171 Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanish



Yüklə 275,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.06.2023
ölçüsü275,22 Kb.
#134601
1   2   3   4   5   6
biologiya-darslarida-elektron-darsliklardan-foydalanish

174 
roli endi faqat bilim manbai emas, balki bilim olishga yo‘naltiruvchi va bu jarayonni 
boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘rinda interfaol texnologiyalarning 
qo‘llanishi o‘quvchilarning o‘zi ham bilimlarni bir-birlariga uzatish va yangilarini 
shakllantirish manbai sifatidagi rolini oshirmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda 
o‘quvchi yoshlarning Twitter, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarni ishg‘ol qilganliklari va 
turli qiziqishlar, xususan, ta’lim olish bo‘yicha o‘z uyushmalarini tuzib, faol muloqot 
qilayotganliklari, ya’ni o‘zaro keng muloqot ta’lim muhitining yaratilganligi mazkur ta’lim 
tizimiga bo‘lgan qiziqishni orttirmoqda. Smart education ta’lim muhiti vositalari ham kun 
sayin o‘zgarib bormoqda. Endi istalgan joydan internetga ulanish imkoniyatining 
yaratilganligi, mobil kommunikasiya vositalari, “aqlli” doska, “aqlli” ekran va ta’limning 
boshqa “aqlli” texnik vositalarining paydo bo‘lishi va kun sayin takomillashib borishi Smart 
education ta’lim muhitida faol bilim olish imkoniyatini yanada oshirmoqda. Bu, o‘z 
navbatida, bilim manbai sifatida kitob bilan bir qatorda ancha afzalliklarga ega bo‘lgan faol, 
qulay va mobil ta’lim mazmuniga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Buni birgina kitob 
va internetda joylashtirilgan ma’lumotlar, ta’lim mazmuni hajmlarini taqqoslash orqali ham 
anglab yetish mumkin. Internetda joylashtirilgan va kun sayin, soat sayin karralab oshib 
borayotgan veb resurslardagi ma’lumotlar, yangi bilimlar xazinasidan oqilona foydalanish, 
internet qulayliklari va texnik imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bugungi kunning 
dolzarb vazifasiga aylangan. YUNESKO tashkiloti tomonidan e’lon qilingan XXI asrda 
“Life Long Learning” -“Butun hayot davomida o‘rganish”, “Barcha uchun ta’lim” ta’lim 
tamoyillarini amalga oshirish uchun Smart-ta’lim orqali shart- sharoitlar yaratiladi. 
SMART-ta’lim “har doim, har joyda va istalgan vaqtda” ta’lim olish imkoniyatlarini 
oshiradi. Ta’lim jarayonida SMART-texnologiyalari turli xil texnik vositalar: smartfon, 
planshetlar va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar yordamida o‘quvchilarga bilimlarni 
yetkazish hamda intellektual virtual o‘quv muhitini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. 
Smart education barcha ta’lim jarayonlarini, shuningdek, ushbu jarayonlarda 
qo‘llaniladigan usullarni va texnologiyalarni keng qamrovli modernizasiya qilishni o‘z 
ichiga olgan konsepsiyadir. Ta’lim sohasidagi aqlli ta’lim konsepsiyasi Smartdoska, Smart-
ekran va har qanday joydan Internetga kirish kabi texnologiyalarning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni rivojlantirish, uni yetkazib berish va uni 
yangilash jarayonini yaratish uchun yangi usullarni taqozo etadi. O‘quv jarayoni nafaqat 
sinfda, balki uyda, muzeylar, kafelar, jamoat joylari kabi istalgan joyda ham amalga 
oshirilishi mumkin. O‘quv jarayonini bir-biriga bog‘laydigan asosiy element faol ta’lim 
mazmuni bo‘lib, uning asosida vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni olib tashlashga imkon 
beruvchi yagona birlashtiriladigan “omborlar” yaratiladi. Cmartfonlar, mobil telefonlar
planshetlar va boshqa aqlli qurilmalar sizga qanday yordam berishi mumkin? Maktab 
o‘quvchilarining ta’lim amaliyotida mobil texnologiyalar quyidagi yo‘nalishlarda 
qo‘llanilishi mumkin: internet ensiklopediyalaridan ma’lumotlarni olish; kerakli 
ma’lumotlarni izlash; tarjimon orqali so‘z yoki iboralarni tarjima qilish; axborotni 
vizuallashtirish; video ma’ruzalarni tomosha qilish; internetda onlayn rejimida test 
topshirish yoki anketa savollariga javob berish; turli laboratoriya ishi va tajribalarini 
o‘tkazish. Faqat “aqlli” qo‘shimchasi bilan yangi texnologiyalarni qo‘llash yangi turdagi 



Yüklə 275,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin