17.2 Nominal va real yalpi ichki mahsulot. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy
hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin;
1) Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = Yalpi
ichki mahsulot.
2) Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot.
3) Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad
4) Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga
soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = shaxsiy
daromad.
5) Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar =Ixtiyordagi daromad.
Milliy daromad - bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy
ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir.
Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ;
YaMD = YaIM + horijdan olingan omilli daromadlar – horijliklarning ushbu
mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari.
Shaxsiy daromad va milliy daromadning bir-biridan shunisi bilan farq qiladiki,
ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi (
ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning
taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xo’jaligiga tushmaydi. Uy xo’jaligi
hisobiga to’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari)
- mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to’lovlariga - sug’urta tashkilotlari
tomonidan to’lanadigan, ya’ni qarilikda va baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy
dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar, nogironlarga
to’lanadigan har xil to’lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga to’lanadigan nafaqalar,
iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz to’lovlari va boshqa to’lovlar
kiradi.
Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb individual soliqlarni to’lagandan keyingi
daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar - daromad solig’i, xususiy mol-
mulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan soliqlardan iborat.