18-mavzu: Notarial amaliyotda mediatsiya Reja


Mediator vazifasini bajarish



Yüklə 345,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix10.04.2023
ölçüsü345,13 Kb.
#95668
1   2   3   4
18-MAVZU Notarial amaliyotda mediatsiya

Mediator vazifasini bajarish 
145
1
. Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va 
meros masalalari bo‘yicha o‘zaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning 
ixtiyoriy roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi. 
Notarius faqat notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar 
yuzasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha mediator vazifasini bajaradi. 
145
2
. Taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar 
ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari bo‘lishi mumkin. 
Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki o‘z vakili orqali qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi. 
145
3
. Notarius quyidagi nizolar bo‘yicha mediativ kelishuvni tasdiqlaydi: 
oilaviy nizolar (er-xotinning mol-mulkini bo‘lish); 
meros bilan bog‘liq nizolar (meros mol-mulkini taqsimlash, merosxo‘rlar 
o‘rtasida ulushlarni bo‘lish va boshqalar); 
boshqa nizolar (pul majburiyatlari, mulkni topshirish majburiyatlari, qarz 
majburiyatlari, garov munosabatlari bo‘yicha majburiyatlar). 
145
4
. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun taraflar o‘zaro 
kelishuvga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirgan notariusga yoki boshqa 
notariusga murojaat qilishi mumkin. 
Manfaatdor taraf nizoning ikkinchi tarafiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar 
mazmunini izohlagan xolda notariusga kelishuv tartib-taomilini qo‘llash haqida 
ariza bilan murojaat etadi. Notarius qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda 
arizani o‘rganib chiqib, taraflar, nizo predmeti, o‘tkazilish joyi va vaqti 
ko‘rsatilgan nizoni mediatsiya yo‘li bilan hal etish xaqida taraflarga xat yuboradi. 


Agar taraflar notariusga nizolashayotgan masala bo‘yicha mediatsiyani 
qo‘llash haqida birgalikda murojaat etsa, notarius ulardan ushbu masala bo‘yicha 
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga roziligi xaqidagi oddiy yozma 
shakldagi kelishuvni taqdim etishni so‘raydi. 
145
5
. Taraflar mulkiy yoki meros masalasi bo‘yicha yuzaga kelgan nizoni 
notarius orqali hal etishda notariusga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, nizo kelib 
chiqishiga sabab bo‘lgan notarial harakat asli yoki nusxasi, ushbu nizoni hal etish 
uchun mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi oddiy yozma 
shaklda tuzilgan kelishuvni taqdim etadi. 
145
6
. Mediatsiya tartib-taomili mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish 
to‘g‘risida taraflar tomonidan kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran boshlanadi. 
145
7

Mediatsiya 
tartib-taomili 
amalga 
oshirilayotganda 
notaruis 
taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga, ularning u yoki bu 
qarorni qabul qilishda bosim o‘tkazishga haqli emas. 
Notarius mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘ida bir vaqtning 
o‘zida ham taraflarning barchasi bilan, ham taraflarning har biri bilan alohida-
alohida uchrashuvlar o‘tkazadi, ularga nizoni hal etishga doir og‘zaki va yozma 
tavsiyalar beradi, mediatsiya boshlanguniga qadar mediatsiya taraflariga 
mediatsiyaning maqsadini, shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini 
tushuntiradi, taraflarning o‘zaro fikr va takliflarini almashishlarini ta’minlaydi, 
taraflar tomonidan nizoni tartibga solish turini taklif qiladi. 
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvda: 
taraflar haqidagi; 
nizo predmeti to‘g‘risidagi; 
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, mediator, taraflar 
tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari 
haqidagi; 
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana to‘g‘risidagi; 
mediatsiya 
tartib-taomili 
amalga 
oshiriladigan 
muddat 
haqidagi 
ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 
145
8
. Mediatsiyani amalga oshirish muddati mediatsiya tartib-taomilini 
amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvda taraflar tomonidan ixtiyoriy belgilanadi. 
Bunda muddat o‘ttiz kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda taraflarning o‘zaro 
roziligi bilan ushbu muddat o‘ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin. 
145
9
. Notarius tomonidan quyidagi hollarda mediatsiyani qo‘llash 
tugatiladi: 
taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganda; 
nizo xususida o‘zaro maqbul bo‘lgan qarorga erishish imkoniyati 
bo‘lmaganda; 
mavjud nizo bo‘yicha kelishuvga erishmay turib mediatsiyani tugatish 
to‘g‘risida taraflarning kelishuvi tuzilganda (mediatsiya tartib-taomilini amalga 
oshirish to‘g‘risida yozma kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda); 
biror-bir taraf mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishini ma’lum 
qilganda; 
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari o‘tganda. 


145
10
. Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan 
kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari 
xususida o‘zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida 
tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi. 
Mediativ kelishuvda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 
tuzilgan joyi va sanasi; 
taraflar xaqidagi ma’lumotlar; 
nizo predmeti; 
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirilganligi, mediator, taraflar 
tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari; 
mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana; 
o‘zaro maqbul qarorga erishilganligi; 
mediativ kelishuvni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega ekanligi
mediativ kelishuvda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar 
tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilishi; 
mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari; 
mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar o‘z huquqlari himoya 
qilinishini so‘rab sudga murojaat etishga haqli ekanligi. 
145
11
. Mediativ kelishuv notariusga kamida uch nusxada taqdim etiladi va 
notarial tartibda tasdiqlanadi, ulardan bittasi notarial idorada saqlanadi. 

Yüklə 345,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin