1.«Bolalar musiqa adabiyoti» fanining maqsad va vazifalari. Fanlararo aloqasi


 Fanlararo aloqasi, o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 112,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü112,57 Kb.
#157819
1   2   3   4
1-ma\'ruza

2. Fanlararo aloqasi, o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
Bolalar musiqa adabiyotini o‘rganish talabalarning musiqiy tarixiy va nazariy 
fanlardan: o‘zbek, rus va chet el musiqasi tarixi, garmoniya, tahlil kabilardan 
egallagan bilimlarga asoslanadi.
Musiqa o‘qitish nazariy va metodikasi, maktab repertuari praktikumi, 
pedagogik amaliyot bilan ko‘p jihatli aloqalar kursni o‘rganishda muhim, zero 
musiqiy – pedagogik tahlil, asarni tinglash, etkazib berish, ishlash, musiqa darsi 
va darsdan tashqari paytda maktab musiqa repertuarini samaralari o‘rganish 
metodikasi ko‘zda tutiladi.


Badiiy – obrazli namoyish uchun talaba ijro va badiiy malaka va ko‘nikmalar 
komleksini (musiqa asbobi, vokal, xor, dirijyorlik kabi) ijrochilik fanlarida
egallagan bilishi zarur.
Dasturni amalga umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, maktab repertuari 
praktikumi, o‘qutuvchi nutq madaniyati shuning bilan musiqa ta’limining asosiy 
kursi musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, dirijyorlik, vokal ijrochiligi kabi fanlar 
bilan bog‘liq.
Musiqiy - nazariy predmetlar bo‘lajak o‘qituvchilarga musiqa san’atini 
bolalarga samarali etkazish yo‘larini ularga hayotning musiqiy obrazlarda aks 
etishini, musiqa ifoda vositalarini amalda qo‘lashga yordam beradi.
Musiqa tarixi, asosiy yo‘nalishlar uslub va janrlarning rivojlanishi, yirik 
kompozitorlarning o‘ziga xos ijod yo‘li haqidagi bilimlar ta’lim oluvchilarning 
musiqiy didini tarbiyalash, ularning dunyoqarashini shakllantirishga yordam 
beradi. Har bir ijrochilik sinfi – yakka kuylash, dirijyorlik, musiqa asbobi, 
maxsus musiqa repertuari faqatgina ijrochi – musiqachini tayyorlabgina qolmay, 
balki kelajakda maktab o‘quvchilari bilan ishlashda ularning ovozini saqlash va 
rivojlantirish, xor bilan ishlash, musiqiy asarni ijroda ko‘rsatish va tahlil qilish 
malakalarini shakllantirishlar mohir pedagogni tarbiyalashga ko‘maklashadi.
Psixologiya, pedagogika fanlari hozirgi paytda jamiyat oldida turgan 
vazifalar, umumta’lim maktablari va o‘qituvchilar oldiga qo‘yiladigan talablar, 
o‘quv - tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari va shakllari, o‘quvchilarning yosh va 
psixologik xususiyatlari, umumiy musiqiy ta’limda musiqiy tarbiyaning maqsad 
va vazifalari uning tuzilishini aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 112,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin