II.2 Mulkchilik shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni. Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o‘zgarishsiz qotib turmaydi ular doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko‘ra, mazkur bobda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo‘lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil kо‘rib chiqiladi. Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Ishlab chiqarish har doim muayyan mulkchilik shakli doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni, ularning o‘zgarish va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari ka`bi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi. Mamlakatimizda taraqqiyotning hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, ularning rivojiga keng yo‘l ochib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham e’tibor beriladi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o‘z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish matbubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy tomorqa xo‘jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklami oladi. Shu sababli «O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki,
jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy me`zoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. Mulkchilikning turli hildagi shakllari mavjud:(2-rasm)