1I-22 guruh talabasi Mamadaminov Bekzodning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan



Yüklə 461,73 Kb.
səhifə7/10
tarix13.12.2023
ölçüsü461,73 Kb.
#176129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bekzodjon kurs ishi

Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o‘z ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari asosida ko‘payadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ulaming ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asoslanadi. Shaxsiy mulk ob`ektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. « O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fiiqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk - bir shaxsga jumladan, tadbirkorga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga qaratilgan mulkdir. Bu yerda mulk egasi bilan tadbirkorni bir xil qarash kerak emas. Mulk egasi o‘z mulkini o‘zi yuritishi ham mumkin, uni tadbirkorga ijaraga berishi ham mumkin. Agar mulk egasi o‘z mulkini o‘zi yuritsa, u bir vaqtning o‘zida ham mulk egasi ham tadbirkor sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda) “Xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir” deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. Xususiy mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga mas’uliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi, ko‘payishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning aralashib, birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob`ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi. Shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida nodavlat sektorining ulushi ham sezilarli darajada oshib bormoqda. 2020-yilda ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha 14,8 foizi davlat mulkiga asoslangan korxonalardan iborat bo‘lsa, 85,2 foizi nodavlat mulkiga asoslanadi, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlaming esa 16,3 foizi davlat mulkiga asoslansa, 83,7 foizi nodavlat mulkiga asoslangan holda faoliyat yuritmoqda. 2021-yilda esa mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 15 foizi davlat mulki asosida, 84 foizi esa nodavlat mulki asosida ishlamoqda.Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi: birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rol o'ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi; ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSH iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. Bu yerda shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodi-yoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlami qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.



Yüklə 461,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin