Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi fayllar org2222
2 Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o’yinlari bo’lgan. Paleolit davri boysun tog’idagi teshiktosh g’oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o’rta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqand- dagi Omonqo’ton qishlog’idagi g’ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryo- ning Zarautsoy kamarida alvon rangdagi suratlar, Xo’jakent qishlog’idagi toshlarga chizilgan kiyik hamda ho’kiz tasviri va boshqa ko’pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, jumladan, bola- lar folklor o’yinlarining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug’ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot olami va tabiat bilan bog’liq marosimlari aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko’zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va e’tiqodlarini etnografiq hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Farg’onaning Soymalitosh tog’i g’orlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II—I asrlar) hayvon terisini yopinib, o’yinga tushayotgan shikor marosimlaridan dalolat beradi.