173 o‘quvchilarning motivlari va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olingan holda zarur hollarda
takroran o‘rganish va o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish imkonini beradi;
biologik jarayonlarni animasiyalar tarzida virtuallashtirish o‘quvchilarning ko‘rgazmali-
obrazli fikr yuritish va o‘quv materialini to‘liq o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi; biologiya
darsida animasiyalardan foydalanish darsning barcha bosqichlarida o‘quvchilarning bilish-
faoliyatini faollashtirishga olib keladi. Biologiya fanini o‘qitishda quyidagilardan
foydalanish mumkin: har bir mavzu mazmuniga asosan ko‘rgazmalilikni amalga oshirish,
ya’ni multimediali taqdimot materiallari; biologik jarayonlarning animasiyasi; virtual
laboratoriya va amaliy ishlar; ishlab chiqarish korxonalariga virtual ekskursiya; biologik
jarayonlarning modellashtirilgan dasturlari; biologik jarayonlarning ta’limiy dasturlari;
o‘quvchilarning mavzular bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash
uchun nazorat dasturlari; o‘quvchilarning mustaqil ta’limi va ishi uchun o‘quv-axborot
saytlari; didaktik o‘yinga asoslangan animasiyalar; qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan
ijodiy topshiriqlar dasturi; XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish
imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda.
“Elektron” hukumat, “elektron” uy, “elektron” tijorat, “elektron” ta’lim kabi raqamli borliq
elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo‘lib qoldi. Endilikda insoniyat
elektron resurslardan shunchaki axborot manbai sifatida emas, balki interfaol muhitda
ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo‘ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan
axborot kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish,
ma’lumotlarni qayta ishlashni talab qiladi. Bunday “aqlli”, inson bilan muloqot qiluvchi va
o‘rgatuvchi elektron resurslarni yaratish o‘ta dolzarb va mashaqqatli ish bo‘lib, uni
yaratishga butun dunyoning eng malakali mutaxassislari imkoniyatlarini birlashtirishni
taqozo qiladi. Bu yo‘nalishda qo‘yilgan salmoqli qadamlardan biri ta’lim sohasida dunyo
bo‘yicha amalga oshirilishi boshlangan Smart education loyihasini keltirish mumkin. Smart
education (aqlli ta’lim) ochiq axborot resurslari yordamida interfaol virtual muhitda amalga
oshiriladigan moslashuvchan va induviduallashtirilgan yangi global ta’lim texnologiyasidir.
Uning eng asosiy xususiyati uning butun dunyo miqyosida amalga oshirilishi va hammaga
birdek axborot olish va keng ta’lim olish imkoniyatlarining yaratilishidir. Smart education
ta’lim muhiti, o‘z navbatida, uning qatnashchilaridan butun ta’lim jarayonini,
foydalanilayotgan metod va texnologiyalarni yangilash va bir tizimga keltirishni taqozo
etadi. Xuddi shu maqsadda yevropa Ittifoqi davlatlari o‘z ta’lim tizimlarini bir xil standartga
keltirish yo‘lidan borishmoqda va dunyoning boshqa davlatlarini ham bunga da’vat
etishmoqda. Kelajak ta’limi muhiti sifatida e’tirof etilayotgan Yagona yevropa universiteti
loyihasi bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan salmoqli qadamlardan biridir. Kecha ta’lim
olishning yagona manbai o‘qituvchi bo‘lib, o‘quvchi ta’lim olish uchun sinfxonaga kelishi
va o‘qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi yoki kitob o‘qishi hamda tushunmaganlarini
o‘qituvchidan so‘rab o‘rganishga majbur edi. Bugunga kelib, axborot kommunikasiya
texnologiyalarini puxta egallagan o‘quvchi bilimni nafaqat sinfxonada o‘qituvchidan, balki
istalgan joyda, internetdagi boshqa bilim manbalardan ham olish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, hozirda qo‘llanilayotgan ta’limning pedagogik va axborot kommunikasiya
texnologiyalari o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi rolini o‘zgartirmoqda. O‘qituvchining