1I-22 guruh talabasi Mamadaminov Bekzodning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


O`zbekistonda iqtisodiy lslohotlarning natijasida mulkchilik shakllari tarkibining o`zgarishi



Yüklə 461,73 Kb.
səhifə8/10
tarix13.12.2023
ölçüsü461,73 Kb.
#176129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bekzodjon kurs ishi

3. O`zbekistonda iqtisodiy lslohotlarning natijasida mulkchilik shakllari tarkibining o`zgarishi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo`lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunida (1991-yil 19-noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: “Davlat tasarrufidan chiqarish davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyador jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob`ektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir. Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish, mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish, mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish, ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish, davlat mol-mulkini auksionlarda kirishi oshdi savdosi orqali sotish va h.k”. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish. О`zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me’yorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.

3-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirish4
Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, y opiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalaming nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektorlami, ayrim korxonalami saqlab turishni va mablag‘ bilan ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995-yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik kor-xonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ulaming aksiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.

4-rasm. Davlat tasarrufidan chiqarish yo`llari5
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ulaming bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘lami ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalami tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalami va past likvidli ob`ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari ta`sdiqlandi. Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, 2004-2015-yillar davomida 5531 ta davlat ob`ekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag‘larning jami hajmi 836,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. Bu xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir”.Qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-joy fondi to‘liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o‘tkazildi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to‘qimachilik, charm-poyabzal, mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi. Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rol o'ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari ma’lum darajada saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob`ektlari va subyektlari bo‘lishini shart qilib belgilab qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob`ektlaridir. Mulk ob`ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob`ektida asosiy bo‘g‘in bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilaming ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi.Shunga mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk subyekti jamiyatda ma’Ium ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘Igan, mulk ob`ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘Iadi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Mulk ob`ektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari - bu mulk ob`ektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin (5-rasm).


Yüklə 461,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin