176
mаshаqqаtli ish bo‘lib, virtual o’quv laboratoriya, elektron darslik asosida darslarni tashkil
etish darslar samaradorligini ta’minlash omili hisoblanadi. Agar o‘qituvchi dоimiy ravishda
Intеrnеtdan fоydalanib bоradigan bo‘lsa, u bugungi kundagi eng yangi ma’lumоtlarni
tarmоqdan оlib, shu asоsida ma’ruzani tayyorlab, dars o‘tishi mumkin. Elеktrоn darslik
o‘qitish va nazоratga asоslangan, DTS talablari asosida tayyorlangan qo‘llanmadir. Chunki
o‘quvchiga tushunarli bo‘ladigan aхbоrоt bеrishdan tashqari, tеst savоllari, o‘zini-o‘zi
tеkshirish uchun barcha tоpshiriqlar kiritiladi. Elektron darslik quyidаgi tаlаblаr аsоsidа
ishlab chiqiladi. Ta’limiy maqsadlar uchun ishlanmaning amaliy muhimligi.
Resursning
davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, taqdim etilayotgan materialning ilmiy
asoslanganligi, zamonaviy qarashlarga mosligi, nazariy xatolikka yo‘l qo‘yilmaganligi va
mukammal shakllantirilganligi. Matnning to‘liqligi, Grammatik va orfografik xatolardan
xoliligi. Resursning uslubiy ishlab chiqilganlik darajasi (uslubiy maqsadlarni amalga
oshirishga imkon berishi). Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilganligi. Milliy
g‘oya va qadriyatlarga mosligi. Bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlarning mavjudligi.
Nazorat materiallarining to‘liqligi (topshiriqlar, mashqlar, test savollari,
jumboq va
o‘yinlar). Statik va dinamik tasvirlar, illyustrativ (foto, video, animatsiya va boshqa)
materiallarning yetarliligi. O‘quvchilar yoshining psixologik va pedagogik xususiyatlarini
hisobga olinganligi. Rang, shrift, monitor ekrani va shu kabilarga qo‘yilgan talablarga
mosligi. Elektron darslikni kompyuterga o‘rnatishning qulayligi. Elektron darslikni
boshqarishning qulayligi. Misol uchun quyida 8-sinf odam va uning salomatligi darsligidan
ba’zi ko‘rinishlarini keltiramiz: Ko‘rib turganingizdek quyidagi rasmda 8-sinf odam va
uning salomatligi darsligining mundarijasi berilayapti. Darslikning boblariga kirish uchun
sichqoncha kursorini kerakli bob nomi ustiga olib kelib chap tugmasini bir marta bosish
etarli. Elektron darslikdan foydalanish affzalliklari. Elektron darslik o‘zlashtirish
imkoniyatini kengaytiradi. O‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri har bir o‘quvchiga
rejalashtirilgan o‘quv materiallarini yetkazib berish va uni o‘zlashtirish darajasini
oshirishdan iborat. Ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan
islohatlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ta’lim jarayoniga
zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog‘liq. Biologiya darslarini loyihalashda
zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish, unga
muvofiq ta’lim vositalarini qo’llashni taqazo etadi. Biologiya darslarida mavzu mazmuniga
muvofiq, og‘zaki (audiovizual, dasturli multimediali, gipermediali) ta’lim vositalaridan
foydalaniladi. Ma’lumki, ta’limning zamonaviy vositalari deganda, o‘quv matni, axborot
tashuvchilar, qog‘oz, slayd, disk apparat va ta’limni amalga oshiruvchi vositalar (proyektor,
magnitofon, EHM) va hakazolar tushuniladi. Demak, matn tashuvchi apparat ayni vaktda
har qanday darajadagi o‘quvchi uchun ta’lim vositasi hisoblanadi. Biologiya ta’limi
jarayonida intellektual ta’lim tizimining imkoniyatlari chegaralanmagan. O‘quvchilar bilan
suhbat, ular bilimlarini taqqoslash, o‘quvchilar faoliyatining tahlili, to‘plangan
ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish (ommaviy ta’lim), gipermatnli ko‘rinishdagi
darslarni tashkil etish, ma’lumotlar ta’minoti manbaini
belgilash va boshqalarning
ahamiyati shundaki, ular intellektual ta’lim vositalari muammosini hal etadi. Biologiya
ta’limi vositalari sifatida o‘quv matnlari asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quv matnlari ayni