Oʻzbekiston SSR ning dastlabki poytaxti Buxoro boʻlgan. Biroq ko’p o’tmay 1925-yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poytaxt Toshkentga ko’chirildi. O’zbekiston SSRda butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo’mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hokimiyati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jaev O’zbekiston SSR Inqilobiy qo’mitasi raisi qilib tasdiqlandi.
1924-yil 5-dekabrda Inqilobiy qo’mita butun O’zbekiston xal- qiga murojaat qilib, O’zbekiston SSR tuzilgani, uning tarkibiga Toji- kiston ASSR kirganligi ma’lum qilindi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda O’zbekiston SSR Sovetlarining I s’ezdi ochildi. U 17-fevralda «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Res- publikasining tashkil topishi to’g’risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Deklaratsiya O’zbekiston SSR tashkil topganligini qonunan rasmiy- lashtirdi va O’zbekiston SSRning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e’lon qildi. Deklaratsiyada qayd qilib o’tilganidek, «shu kundan e’tiboran o’zbek xalqi hududida Toshkent, Samarqand, Far- g’ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari- ni o’ziga olgan bu xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlar- ning ittifoqdosh O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta’sis Etildi, unga Tojikiston ASSR kirdi». 1925-yil 13-mayda SSSR Sovetlarining III s’ezdi Turkmaniston va O’zbekiston respublikasining SSSR tarkibiga kirishi to’g’risida shu respublikalar «xalqlarining erkin xohishi»ni inobatga olib tasdiqladi. Shu tariqa, O’zbekiston ittifoqdosh respublikasining qqonuna Rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR ttarki Bidagi ittifoqdosh respublika bo’lgan O’zbekiston milliy sovet res-Publikasi paydo bo’ldi.
3). O‘zbekistonning aholi geografiyasi (XX asrning 20-80-yiliari)
O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilgandan so’ng ham respublika ko’p millatli edi: O’rta Osiyoda jami 8131062 kishi istiqomat qilgan boʻlsa, bu aholining 3963285 tasi O’zbekiston SSRga o’tdi. Ulardan o’zbeklar 3381579 kishini, ya’ni respublika aholisining ¾ qismini tashkil etgan. Haqiqatda, O’rta Osiyo hududi- da yashovchi barcha o’zbeklarning qariyb 90 foizi O’zbekiston SSR hududida edi.