4. Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash.
Diversiyalangan kompaniya strategiyasini baxolashdagi asosiy masala, u kirib borayotgan tarmokning jozibalilik masalasi xisoblanadi. Tarmok kanchalik jozibali bulsa, firma oldida foyda olishning shunchalik yaxshi uzok muddatli istikbollari ochiladi. Tarmokning jozibadorligini uchta yunalish buyicha baxolash mumkin:
1. Portfeldagi xar bir tarmokning jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol urinli buladi: «Bu tarmok kompaniya va unda ishlashi uchun etarli darajada yaxshimi?» Kompaniyaga uz mablagini kuygan xar bir tarmok jozibalilik darajasi buyicha test sinovidan utishi mumkin.
Xar bir tarmokning boshkalarga nisbatan jozibadorligi.
Bu xolda javob berilishi kerak bulgan savol, « Portfelning kaysi tarmogi jozibalirok, kaysi biri jozibasizrok?» Tarmoklarni shu kursatkich buyicha turlarga bulish korporatsiya resurslarini joylashtirish tugrisida karor kabul kilish uchun dastlabki sharoit xisoblanadi.
Barcha tarmoklarning yagona gurux sifatidagi jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol kuyiladi: «Tarmoklar yigindisi kanchalar jozibali ?» Daromadlarning va foydasi asosan jozibasiz tarmoklardagi faoliyat turlari xisobiga shakllanayotgan kompaniyalar, balki uzining ishbop faollik portfelini kayta tarkiblash masalasini kurib chikishi zarur buladi.
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning kupchiligini amalda quyidagicha tasniflash mumkin:
- bog’liq va bog’liq bulmagan biznesning kamroq tabaqalangan qismi bilan asosiy biznes bilan savdo xajmi buyicha tadbirkorlik qilish (korporatsiyaning tuliq savdo xajmining taxminan uchdan bir yoki undan kamroq);
- bog’liq urta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta) bilan tor diversiyalangan tadbirkorlik;
- kuplab bog’liq urta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda ish olib borish;
- bog’liq bulmagan tarmoqlarda bir necha urta korxonalar bilan tor diversiyalangan xolda ish olib borish;
- kupgina bog’liq bulmagan soxalarda kuplab urta korxonalar bilan qat’iy differentsiyalangan xolda ish olib borish;
- bog’liq bulmagan tarmoqlardagi kuplab urta korxonalar bilan ishlash (biroq xar bir soxadagi urta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan);
Korporatsiya tomonidan qabul qilingan strategiyani baxolash quyidagi bosqichlarni uz ichiga olishi lozim:
- mavjud strategiyani identifikatsiyalash;
- urta korxonalar portfelini taxlil qilish uchun uning bir yoki bir necha matritsasini yasash;
- xar bir urta korxonaning uzoq muddatli jalb qiluvchanligini baxolash va taqqoslash;
- ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash maqsadida kompaniyaning xar bir urta korxonasidagi raqobat kuchini baxolash va taqqoslash;
- urta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va istiqbollari buyicha saralash;
- xar bir urta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baxolash va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash;
- urta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari buyicha saralash, xar bir urta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv rivojlanish, erishilgan yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish», tugatish);
- korporatsiyadagi umumiy diversifikatsiya xolatini aniqlash (urta korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya buyicha, ulardagi joriy daromad buyicha);
- diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun axamiyatini baxolash;
- bog’liq va bog’liq bulmagan urta korxonalarning firma portfelidagi nisbatini baxolash;
- korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi rivojlanish tendentsiyalari;
- asosiy urta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish buyicha sunggi hatti‑harakatlarning natijalari;
- portfelni yangi urta korxonalar bilan tuldirish buyicha hatti‑harakatlar;
- zaif va bush urta korxonalarni qisqartirish;
- urta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baxolash;
- strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish buyicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baxolash;
Taxlil natijasida ushbu yunalishlar buyicha quyidagi savollarga javob topish lozim:
- firmaning portfelida kerakli urta korxonalar bormi?
- portfelda daromadli urta korxonalar soni etarlimi?
- rivojlanayotgan va sunib borayotgan urta korxonalar urtasida muvozanat bormi?
- «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar etarlimi?
- kompaniyaning asosiy biznesi etarlicha daromadli va istiqbollimi yoki u «sog’in sigir»mi?
- firmaga shuncha urta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni qisqartirish kerakmi?
- firmada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bulgan tarmoq peshqadami bormi yoki firma urtacha-zaif pozitsiyalardagi kuplab urta korxonalardan iboratmi?
- korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi urta korxona faoliyatini tugatish kerak?
Dostları ilə paylaş: |