BobXarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi, tushunchasi, davrlari va
pedagogik ahamiyati.
Reja
1.1 Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi.
1.2.Xarakatli o’yinlarning bolani har tomonlama tarbiyalash vositasi
sifatidagi ahamiyati.
1.3.Zamonaviy milliy harakatli o’yinlarning turkumlari.
Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi
O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o’yinlari
bo’lgan. Paleolit davri boysun tog’idagi teshiktosh g’oridan bundan yuz ming
burungi pespertol (o’rta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqand- dagi
Omonqo’ton qishlog’idagi g’ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryo- ning
Zarautsoy kamarida alvon rangdagi suratlar, Xo’jakent qishlog’idagi toshlarga
chizilgan kiyik hamda ho’kiz tasviri va boshqa ko’pgina arxeologik topilmalar va
ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, jumladan, bola- lar folklor o’yinlarining
eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning
tug’ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy
kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot olami va tabiat bilan bog’liq marosimlari
aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan, ov
jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko’zlasa, ikkinchi jihatdan,
ularning tushuncha va e’tiqodlarini etnografiq hamda urf-odatlari, qadriyatlarini
ham ifoda etadi. Farg’onaning Soymalitosh tog’i g’orlariga chizilgan rasmlar
(eramizdan oldingi II—I asrlar) hayvon terisini yopinib, o’yinga tushayotgan
shikor marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar to’dasiga yaqinlashish uchun
ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa
ularning o’ziga xos xususiyatlarini, yurishturishlarini, o’t-o’lanlar bilan
oziqlanishlarini, bir-birlari bilan olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto
tovushlarini ham o’rganishga to’g’ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov
qilish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bo’lishini,
buning uchun doim tinimsiz shug’ullana borishini talab qilardi. Bularning
hammasini o’z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy-ritmik yoki tabiat hodisalariga
taqlid qiluvchi pantomima harakat va o’yinlar, qahramonlik raqslarining
tug’ilishiga olib kelar edi. tog’ qoyalari va g’orlarda chizilgan suratlardagi o’yin
tasviri mazmun-ma’no va shakl-shamoyil jihatdan turli xarakterga ega. Ayrimlari
ov va mehnat jarayonini, ba’zilari esa tabiat hodisalariga taqlid shaklida,
boshqalari jangovarlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pantomima san’atini
eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqinli betartib o’yinlar bora-bora musiqaviy ohang
9
pantomima hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi
davrlarda, bunday etnografik talqindagi o’yinlar turli shakllarga ko’chib «Ayiq
o’yini», «Dev o’yini», «Maymun o’yini», so’ngra «Pishiq o’yin», «Ot o’yini»,
«Yumronqoziq o’yini», «Echki o’yini», «Bo’ri o’yini», «Kaltak o’yini», «Burgut
o’yini», «It o’yini (irillatar o’yini)», «Quyon o’yini», «Tulki o’yini», «Jak-jaku
o’yini» qabi ko’pgina o’yinlar, pantomimalari avloddan-avlodga o’tib kelayotgani
ma’lum. Ular bevosita yoxud bilvosita bolalar folklor o’yinlariga aloqadordir. Shu
tariqa «o’yin» so’zi turkiy xalqlarning o’ynamoq so’zi bilan bog’liq holda (uy, aql,
hiqmat ma’nolarini beradi). aql fahmni, harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda
etmoqlik esa o’yinlarning dunyoga kelishida muhimdir.O’zbek an’anaviy bolalar
folklor o’yinlarining mavzu qamrovi va ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot,
kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yo’qki, ular o’yinlar nazariga
tushmagan bo’lsin. xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik,
polizchilik madaniyati deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy,
estetik, axloqiy yoxud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi-barchasi an’anaviy o’yinlarga mavzudir. Xususan, o’zbek bolalar folklor o’yinlari
boshdan-oyoq ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy tushunchalar bilan yo’g’rilgan.
Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o’tgan tarixiy yo’lida, tajriba-sinovlar dan
qayta-qayta o’tib, yaxlit va mukammal holga kelib, bizgacha etib kelgan bolalar
folklor o’yinlarining mazmun yo’nalishiga qarab quyidagicha turlarga bo’lish
mumkin:
1.Mavsumiy bolalar folklor o’yinlari: ilk bahor, yoz, qish mavsumlarida
o’ynaladigan folklor o’yinlar.
2.Marosim bolalar folklor o’yinlari: rasm-rusumlar, odatlar, marosimlar, an’anaviy
bayramlarda o’ynaladigan o’yinlar.
3. Mehnat bilan bog’liq bolalar folklor o’yinlari: «erni tobiga kelti- rish, haydash»,
«ekin ekish», «qovun-qovun», «o’rik qoqish», «qovun sayli», «yanchiq», «xo’sh-
10
xo’sh», «churey-churey», «sigir sog’di», «tuya qaytarish», «ot sug’orish» va
boshqalar.
4.Oilaviy-maishiy bolalar folklor o’yinlari: «mehmon-mehmon», «kelin tushirish»,
«kelin-kuyov», «ona bola», «ovqat pishirish», «uy jihozlash», «qo’g’irchoq
o’yini», «non yopish», «er-xotin», «alla-alla», «beshik bezash», «beshikka belash»
va boshqalar.
5.Jismoniy harakatli bolalar folklor o’yinlari: «quvlashmachoq», «kes-kes»,
«ko’rpa yopildi», «ziyrak», «g’oz-g’oz», «koptokni quvib et», «oq suyak», «to’p-tosh», «sinish», «chiqildoq», «chopish», «zuv-zuv», «oq terakmi-ko’k terak»,
«eshak mindi», «lanka», «ot o’yini», «qiz quvdi» va boshqalar.
6.Mantiqiy bolalar folklor o’yinlari: tez aytishlar, topishmoqni topish o’yinlari,
aytishuvlar, savol-javoblar, o’ylab top, xotirani tiklash o’yinlari, chamalashlar va
boshqalar.
7.Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog’liq bolalar folklor o’yinlari.
8. Ermak bolalar folklor o’yinlari.
9. Musiqa o’yinlari.
Xalq o’yinlari, jumladan, bolalar folklor o’yinlari, eng qadim zamonlardan boshlab
xalq hayoti tarzini, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tayyorgarligini, estetik
dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu kungacha rivojlanib, mazmun-maqsadiga ko’ra teranlashib bizga etib kelgandir. Boshqa san’at turlaridan farqli
o’laroq, o’yinlarda xalq ruhiyati, psixologiyasi, yosh avlod tarbiyasiga bo’lgan
munosabatida yorqin aks etadi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, kechki paleolit davrida (taxminan miloddan
40-41 ming yil ilgari) er yuzining shimolida totemga oid mehnat taqsimotining
vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va
dehqonchilikka o’tishi(bu jarayon o’rta osiyoda miloddan oldingi III ming yillik
11
oxiri II ming yillik boshlariga to’g’ri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat,
marosim va o’yinlarni vujudga keltira boshladi. Ma’lumki, dehqonlarning hayotida
eng quvonchli voqea bu hosilni yig’ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko’rish
jarayoni bo’lgan. Yil bo’yi kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram
kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday ko’tarinki kayfiyatni harakatlarda aks
ettirish maqsadida kishilar o’yinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, “mehnat
o’yinlari” yaxshi kayfiyat bilan keng ma’noda aytilganda bayram ruhiyatini
vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o’troq dehqonchilikning vujudga
kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish,
kuzda hosilning yig’ib olish yakuniga bag’ishlangan bayramlar va o’yinlar shu
tariqa yuzaga kelib, ular yillar o’tishi bilan an’anaga aylana boshlagan. Demak,
insonning «birinchi kasbi»-ovchilik asosida-“ovchilik o’yinlari” vujudga kelgan
bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shug’ullanishi natijasida “mehnat
o’yinlari” shakllanib, yangi mehnat o’yinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan.
Abu Rayhon Beruniyning «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari
muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa navro’z bayrami kunlarida har xil musobaqalar va
o’yinlar «ko’pkari», «kurash», «ekin ekish», «xo’rozlar jangi», poyga bayramning
ko’rki sanalgan. Shu bilan birga bedana, xo’roz, qo’chqor urishtirish o’yinlari ham
o’tkazilgan.Shuning uchun xalq o’yinlarining dastlabki namunalari insoniyat ongi
va tafakkuri bilan bog’liqdir. Uning paydo bo’lishida o’sha davr shart-sharoitlari,
odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf-odat va marosimlari asosiy
rol o’ynagan. Avvalo oddiy og’zaki bayonning dastlabki namunalari paydo
bo’lgan. Ular nihoyatda sodda bo’lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning
bayonidan iborat bo’lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va
hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.Jahonga mashhur
bo’lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk namoyandalaridan biri Abu ali Ibn Sino
tibbiyotda jismoniy mashqlarning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o’sha
vaqtlardayoq xalq milliy o’yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib
qoldirgan. masalan, u quyidagi o’yinlarni:«Yoydan o’q otish»,“Kichik qurollar
12
bilan chavgon o’yinlari”,“Bir oyoqda sakrash”,“Yuqoridagi bir narsaga irg’ib
osilish”,“Nayza otish”, “Tosh ko’tarish” va shunga o’xshash o’yinlarni yozib
qoldirgan. Unga tevrak-atrofidagi shaxslar sen bilimdon va aqlli, o’zing bolalarga
har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan o’ynaysan, deganlar, Ibn Sino
bunday tanqidiy mulohazaga: «Inson hayotining har bir davri o’zining go’zalligiga
ega. Bolalikning xususiyati esa o’yin, deb javob bergan edi.
Harakatli o’yin haqida asosiy tushuncha.
O’yin - tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga
xosdir. O’yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan
bolalar o’yinlari, stol o’yini, doira bo’lib o’ynaladigan o’yin, harakatli o’yinlar,
sport o’yinlari. O’yin o’z-o’zini bilish vositasi, o’yin-kulgi, dam olish, jismoniy va
umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo’lishi mumkin.O’yin madaniyati
elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlari va kishilarning har xil
ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o’yin-kulgi, dam olishda, ma’naviy, aqliy va jismoniy
kuchni rivojlanishida katta o’rin egallaydi.O’yin - juda ham quvnoq jo’shqin
faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda
katta boylik kasb etadi. O’yinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa
o’smirlar va bolalar o’rtasida eng keng tarqalgani bu haraqatli o’yinlardir. Ular esa
ushbu o’quv qo’llanma fanining asosi hisoblanadi.
Harakatli o’yinlarning o’ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning
rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to’pni
uzatish va ilib olish, qarshilik ko’rsatish va boshqalar). Bu o’yinlar harakatlanish
va uning mazmunini (mavzu, g’oyasi) asoslab beradi. U o’yinda qo’yilgan
maqsadga erishish yo’lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to’siqlarni engib o’tishiga
yo’naltiriladi.Harakatli o’yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) harakatli
o’yinlar va sport o’yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o’yinlar
o’ynovchilarning o’zlarini ixtiyoriy ravishda o’rnatilgan maqsadga shartli ravishda
erishishga yo’naltirilgan, o’zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini
mujassamlashtirgan bo’ladi. O’ynovchilarning maqsadga erishishida faol
13
harakatlantiruvchi harakat talab qiladi, uni bajarishi o’ynovchilarni o’zlarining ijod
qilishiga va tashabbuskorligiga bog’liqdir (nishonga tezda yugurib borish,
nishonga tez otish, raqibia tez va epchillik bilan etib olish yoki undan o’zib ketish
va hokazo). Harakatli o’yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o’yinlaridan farqli
o’laroq, harakatli o’yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan
holda o’zgartirish qiritish mumkin. O’yin qoidasi maqsadga erishish yo’lida
o’yindagi qiyinchiliqlarni va to’siqlarning xarakterini aniqlaydi. Haqiqatan ham
harakatli o’yinlar o’yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi.
Shuning uchun o’yin qoidasi o’yin qatnashchilari va rahbarlarning (o’qituvchilar)
o’zlari o’tkazilayotgan o’yinning sharoitiga qarab uni o’zgartirib boradilar. Chunki
unda o’ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta-kichikligi
belgilanmagan bo’ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o’zgartirib turiladi
(bulava yoqi kegli, voleybol yoki oddiy to’p, kichik koptoklar yoki qum solingan
xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo).Sport o’yinlari - bu
harakatli o’yinlarning eng yuqori bosqichidir. Bunda o’yin qoidasi qat’iy
belgilangan bo’lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport
o’yinining o’ziga xosligi o’yin jarayonida ma’lum taktikada o’zini tutishi va
murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. ,Bu esa o’yin qatnashchilaridan maxsus
tayyorgarlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport o’yini belgilangan
o’yinchilarning soniga, maydon o’lchamlari va asbob - anjomlariga ega
bo’ladi.Ayrim sport o’yinlarida ba’zi o’yinchilarda mutaxassisligi bo’lishi zarurdir
(hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o’yinlarining u yoki bu o’yinida
qat’iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qiladi. Ayrim sport
o’yinlarida o’yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o’quvchilar
yoki kattalar, erkaklar yoki o’smir qizlar) o’zgartirilishi mumkin. Sport o’yinlari
sport turi hisoblanadi. Bular bo’yicha har xil darajadagi musobaqalar o’tkaziladi.
Natijada sport o’yinlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi
o’yinchilarga sport razryadlari va unvonlar beriladi.
14
Ayrim harakatli o’yinlar (masalan, «Lapta», «Voleybol» va hoqazo)
mashg’ulotning maqsadi, ko’rsatmasi va uni tashqil qilish usullariga bog’liq holda,
ayrim holatlarda haqiqatan ham o’zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari)
o’yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o’yinlari sifatida o’tkaziladi. masalan,
o’yin qatnashchilari tasodifan yig’ilib qolganda (dam olish o’yinlarida, sayllarda)
ular haqiqatan ham harakatli o’yin xarakteriga ega bo’ladi.Harakatli o’yinlardan
yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida
foydalaniladi, shuningdek, sport o’yinlariga va boshqa sport turlariga hamda
«alpomish» va «barchinoy» test me’yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi
bo’lib ham hisoblanadi.
Jamoa bo’lib o’ynaladigan (guruh) harakatli o’yinlar alohida pedagogik
ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ularda o’ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar,
bo’limlar va sport sekstiyasida shug’ullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bo’lib o’y
naladigan harakatli o’yinlarda har doim musobaqalashish elementi o’ziga xos
bo’lib (har bir kishi o’zi uchun yoqi har bir kishi o’z jamoasi uchun), shuningdek,
belgilangan maqsadga erishishida, qiziqishni uyg’otishda bir-biriga yordam berish
va o’zaro yordamdan iborat bo’ladi. Jamoa o’yinlarining o’ziga xosligi shundan
iboratki, o’yinda hamma vaqt holatni o’zgarib turishi, o’yin chilardan tezlik
reakstiyasi talab qilinadigan bo’ladi. Shuning uchun o’yin jarayonida o’zaro
munosabat har doim o’zgarib turadi: har bir kishi o’zi uchun yoki o’zining jamoasi
uchun «raqiblari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi.Harakatli
o’yinlar bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi. Ular alohida o’yinlar bo’yicha
o’tkazilishi mumkin, o’yinga qo’yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil
yoshdagi o’quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq
haraqatli o’yinlar majmuasi bo’yicha musobaqa o’tkazishning pedagogik ahamiyati
shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam
beradigan turli-tuman o’yinlar kiritiladi. Harakatli o’yin majmuasi bo’yicha
o’tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o’smirlar, yoshlar va kattalar
qatnashishlari mumkin, biroq o’yindagi vazifa har xil bo’lishi mumkin.Har bir
15
harakatli o’yin o’zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir.
Harakatli o’yinlarning mazmuni quyidagilardan iborat: mavzu yoki mazmun
(ifodali yoki shartli o’ylab qo’yilgan ish, o’yin rejasi) maqsadga erishish uchun
o’yinga kiradigan harakat va qoidalar. Harakatli o’yinlarning shakli qo’yilgan
maqsadga erishish usullarini keng tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi, o’yin
qatnashchilarining harakatini tashqil qilishdan iborat. O’yin qatnashchilari bir xil
o’yinlarda o’zining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoqi guruh bo’lib
harakat qiladilar, boshqalarida esa o’zlarining jamoalari qiziqishlarini himoya
qiladilar. shuningdek, o’yin uchun o’ynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda
(sochilib yoki tarqalib, doirada, safda, qatorda) turadilar.
O’yin shakli mazmuni bilan bog’liq ravishda kelib chiqadi. O’yinning
metodik jihatdan o’ziga xos xususiyati uning mazmuni va shakliga bog’liqdir.
harakatli o’yinlar metodik jihatdan o’ziga xos bo’ladi:
a) Jonliligi;
b) Chegaralangan qoida bo’yicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish;
d) Qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat qilish;
e) O’yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmuni, muvofiqligi, o’yin
qatnashchilarini jamoadagi ma’lum darajadagi o’zaro munosabati o’rnatiladi;
f) To’satdan o’yinda o’zgarib qolish holati, bu esa o’yinchilardan
tashabbuskorlikni, tez reakstiyani talab qiladi;
g) O’yindagi musobaqa elementlari o’yinda jo’shqinliqni (emostionallik) oshiradi
va kuchni to’liq sarf qilishni talab qiladi;
h) O’yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi
tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qo’ymoq esa yuqori darajadagi
jo’shqinlik tonusini yaratadi.
16
O’yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o’zgartirilgan sharoitda harakatni
kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi.Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya
va o’yin metodi vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda
tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli o’yinlarda gimnastika,
engil atletika, chang’i va boshqa sport turlari mashg’ulotlarida alohida malaka,
ko’nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahqamlaydi va takomillashtiradi.
-jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida
-jismoniy madaniyat va sport harakati hamda
-jismoniy tarbiya vositalarini maxsus tizimlar
-turkumi deb ishlatiladi.jismoniy tarbiya
Tizimining muhim bosqichlaridan biri jismoniy vositalardir. Ularning
tarkibiy qismi esa gimnastika, sport turlari, harakatli o’yinlar va tabiatning
sog’lomlashtiruvchi quyosh, havo, suv, gigienik omillar ta’sir kuchlaridan iborat.
Ko’rinib turibdiki, harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya tizimining muhim
yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Harakatli o’yinlar mazmun va shakl
jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Jamoali komanda o’yinlar.
2. Ommaviy ko’pchilik birgalikda o’ynaydigan o’yinlar.
3. Yakka yoki juft tartibdagi o’yinlar.
4. Estafetali o’yinlar.
Jamoali komanda o’yinlari ikki yoki undan ortiq jamoalar guruhlar ishtirok
etadi. Masalan:“Oq terakmi, ko’k terak”; “Kartoshka ekish”.Ommaviy harakatli
o’yinlarda barcha qatnashchilar baravariga o’yinda ishtirok etadi. masalan:
“Yomg’ir”, “Kalhat keldi qoch bolam”, va hokozo.Yakka yoki juft bo’lib
o’ynaydigan harakatli o’yinlarda bir yoki ikkita qanashchi ishtirok etadi: masalan:
“Mushuk va sichqon” , “Xo’rozlar jangi”, “Elka urishtirish” va hokozo.
Estafetali harakatli o’yinlar ham jamoali, umumiy va yakka juft tartibda
bo’lishi mumkin. Masalan: jismoniy tarbiya tizimida mashqlar va harakatli
o’yinlarni yoshlarga o’rgatadigan umumiy va maxsus tamoyillar prinstiplar va
17
usullar mavjud, ya’ni shug’ullanuvchilarning yoshi jismoniy tayyorgarligi va
jinsiga qarab o’yinlar turkumi belgilanadi. Umumta’lim maktablarning jismoniy
tarbiya dasturida milliy harakatli o’yinlar sinflarga 1-4,5-7,8-9,10-11 qarab
aniqlangan. Chunki, ta’kidlanganidek o’yinlar bolalarning yoshiga qarab
o’rgatiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan harakatli o’yinlar
yuqori sinf o’quvchilari uchun o’ta oson va uncha qiziqarli bo’lmaydi. Yuqori
sinflar uchun belgilangan o’yinlar esa quyi sinf o’quvchilari uchun qiyin bo’ladi.
Bunday holatlar akademik listeylar, o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari va oliy
o’quv yurtlarida qo’llanilmasada, lekin o’yinlar ularning bo’lajak kasb-hunarlariga
moslashtirilishi lozim. Masalan: qishlok va suv xo’jaligi tizimidagi bo’lajak
mutaxassislarga chorva soxasi ham, piyoda ko’pkari, eshak mindi, cho’pon, poda
to’p, kurash, piyoda poyga, to’pli estafetalar va shunga o’xshash o’yinlar
qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya
darslari, sport mashg’ulotlari, turli xil sport musobaqalari jarayonlaridagi harakatli
o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishga maxsus tayyorgarliklar talab etiladi.
Ayniqsa o’qituvchi tashkilotchi, turli xil sport musobaqalari o’yinlarini mukammal
bilishi, uning turli variantlarini qo’llashi lozim. Harakatli o’yinlar uchun eng
avvalo sharoitlarni vaqt, joy, qizikishini, hisobga olishi zarurdir. Keng va toza
joylar maydonlardagi harakatli o’yinlarni uyushtirish ancha qulayliklar yaratadi.
Ayniqsa shug’ullanuvchilarning erkin yugurishi, sakrashi va turli harakatlarni
mustaqil ravishda bajarishlari, quvnab, xursand bo’lib o’ynashlari uchun
imkoniyatlar bo’ladi.Darsdan tashqari katta tanaffus, uy sharoti, ko’cha, maydon
va h.k, vaqtlarda tashkil etiladigan harakatli o’yinlarni bajarishda ham yuqorida
ta’kidlangan,talabalar amalga oshiriladi. Aks xolda kichik va katta yoshdagi
bolalarning aralashib o’ynashlari janjal, yig’i, jaraohatlarni keltirib chiqarishi yoki
yuqumli kasalliklarga duchor bo’lish hollari yuzaga kelishi mumkin.
Jismoniy madaniyat va sport harakatida jismoniy tarbiya tizimining
tarmoqlari juda ko’p. Aholi istiqomat joylari, dam olish va ko’ngil ochish istirohat
bog’lari, yozgi dam olish va sog’lomlashtirish oromgohlari, talabalarning yozgi
18
sport maskanlari, shifoxonalar va sanatoriyalardagi shular jumlasidan hisoblanadi.
E’tirof etish mumkinki, mazkur maskanlarda ommaviy tashkil etiladigan ommaviy
sog’lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat va sport tadbirlari mazmunida milliy
harakatli o’yinlar salmoqli o’rin tutadi.Milliy harakatli o’yinlarsiz bironta ham
sport mashg’ulotlari o’tkazilmaydi, deyish mumkin. hatto oliy ligadagi
futbolchilar, volleybolchilar va boshqa sport turlarida shug’ullanuvchi mohir
sportchilar ham mashg’ulotlarda va yakka tartibda o’zlariga xos bo’lgan harakatli
o’yinlarni bajarishadi. Buning boisi shundaki, harakatli o’yinlar gavda mushak
chigallarini yozish razminka, ko’ngil ochish, kulish, xursand bo’lish va h.k va
jismoniy sifatlarni tayyorlashda maxsus yoki umumiy mashq o’yin sifatida xizmat
qiladi.
Jismoniy tarbiya tizimida oila va bog’chalarda harakatli o’yinlarni tashkil qilishga
alohida e’tibor berildi. oilada bola tug’ilgan kundan boshlab, uni sog’lom o’sishi
uchun bor imkoniyatlar ishga solinadi. Ovozli shaqillovchi o’yinchoqlar va
hayvonlar shaklidagi o’yinchoqlar mushuk, qo’y, it bolasi, ayiq turli parrandalar,
mashinalar, to’plar va h.k bolalarning harakat qilishi, emaklashi va asta-sekin turib
yurishlariga sabab bo’ladi. Yura boshlagan bolalarni to’p bilan o’ynatish ulardagi
barcha tabiiy maxsus harakatlarni ixcham, tez bajarishga etaklaydi. Asta-sekin
yosh bolalar 3-5 yoshda o’zlari o’rgangan va ko’cha maydonlarida o’ynagan
bolalarning harakatlari qiyin va qizikarli o’yinlarini mustaqil ravishda bajarib
olishadi. Umuman olganda oila sharoitida o’rgangan harakatli o’yinlar bolalar
hayoti va xotirasida uzoq vaqtlar davom etadi, ularni takomillashtiradi.Jismoniy
tarbiya, jismoniy ta’lim tizimida maktab yoshigacha bolalar muassasalari
mashqlar, harakatli o’yinlar eng zarur va qiziqarli jarayondir.Bog’chalarda
jismoniy tarbiya ishlari bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilib, bolalarning
yoshiga 1-3,4-6 qarab turli mashqlarni o’yin sifatida o’tkaziladi. kichik yoshdagi
bolalar uchun asosan sayr, o’yinchoqlar bilan mashg’ulot o’tkazilsa, katta yoshdagi
bog’cha bolalari bilan esa, to’p o’yinlari, estafeta, osilib chiqish, oshib tushish kabi
o’yinlar ko’p qo’llaniladi.
19
Harakatli o’yinlarning eng muhim xususiyatlari shundaki, eng kichik
yoshdagi bolalar gapirishi, yangi so’zlarni o’rganishi hamda boshlang’ich sinf
o’quvchilarining nutqini o’stirishga xizmat kiladi. shuningdek, o’yinlar mazmunida
axloqiy tarbiya, musiqani sevish ruhiy xolatlarni yaxshilash, muvozanatlarni
saqlash kabi fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan bo’ladi. Qaysi yoshdagi bolalar
bo’lmasin va kanday o’yinlar qo’llanilmasin ularni mazmun va maqsadlari gavdani
to’g’ri o’stirish, harakatchanlik tezlikni tarbiyalash, sog’ o’sish va chiniqishga
qaratiladi. Bunday o’yinlar hayotiy ehtiyoj mashqlari yurish, yugurish sakrash,
uloqtirish,osilish, suzish va h.k hisoblanib, ularning ko’pchiligi ijodiy fikrlash va
amalda qo’llashni talab etadi.
Jismoniy tarbiya tizimida amaliy-kasbiy jismoniy tarbiya muhim o’rin
egallaydi. O’t o’chiruvchilar, harbiy xizmatchilar ularning tarkibi va tarmog’i, tez
yordam ko’rsatuvchilar hayotida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik muhim
omillardan hisoblanadi. ularning kasbiy jismoniy mehnatlari va ish faoliyatlarida
harakatli o’yinlar musobaqa shaklida asosiy o’rinda turadi. masalan: suv sepish, o’t
o’chirish asboblari , narvon va boshqa zaruriy texnik vositalarni manzilga etkazish,
ko’p qavatli uylarga chiqish kabi maxsus harakatlarni o’rgatishda eng avvalo o’yin
musobaqa estafeta shaklida o’tkaziladi. O’zbekiston mustakilligi yillari davrida
jismoniy madaniyat va sportning tarmoqlari ancha kuchaymoqda. buni nogironlar
sporti, davolash muassasalari hamda sog’lomlashtirish markazlaridagi jismoniy
tarbiya trenajyorlar misolida ko’rish mumkin. ularning mazmunida maxsus sport
turlari, xilma-xil mashqlar, uqalash va boshqa amallar qatorida harakatli o’yinlar
ham o’rin olib, ulardan maqsadli foydalanilmoqda.
1.2. Harakatli o’yinlar bolani har tomonlama tarbiyalash vositasi
sifatidagi ahamiyati.
O’yin faoliyati qaysi formada ifodalanmasin bolani quvontiradi, harakatli
o’yin favqulodda xursandchilikning xilma-xil momentlari bilan, aynisa ijobiy
hislar o’yg’otinishiga xizmat qiladi. Ulkan tarbiyaviy kuch ana shu quvonchli
20
emostiyalar manbaidir. O’yinlarning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning
tarbiyasidagi katta ahamiyati haqida N. K. Krupskaya qayta-qayta gapirgan edi.
«Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun o’yin katta ahamiyatga ega: o’yin
ular uchun tarbiyaning jiddiy formasidir». N. K. Krupskaya fikrlarida o’yinning
jismoniy kamolatdagi ahamiyati haqida ham gapiriladi. «Jismoniy chiniqtiradigan
mehnat ko’nikmalarini rivojlantiradigan» ko’z mo’ljalini yaxshilaydigan,
chaqqonlikni o’stiradigan ko’plab milliy o’yinlar mavjud. Chaqqonlik kuchini
nishonga tekkizishni o’stiradigan va mehnatga ulkan ahamiyatga ega bo’lgan
shunga o’xshash barcha narsalarni maktabgacha tarbiya muassalarida qo’llash
favuqlotda muhimdir.Milliy harakatli o’yinlar rolining muhumligi ular
tematikasining mazmunini sinchiklab analiz qilish va shunga muvofiq turli
yoshdagi bolalar uchun tanlashni talab etadi.
Har qanday o’yin hoh u ijodiy didaktik musiqani shuningdek bo’lmasini
bolalarning atrof muhitni bilishda o’ziga xos vosita bo’lib hisoblanadi. Harakatli
o’yinlar mazmunida bola dunyo qarashini kengaytiruvchi va tasavvurini
aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud. Syujetli o’yinlar tematikasini
odamlar hayoti tabiat hodisalari hayvonlar odatlariga oid ayrim epizodlar tashkil
etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos shartli o’yin formasida aks
ettiriladi. («Sayohatchilar», «Uchuvchilar», «G’ozlar oqqushlar» «Lochin va kurk
tovuq» va boshqalar) biroq bola tashqi dunyoni to’g’ri idrok qilishi uchun
(o’yinning barcha shartlariga rioya qilgan holda) obzorning to’g’ri xarakateristikasi
va haqqoniyligi o’yin vaziyatini bilishi zarur. Bu pedagogik tomonidan o’yinni
tushuntirishda emostional tarzda bayon etiladi. Xalq o’yinlarni buning ajoyib
namunasi hisoblanadi. Ulardagi o’yin vaziyati bolalarni qizitiradi va tarbiyalaydi,
ba’zi o’yinlarda uchraydigan biologlar personajlar va ular harakatlarini bevosita
xarakterlaydi. («Lochin va kurk tovuq», «G’ozlar oqqushlar» va boshqalar)
syujetga ega bo’lmagan va faqat muayyan o’yin topshiriqlaridan tuzilgan
o’yinlarda ham bolaning sensor qobiliyatini tafakkurini mo’ljal olinishi
rivojlantirishning yordam beruvchi ko’plab bilish meteriali mavjud. «Kim o’zar»,
21
«To’p maktabi» va boshqalar. Qoidalar tarbiyaviy ahamiyatga molik ular
o’yinning borishini belgilaydi. Bolalar harakat faoliyatini ularning hatti harakati
o’zaro munosabatalarining yo’lga soladi. Axloqiy-irodaviy sifatlarini tarbiyalashga
yordam beradi. Bunda bola o’yinga tegishli rahbarlik qilinganda o’ziga hosil
qilingan sifatlarni namoyon qilmasdan turolmaydi. Masalan bolalar «ayyor tulki»
o’yinda faqat tulki «Men shu erdaman» deganidan so’nggina doiradan chiqib turli
tomonlarga qochishlar mumkin. Bu qoida bolalarda diqqatni o’zini tuta bilishini,
chidamlikni, berilgan signalga tezkor reakstiyani fazoda mo’ljal olishni hosil
qiladi. Qoidalarni og’ishmay bajarishni talab qilishni maqsadga erishishdagi
egaistik emulstiyalar engishga yordam beradi. «Qoida bola hatti harakatini jamoa
talabiga muvofiq boshqaradigan va yo’naltiradigan birinchi sostilar stimul
hisoblanadi. O’yinlarda teran xissiyot o’rtoqlik va mehr-muxabbatning dastlabki
nishonalari paydo bo’ladi. kichik guruhlarda foydaliroq bolalar tomonidan o’yin
rivojlanishi davomida yuzaga keladigan majburiy zarur javob harakati sifatida
idrok qilinadi. (quyonchalar ayiq paydo bo’lishi bilan bo’talar orasiga qochib
ketadilar, chumchuqlar avtomobil ko’rinishi bilan yo’ldan uchib qochadilar)
bolalar uyin qoidalari bilan hali «qonun» sifatilarini anglamasdan turib hozir
javoblikka o’rganadilar bir tomonidan o’yin syujetiga ko’ra (quyonchalar ayiqdan
qo’rqadilar) ikkinchi tomonidan muayan signalaga nisbatan hosil qilingan shartli
refleksga ko’ra xarakat qiladilar.L.F.Artemova ma’lumotlariga qaraganda katta
guruhlarga va ularni bajarishgan ongli munosabat bolalarda asta sekin hosil buladi.
Bolalar dastlab qoidalarni pedagogik raxbarligida, keyinchalik bolalar jamoaining
qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan ayrim a’zolari ta’siri ostida asta-sekin va turli vaqtda hosil bo’ladi. Bolalar dastlab qoidalarni pedagog rahbarligida
keyinchalik bolalar jamoaining qoidalarining ijtimoiy axamiyatini angalagan ayrim
a’zolari ta’siri ostida bajaradilar. Nihoyat qoidalar bolalarning ijtimoiy xulqi-atvori
normalarini bevosita belgilovchi omilgan aylanadilar.Dastlab bolalar ayrim
vazifalarini tezroq bajarish payida bo’lib qoidalari unitib qo’yadilar. Bundan
tashqari yutuqqa va bunga eng oson yo’l bilan erishishga intilish ham qoidani
22
buzishga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida o’yinchilarda norozilik uyg’otadi,
ziddiyat tug’diradi va bolalar o’rtasidagi munosabatni yomonlashtiradi.
Har bir bolaning o’yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishida kattalarni
talabi hal qiluvchi ahamiyatgan ega bo’ladi. Asta-sekin tarbiyaviy ta’sir qilish
tufayli bolalarning o’yin jarayonida munosabati o’zgara boshlaydi. O’yin
harakatlari va qoidalarni bir muncha aniq bajarishga qiziqish va intilish paydo
bo’ladi. O’yin qoidalarni bajarmaslik sabablari xam o’zgaradi endi bolalar ularni
atayin emas tasodifan buzadilar va shu zahoti yo’l qo’yilgan xatoni tuzatishga
harakat qiladigan bo’ladilar. Bolalarni qoidalarni ijtimoiy ahamiyatini anglashga
sistemali chidam bilan tayyorlaydigan tarbiyachi rahbarligida ular halollik
adolatlik, botirlik o’zini tuta bilash qatiyatlik, iroda kabi yaxshi sifatlarni
shakkllantirishning samaralari vositasiga aylanadi. «Bola tomonidan asta sekin
o’zlashtiradigan bunday hayotiy muhim axloqiy sifatlar bola shaxsining ichki
ma’naviy mulkiga aylanadi». Bularning hammasi qoidalarai o’yinlarning bolalarni
axloqiy tarbiyalashni ta’sirchan vositalarning biri sifatida belgilashga asos bo’lib
xizmat qiladi.O’yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur
tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi o’yinlar
ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam
beradi. shunday qilib milliy harakatli o’yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga
yordam beradi.
Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli emostional
metodika katta ahamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uyg’otadi xayolni jalb
qiladi. qiyin harakatalarni ijodiy bajarishga undaydi. Psixologlar tadqiqotlari shuni
ko’rsatadiki bola uyin faoliyati tufayli fazo va predmet voqeyligini amalga
o’zlashtiradi. Shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizimining o’zi ham juda
takomillashadi. O’yinda fazoni idrok etish o’zining asosiy shakllarida namoyon
bo’ladi. Bevosita xissiy bilish sensor (xissiy-obrazli) va bilvosita (mantiqiy
tafakkur, tushuncha) masalan bola tomonidan xarakat yo’nalishini mustaqil tanlash
va harakatni o’yin qoidasida qat’iy belgilangan yo’nalishda bajarish bir tomondan
23
o’yin vaziyatini (bevosita idrok qiladigan) va ko’rish motoreakstiyasini (o’yin
harakatlarini) darhol baholashni ikkinchi tomonidan o’z harakatlarni fazo o’yin
muhitidan anglash va tasavvur qilish hamda o’sha ko’rish reakstiyasini namoyon
etishni talab qiladi. Harakatli o’yinda bu ikki komponent o’zaro harakatda bo’ladi.
Pedagog tomonidan ishlab chiqilgan o’yin qoidalari bola harakati uchun fazoda
oldindan mo’ljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda o’yin
vaziyatidagi to’satdan bo’ladigan o’zgarishlar (boshlovchi harakati yoki signallar)
harakat rejasini buzadi. Juda murakkab bolalarning tezkor reakstiyasi hamda
fazoda mo’ljal olishini talab qiladi. “Ikki ayoz”, “Sehrli tayoqcha”, “Jasur bolalar”,
“Maymunlar va ovchilar” va hakoza o’yinlar.Bunday reakstiya bolalardagi o’z
faoliyatini va harakatalarni muayyan muhitga moslash qobilyatining rivojlanganlik
darajasi bilan belgilanadi. Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishim lozim. Bunda
tarbiyachi bolani asta sekin o’yin vaziyati va qo’yilgan vazifaga erishish
zaruriyatini hisobga olib bir muncha muvaffiqiyatli harakat usulini topishga
o’rgatadi. Masalan aynan bir o’yinni va cheklarga fazoda o’tkazganda bola
boshlovchidan tez va uzoqqa qochish usulidan foydalandi unga yaqin joyda turib
chaqqonlik va abjirlik ko’rsatidi. “Tuzoq”, “Ayyor tulki” va hakoza. Atrof muhitda
mo’ljal olishga o’yin vazifasini bajarish yo’lida atayin yaratilgan tusiqlar ham
yordam beradi. “Chambarchakdan o’tib bayroqga tomon yugurish”, “Bo’ri
jo’rlikda”, “Jasur bolalar” va hakoza. Bu bolalarda maqul harakat usulini etarlicha
rivojlangan kuz bilan baxolash va harakatlarni bajarish va harakatlarni bajarish
vaqtini hisobga olishga tayangan holda mustaqil tanlash qobilyatini xosil
qiladi.Bolaning tarqalgan holda tez harakat qilayotgan bolalar orasida mo’ljal ola
bilishi juda muhim hisoblanadi. U tinimsiz o’zgarib turadigan o’yin vaziyatiga
nisbatan tezkor reakstiya ko’rsatish zaruriyatiga ko’ra bir muncha murakkabdir.
Biror katta guruh bolalari o’yinlarni takrorlash jarayonida bu ko’nikmani
muvofaqqiyatli egallaydilar “Tuzoq”, “Ayyor tulki”, “Quvlashmachoq” va
hakozalar. Bolalar milliy o’yinda predmetlarning odamlarning yaqin uzoqligini
aniqlashni mashq qiladi. Shu tufayli unda ko’z bilan baholash shuningdek fazoviy
eshitish mo’ljali rivojlanadi. “Uzoq yaqin”, “Goh u erda goh bu erda”, “Ko’z
24
bog’lash o’yini” va boshqalar. E.Ya.Stepanenkova tadqiqotida bolalarning
predmetlararo fazoviy munosabatlar oldinda, orqada, o’rtada, chapda, ustida,
ostida, oraliq yonda, qarama–qarshida, ketma-ket va hakoza haqidagi
tushunchalarni aniqlashtiruvchi o’yinlar ko’rsatilgan. (tezroq yur), (to’qish) (kim
tezroq), (chambarak orqali bayrocha tomon yugurish), (lochin va kurk tovuq)
«to’pni kengliklararo dumalatish» va hakoza.
Milliy harakatli o’yinlar bolalarda oddiy vaqt mo’ljalini shakllantiradi. Ular
uyidagilarda ifodalanadi. O’yin harakatlarining izchilligini tushunib olishlarida
avval, so’ng bundan keyin, shundan oldin, barini bir vaqtda va hakoza kabi o’yin
topshiriqlarini signalga ko’ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez
bajarishda, masalan, “Men beshgacha sanagunimcha siz bayroqchalardan bitta
naqsh yasashingiz kerak”, “Kim uch marta chapak chalguncha saflana oladi?” va
boshqalar. Bu o’yinlarda bola fazoda mo’ljal olishni, harakatlar izchilligi va ularga
vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi. O’yinlar mazmunini, butun o’yin
vaziyatini uning qoidalarini, personajlar harakatini mustaqil, tushuntirish
bolalarning joylashishi o’rnini o’yin artibutlarini va harakat yo’nalishlarini fazoviy
terminlarni ishlayotgan olda ko’rsatish o’tkazilgan o’yinga baho berish bolalarning
aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Harakatli milliy o’yinlar bog’cha yoshdagi katta
bolalarda ijodiylikni rivojlantirishi uchun qulaylik yaratadi. L.M.Kogovina
ma’lumotlariga ko’ra, 5-6 yoshli bolalarga tegishlicha rahbarlik qilinsa o’zlariga
tegishli o’yinning variantlarini o’ylab topishlari, uning mazmunini
murakkablashtirishlari qoidalarini to’ldirishlari mumkin. Keyinchalik bolalar
adabiy asarlar ertaklar, syujetli asosida kichik o’yinlar o’ylab topishlari, aqliy va
ijodiy kamolotning yuqori darajasida erishganlarida esa, o’zlari ijod qilgan
syujetlari asosida harakatli o’yinlar yaratishlari mumkin. Maktabgacha tarbiya
yoshdagi bolalar ijodiy faolligini rivojlantirish jarayoni barcha yosh guruhlardagi
tarbiyalanuvchilarning topshiriqlarga va ularni amalga oshirishga emostional
munosabati bilan harakatlanadi. bunda tarbiyachi rahbarligining umumiy ijodiy
yo’nalganligi uning bolalar izlanishlariga hayrihohlik munosabati katta ahamiyatga
25
ega. Milliy o’yinlar o’z mazmunini va formasiga ko’ra estetik faoliyat hisoblanadi.
O’yin harakatlarning rang – barangligi ular bolalar aniq chaqqonlik bilan o’ziga
xos ifodali bajarishlarida xarakterlanadi. bolalardagi ko’tarinkilik o’yin faoliyatiga
emostional tus bergan holda haraktlarni juda sifatli bajarida namoyon bo’ladi va
ularda harakat jarayonining o’zidan qoniqish hissini uyg’otadi. Bir yoki bir necha
doirada sheringa kalonnaga «Figura bo’lib» turish kabi xilma – xil saflanishlar
harakatlarning aniqligini xushomadlilikni talab qiladi va bolalarda estetik hisni
o’stiradi. o’yin ko’rinishning guzalligi eng avvalo qatnashuvchilarning o’zlari
etadigan fizkultura formasining bir xil bo’lishi bilan ifodalanadi. Musiqa bilan juda
katta estetik ta’sir ko’rsatadi. U bolalarni chiroyliroq harakat qilishga undaydi.
Musiqani harakatli o’yinlarga qo’llash avvalo uning estetik – tarbiyaviy rolini
aniqlash lozim, bunda bolalarning musiqa asoslari harakati va formasiga muvofiq
harakat qilishlari muhimdir. Shuni hisobga olib, musiqani o’yinning faqat ayrim
qismlariga joriy etish lozim.
Masalan, “Quvlashmachoq” o’yinda barcha bolalar dastlab o’z harakatlarini
musiqaga moslagan holda osongina tarqab chopib ketishlari mumkin. Musiqani
asosining oxiri vaqt u bilan bog’liq ravishda uning tinishi quvlash harakatining
boshlanishi uchun o’ziga xos signal bo’lib xizmat qiladi. Buni maqsadga muvofiq
deb hisoblash kerak, chunki bolalar ushlab olish vaqtida musiqani idrok
qilmaydilar. Agar o’yin chog’ida “Ushla” degan og’zaki signal berilsa, shunday
paytda harakat muzmunining tinishiga aniq mos kelishi lozim.Harakatli qoidali
o’yinlarga syujetli va syujetsiz o’yinlar esa voleybol, basketbol, badminton
gorodki, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Shunday qilib milliy harakatli
o’yinlarda mujassamlashgan emostional sog’lomlashtirish, bilish va tarbiyaviy
komponentlarning butun kompelksidan foydalanish bolalarni har tomonlama
tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
26
1.3.Zamonaviy milliy harakatli o’yinlarning turkumlari.
Boshda izohlanganidek juda ko’p harakatli o’yinlar chetdan kirib kelib, ular
milliylashib ketgan. Chunki, ularning mazmun, maqsad va mohiyatlari
yurtimizning iqlim sharoitlari, aholining ijtimoiy mehnat va turmush madaniyatiga
mos keladi. Shu sababdan milliy harakatli o’yinlar tarkibida uchraydigan boshqa
millatlarning harakatli o’yinlari haqida fikr-mulohazalar yuritilsa ajablanmaslik
zarur.
Atoqli olimlar M.Murodov, U.Qoraboev, M.Jabborov, J.Toshpo’latov,
A.Atoev, R.Abdumalikov, T.Usmonxo’jaev kabilarning ilmiy-nazariy
mulohazalari hamda o’yinlarning mazmunlari asosida milliy harakatli o’yinlarini
quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:
1. Tabiat manzaralari, fanlar bilan bog’liq o’yinlar. Bunga “Ko’chat o’rnat”,
“Kartoshka ekish”, “Yomg’ir”, “Ayoz bobo” kabilarni namuna qilib ko’rsatish
mumkin. Ularning mazmuni va o’yin holatlari (joylar, bajarilish tartiblari,
qoidalar). Tabiatning go’zalligi, ob-havoning o’zgarishi, sovuq va yomg’irlardan
saqlana bilish kabi harakatlar asosida shug’ullanuvchilarning hushyorlik, epchillik,
chidamlilik kabi jismoniy sifatlari va insonning aqliy fazilatlarini tarbiyalashda
xizmat qiladi.
27
2. Hayvonot olami bilan bog’liq o’yinlar, “Qushlar pr...r etib uchdi”, “Kalhat keldi,
qoch bolam”, “Bo’rilar va ovchilar”, “Zovurdagi bo’rilar”, “G’ozlar”, “Tulki bilan
xo’roz”, “It va qarg’a” va shu kabi juda ko’p o’yinlarda o’zaro munosabatlar,
yaxshilik va yomonlik, o’zini ehtiyot tutish kabi fazilatlar bilan birgalikda barcha
jismoniy sifatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi. Shu asosda bolalarda hayvonot
olamiga bo’lgan qiziqish, parrandalarni asrash kabi his-tuyg’ular uyg’onishi
mumkin.
3. Mehnat bilan bog’liq o’yinlar. Inson faoliyati aqliy va jismoniy mehnat bilan
belgilanadi. Ularni harakatli o’yinlar mazmunida ham uchratish mumkin. Aqliy
mehnatga doir o’yinlar turkumiga “Sanash o’yinlari”, “Sonlarni yozish va o’ylab
top”, “Ism yoki buyumlarni ketma ket va aralash turib aytish”, “Sakrab qo’shiq
aytish”, “Rasmlarni tez chizish”, “Shakllarni (kubok) joylashtirib o’z holiga
keltirish” (shakl yasash) va shunga o’xshash faoliyatlarni aks ettiruvchi o’yinlar
kiradi.Jismoniy mehnatni aks ettiruvchi harakatli o’yinlar ham juda ko’p. Ularga
“O’tin yorish”, “Poda to’p” (cho’pon), “Qo’sh haydash” (erni haydash, chopish),
“Osilib chiqish”, “Tortilish”, “Yuk ko’tarish”, “Eshak mindi”, “Piyoda poyga”,
“Poezd” va b.q. kiradi. Ularning mazmunida mehnat qilish yo’llari, bajarish
usullari hamda chidamlilikni ifoda etuvchi hislatlar mujassamlanadi.
Umuman olganda milliy harakatli o’yinlarning barchasida aqliy va jismoniy
mehnatlar uyg’unlashib, asosan jismoniy barkamollikni tarbiyalashda xizmat
qiladi.
4. Ommaviy madaniy tadbirlarda (bayramlar, to’ylar, turli xil marosimlar, sport
musobaqalari va h.k) qo’llaniladigan, ya’ni namoyish va musobaqalashish
maqsadida murakkab va oddiy harakatli o’yinlar qo’llaniladi. Ular tarkibiga kurash
qismlari (elementlari, ot o’yinlari, ko’pkari-uloq, poyga), dorboz, tosh ko’tarish,
arqon tortishish, elka urishtirish, xo’rozlar jangi va h.k. kiritiladi.
5. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi o’yinlar ham harxil
turkumlarga bo’linadi. Ularga quyidagilarni namuna qilib ko’rsatsa bo’ladi, ya’ni:
Tezlikka doir o’yinlar: “Qopqon”, “Kim oldin”, “Insiz quyon”, “To’rt oyoqlab
yugurish” (emaklab yugurish), “Hakkalagan qushchalar”, “Uchinchisi ortiqcha”,
28
turli estafetalar va boshqalar.
Kuchga doir o’yinlar: “Oq suyak”, “Chillik”, “Elkada ko’pkari”, “Eshak mindi”,
“Arqon tortishish”, “Bilak kuchini sinash”, “Qo’llarda tortinish” va boshqalar.
Chidamlilikka doir o’yinlar: “Oq terakmi-ko’k terak”, “Davradan chiqar”,
“Olamon poyga”, “Dorboz”, “Oqsoq qarg’a”, “Oshiq” (gardkam), “Qilichbozlar”,
“Besh tosh”, “To’qqiz tosh”, “Orqang kuydi”, “Bo’ta soldi”, “Tortishmachoq”,
“Ko’z bog’lash”, “Bekinmachoq”, “Kim keldi”, “Dorboz”, “Zuv-zuv” va h.k.
Yuqorida nomlari keltirilgan murakkab va oddiy (sodda) O’zbek xalq milliy
o’yinlari barcha yoshdagilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash bilan birgalikda
insoniy fazilatlarni ham shakllantirish va ularni yanada takomillashtirishda
bevosita xizmat qiladi.
Bolalarga xos bo’lgan epchillik, ixchamlik, abjirlik, uddaburonlik
qayishqoqlik kabi xususiyatlarni rivojlantirishda faqat jismoniy tarbiya darslaridagi
harakatli o’yinlar bilan chegaralanib qolmaslik lozim. Ularning bo’sh vaqtlarida
hovli, ko’cha, maydonlarda erkin ravishda shug’ullanishlari va bunda sport
o’yinlari, gimnastika, engil atletika, kurash kabi sport turlarining qismlari
(elementlari) bilan shug’ullanishlarini ham ta’minlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa shundan iboratki, xilma-xil turkumlarga bo’linadigan harakatli
o’yinlarni o’z vaqtida maqsadli qo’llash zarurdir.
----------------------------------------------------------------------------------------------------------
Dostları ilə paylaş: |