3. Markirovkasi
Mahsulotni tavsiflovchi markirovka etiketlarga hidga ega bo„lmagan, zararsiz bo„yoq bilan
belgilanadi.
Etiketkada quyidagilar ko„rsatiladi:
- ishlab chiqaruvchi nomi, joylashgan manzili;
- ishlab chiqaruvchining tovar belgisi;
- mahsulot nomi;
- netto vazni;
- partiya raqami;
- ishlab chiqarilgan sana;
- yaroqlilik muddati;
- saqlash sharoitlari;
- amaldagi TU belgilari
Birkada qadoqlovchining familiya va raqami, netto vazni va transport idishining vazni
ko„rsatiladi.
4. Qadoq
Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) mahsulotning tashilishi va saqlanishi
vaqtida uning siqati va xavfsizligini ta‟minlovchi qadoq materiallari va qadoqlash usullariga
nisbatan qo„yilgan talablarga javob berishi lozim.
Qadoqlashda qo„llaniladigan materiallar Rossiya Federatsiyasining davlat sanitar-
epidemiologiya xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo„llanilishga ruhsat
etilgan va xavfsizlik bo„yicha tegishli hujjatlarga ega bo„lishi kerak.
Suyuq na‟matak ekstrakti (yarim tayyor mahsulot) plietilen qopchalar solingan GOST
5037 bo„yicha metall flyagalarga 30 kg dan quyiladi. Flyagalar umumiy hajmiga nisbatan 95%
ga to„ldiriladi.
Nominal miqdordan yo„l qo„yilgan salbiy og„ishlar GOST R 8.579 bo„yicha 1% dan ko„p
emas.
To„ldirilgan flyagalar plombalanadi, birka qotiriladi va GOST 7625 bo„yicha etiketka
qog„ozi yoki GOST 18510 yozuv qog„ozidan tayyorlangan etiketka yopishtiriladi.
Idish toza, quruq, begona hidsiz bo„lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |