Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi fayllar org2222
Mazmuni bolalarga tanish bo‘lgan va harakatlarga singdirib yuborilgan o‘yinlarni kichkintoylar juda qiziqib o‘ynaydilar. Bu esa kichkintoylarning harakat qobiliyatini rivojlantirish ularni ochiq joyda to‘g‘ri yurishga o‘rgatishda katta axamiyatga ega bo‘ladi, faolliy va mustaqillikni tarbiyalashga yordam beradi.
4 yashar bolalar bilim doirasining kengayishi va harakatida tajribalar ortishi bilan harakatli o‘yinlarning mazmuni xam xilma-xil bo‘la boradi. Qush va xayvonlar harakatiga, transport turlariga turli narsalarga taqdid qilib, bajarilgan harakatlar o‘yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. O‘yinlarda bolalarga buyumlarni tanish shaklini (kub, doira, kvadrat shaklini) eslab qolish bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqlar ranglarni ajratish tovushlarni farq qilish kabi topshiriqlar bera boshlash kerak.