - 8,4%, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish - 6,3%, elektr uskunalar ishlab chiqarish - 2,8% va ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish - 8,9%ni tashkil qildi.
Qurilish ishlari hajmi o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,9%ga o’sdi. YaIMning mutlaq o’sishida qurilish tarmog’ining ijobiy hissasi 0,3 f.p. darajasida baholandi. 2019 yilning yanvarь – marti yakunlariga ko’ra, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 2,5% darajasida ijobiy o’sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutlaq o’sish sur’atiga ta’siri 0,4 f.p.ni tashkil etdi.
2019 yilning yanvarь – martida YaIM deflyatori indeksi 2018 yilning mos davridagi narxlarga nisbatan 120,4%ni tashkil etdi. YaIM deflyatori indeksining eng yuqori ko’rsatkichlari sanoat tarmog’ida (138,2%) va boshqa xizmatlarda (129,5%) qayd etildi.
Respublikaning o’rtacha darajasidan past bo’lgan deflyator indekslari qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida (114,8%), qurilishda (113,9%), savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda (112,3%), tashish va saqlash, axborot va aloqada (111,2%) va mahsulotlarga sof soliqlarda (92,7%) qayd etildi.
O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda YaIM tarmoqlari bo’yicha tarkibida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligining ulushi 16,6%dan 14,9%ga, qurilishning ulushi 6,6%dan 6,1%ga kamaydi, sanoatning ulushi esa 30,3%dan 33,9%ga o’sdi.
Xizmatlar sohasining YaIM tarkibidagi ulushi 45,1%ni tashkil etdi va o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 1,4 f.p.ga kamaydi