1926-yilda respublika aholisining umumiy soni 4 million 621 ming kishiga etib, ularning I million 12 mingi shaharlarda, 3 million 657 mingi esa qishloq joylarida istiqomat qilgan. Umumiy aholiga. Nisbatan shahar aholisi 21,9 foizni, qishloq aholisi esa 78,1 foizni tashkil etgan. O’zbekiston hududida ko’pgina millatlarning vakillari yig’noq guruhlar sifatida istiqomat qilishardi. 1926-yilgi aholi ro’y xatiga binoan bu yerda 490 ming tojik, 130 ming qozoq, 81 ming qirgʻiz, 72 ming arab, 36 ming uyg’ur mavjud edi va hokazo.
1930-yillarda O’zbekiston aholisining umumiy soni 4 million 926 ming kishini tashkil etib, ularning 1 million 12 mingi shaharlar- da, 3 million 847 mingi esa qishloq joylarida istiqomat qilgan. O’tgan asming 40-yillariga kelib esa respublika aholisining
Umumiy soni 6 million 551 ming kishini tashkil etib, ularning 1 million 606 mingi shaharlarda, 4 million 945 mingi esa qishloq joylarida istiqo mat qilgan. Shahar aholisi 25 foizni, qishloq aholisi esa 75 foizni tashkil etgan.
Umumiy soni 6 million 551 ming kishini tashkil etib, ularning 1 million 606 mingi shaharlarda, 4 million 945 mingi esa qishloq joylarida istiqo mat qilgan. Shahar aholisi 25 foizni, qishloq aholisi esa 75 foizni tashkil etgan.
Stalin boshliq markaziy hokimiyat amalga oshirgan milliy siyo. Satning zarari, adolatsizligi odamlarning qattiq qatag’on qilinishi bi- lan chegaralanib qolmadi. Uning muhqish ekanligi yana shundaki, ko’plab xalqlarning milliy davlatchiligi buzildi, respublikalar val muxtor viloyatlarning haq-huquqlari poymol qilindi.
1937 1938-yillarda mustabid tuzumning zo’ravonligi bilan Rossiyaning Uzoq Sharq o’lkasidan 74500 koreys aholisi majburiy ra- vishda ko’chirilib, O’zbekiston hududiga olib kelindi. Uzoq Sharq oʻlka- sidan koreys aholisi majburiy ravishda ko’chirilishiga asosiy sabab SSSR bilan Yaponiya o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi edi. Chunki bu davrda Koreya yarim orolining bir qismi Yaponiya tomonidan bosib olingan bo’lib, bu yerdagi koreys aholisi bilan Uzoq Sharq koreyslarining etnik kelib chiqishi bir edi. Shu sababdan mustabid Sovet davlati 1937-yil 21-avgustda qabul qilgan «Uzoq Sharq o’lkasi chegara rayonlaridan koreys aholisining ko’chirish to’g’risida’gi qaroriga binoan 170 ming koreyslar O’rta Osiyo va Qozog’iston hudu- diga majburan ko’chirib olib kelingan edi. Bu davrda O’zbekiston SSRning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari shunchalik ko’p miqdordagi koreys aholisini qabul qilish va joylashtirishga qurbi yetmasdi. Lekin shunga qaramasdan o’zbek xalqi koreys aholisiga nisbatan markaziy hukumatning «munosabatidan» qat’i nazar ularga o’zining milliy mehmondo’stligini, bag’rikengligini ko’rsatdi. Ularni uy-joy, ish bilan imkon