1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə10/15
tarix02.06.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#123723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif

SSSR Markaziy ijroiya qo’mitasining qarorida «SSSR Marka- ziy Ijroiya qo’mitasi Rayosatiga O’rta Osiyoda yangi tashkil etila- yotgan respublikalarni ana shu respublikalar Sovetlar qurultoylari qaroriga muvofiq rasmiylashtirishni amalga oshirish» vazifasi topshirildi.

SSSR Markaziy ijroiya qo’mitasining qarorida «SSSR Marka- ziy Ijroiya qo’mitasi Rayosatiga O’rta Osiyoda yangi tashkil etila- yotgan respublikalarni ana shu respublikalar Sovetlar qurultoylari qaroriga muvofiq rasmiylashtirishni amalga oshirish» vazifasi topshirildi.

Shunday qilib, 1924-yil sentabr-oktabrda milliy-hududiy che- garalanish O’rta Osiyo republikalari, Rossiya Federatsiyasi va SSSR davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarida qonun yo’li bilan ras- miylashtirildi. SSSR Bolsheviklar Markaziy Ijroiya qo’mitasi Il sessiyasi qa-Roridan keyin qisqa muddat ichida yangi tashkil topgan milliy tuzil- malarning haqiqatda rasmiylashtirilishi amalga oshirildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining 1924-yil noyabrda bo’lib o’tgan maxsus sessiyalari o’z-o’zini tarqatib yuborish to’g’risida qaror qa- bul qildilar. Yangi tashkil etilgan respublikalarda inqilobiy qo’mita- lar tuzilib, ular yangi respublikalar va viloyatlar ta’sis s’ezdlarini chaqirish yuzasidan tayyorgarlik ishlariga boshchilik qildilar.

Milliy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tarkibiga qu-Yidagi hududlar kiritildi:

- Turkiston ASSR dan 9 ta uezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugu:

-Buxoro respublikasining 9 ta viloyati;

- Xorazm respublikasining 23 ta tumani.

O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv. Km. Ni, aholisi 4 million 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926-yil ma’lumotlari bo’yicha, milliy tarkibiga ko’ra aholining 74,2 foizini o’zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etgan.

Oʻzbekiston SSR ning dastlabki poytaxti Buxoro boʻlgan. Biroq ko’p o’tmay 1925-yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poytaxt Toshkentga ko’chirildi. O’zbekiston SSRda butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo’mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hokimiyati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jaev O’zbekiston SSR Inqilobiy qo’mitasi raisi qilib tasdiqlandi.


Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin