18-Mavzu. Namatak suyuq ekstraktini sifatini baholash, qadoqlash va o„rash Maqsad



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#37372
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4. Namatak suyuq ekstraktini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash

5.  Qabul qilish shartlari 

Qabul qilish shartlari – GOST 26313 bo„yicha.  

Suyuq  na‟matak  ekstrakti  (yarim  tayyor  mahsulot)  topshirish  va  qabul  qilish  uchun 

partiyalab taqdim qilinadi.  

Partiya bo„lib bir xil ishlab chiqarish sharoitlarida ishlab chiqarilgan, bir xil qadoqlangan, 

tayyorlanish sanasi bir xil bo„lgan, bitta texnologik siklda tayyorlangan, bir xil vazn nettoga ega 

bo„lgan,  bir  vaqtda  topshirish  va  qabul  qilish  uchun  mo„ljallangan  va  sifat  va  xavfsizlik 

to„g„risidagi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan bir turdagi (nomdagi) oziq-ovqat mahsulotining 

istalgan miqdori hisoblanadi.  

Ishlab chiqarish nazoratining tartibi va davriyligi: 

-  sifatning  organoleptik,  fizik-kimyoviy  va  mikrobiologik  ko„rsatkichlarini  tekshirish 

mahsulotning har bir partiyasi uchun amalga oshiriladi

-  zaharli elementlar,  pestitsidlar va radionuklidlarning miqdorini tekshirish har chorakda 

kamida bir marta o„tkaziladi; 




Qabul  qilish  vaqtida  qoniqarli  natijalar  olinsa  har  bir  mahsulot  partiyasi  uchun  tahlil 

bayonnomasi  tuziladi.  Tahlil  bayonnomasi  asosida  har  bir  mahsulot  partiyasi  uchun  sifat  va 

xavfsizlik guvohnomasi rasmiylashtiriladi.   

Sifat va xavfsizlik guvohnomasi quyidagilardan iborat:  

-  sifat to„g„risidagi hujjatning raqami va uning manzili; 

-  tayyorlanish sanasi; 

-  mahsulot nomi; 

-  partiya hajmi; 

-  partiya raqami; 

-  mahsulot sifatining ushbu texnik shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi o„tkazilgan tahlil 

natijalari; 

-  yaroqlilik muddati; 

-  mazkur texnik shartlarining belgisi

-  SNB vakilining muhri va imzosi. 

Nazorat natijalari qo„yilgan talablarga muvofiq bo„lsa ushbu partiya qabul qilinadi.  

Sifat  va  xavfsizlik  guvohnomasining  asli  mahsulotning  yaroqlilik  muddati  tugagandan 

so„ng 30 kun mobaynida ishlab chiqaruvchi korxonada saqlanadi.  


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin