1Kompitensiyaviy yondashuv



Yüklə 330,43 Kb.
səhifə23/25
tarix27.04.2023
ölçüsü330,43 Kb.
#103797
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
1Kompitensiyaviy yondashuv

O’quvchilar bilimini o’quv jarayonida tekshirishning ahamiyati.

Matematika o’qitishda o’quvchilarning misol va masalalarni to’g’ri yechilganligini tekshirish muhim ahamiyatga ega .


Matematikadan bilimlarni tekshirishda faqat dastur talabiga yarasha u yoki bu bilimlarning o’quvchilar ongida bo’lishligini hisobga olmasdan, balki sifatini xarakterlaydigan quyidagilarni ham ye’tiborga olish kerak:
1) O’quvchilar mulohazasi va tushunchalarining o’qitilayotgan obyektga mos kelishi;
2) aniqlik, ya’ni detallarning to’g’riligi;
3) to’liqlik, ya’ni obyekt va jarayonlarga taalluqli mulohaza va tushunchalarning yetarli va to’liq bo’lishi;
4) Obyekt va jarayonlardagi muhim belgilarni, tushuncha va mulohazalarda aks yettirish;
5) onglilik, ya’ni tushunchalar orasidagi bog’lanishni tushuna olish va mulohazalarni asoslay olish;
6) mustahkamlik, ya’ni o’quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish.
O’quvchilar bilimini tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun umumiy qilib berilgan. Bilimlarni tekshirish va baholash maqsadi o’qituvchi uchun o’quv materialini o’quvchilarning o’zlatirish sifatini, dasturdagi bilimlarni ega llash darajasini, malaka va ko’nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir.
Bu orqali o’qituvchi o’quvchilarning o’quv faoliyatini o’quvchilar matematikadan o’zlashtirishi majburiy bo’lgan bilimlar hajmini o’quv dasturi bilan solshtiradi. Shu hajmni o’zlashtirish va mustaqil masalalar yechishga yerishish uchun lozim bo’lgan bilimlar hosil bo’ldimi yoki yo’qmi yekanligini doimo nazorat qilib boradi.
Yangi masalalarni yechishda bilimlarni amaliyotga qo’llash va o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning matematikadan bilim va malakalarini tekshirishning usullari xilma-xil bo’lib, ular o’quvchilarning og’zaki yoki yozma bayon qilishi, masala yoki misol yechishi, aniq bilimlardan foydalanib chizish, o’lchash, laboratoriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali aniqlanadi.
Masalan, o’quvchi ko’paytmani ko’paytirishdan hosil bo’lishini bilsada, “ko’payuvchi 15, ko’paytuvchi 6, ko’paytmani toping” – dega n masalani yechishda qiynaladi. Shuning uchun o’quvchining har bir javobida yuqorida aytilgan bosqichlarni bajarish zarur.


O’quvchilar bilimini og’zaki aniqlash

O’quvchilar bilimini tekshirishning yana bir usuli o’quvchilardan individual so’rash hisoblanadi. Bu so’rash uncha katta bo’lmagan og’zaki hisoblash bilan bog’langan bo’lishi kerak. Bunday so’rashni o’qituvchi odatda uy vazifasini tekshirish bilan bog’laydi.


Og’zaki hisoblash malakalarini tekshirish maqsadida sinfning barcha o’quvchilari bilan misol va masalalar yechishda qo’llaniladi. O’qituvchi misolni aytadi, o’quvchilar og’zaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam to’g’risiga faqat javoblarini yozib qo’yadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7–10 minut davomida o’tkazish maqsadga muvofiq.
O’quvchilar bilimini yozma ish orqali aniqlash
Bilimlarni to’laroq tekshirish uchun dasturning o’tilgan bo’limi bo’yicha yozma ishlar olinadi.
Masalan, IV sinfda ko’p xonali sonlarni raqamlash haqida o’quvchilar bilimini tekshirishdagi yozma ishga quyidagi savollarni qo’yish mumkin.
Savol va misollar. Nima tekshiriladi.
1. Yuz ming o’n mingdan necha marta katta? Turli xona birliklari orasidagi munosabat.
2. Sakkiz mingda nechta yuz bor?
3. 542000 da nechta o’n ming bor?
4. 267805 dagi eng yuqori xonani toping. Xonalar bo’yicha sinflarning raqamini bilish.
5. Ikkinchi sinf birligini toping.
6. Turli xona birliklarini, ahamiyatini 3 raqami ifodalaydigan ikkita son yozing.Raqamlar o’rnining ahamiyatini bilish
7. 7,8 va 9 raqamlar yordamida ikkita uch xonali son yozing.Raqam va son orasidagi farqni bilish
8. Barcha raqamlarni yozing.
9. 37245 sonni qo’shiluvchi razryadlarining yig’indisiga almashtiring.Sonni qo’shuvchi razryadlar yig’indisiga almashtirish malakasi.
10. 999+2, 1000000-1, 9998+3, 10000-2 misollarni yeching.Raqamlash bilimining arifmetik amallar bajarishga tatbiq qilishni bilish.
11. 997 va 1002 sonlarining orasida qanday sonlar bor.Natural sonlar qatori ketma-ketligini bilish.
1–3 vazifalarni o’qituvchi og’zaki bayon qiladi. O’quvchilar esa misollarga taalluqli javoblarni daftariga shu raqamlar yoniga yozib qo’yadi. 9–11 vazifalar esa sinf doskasiga yoziladi. O’quvchilar uni daftariga ko’chirib oladilar. Shuning uchun 9–11 vazifalarni 2 xil tuzish kerak. Bu bir-biridan faqat sonlari bilan farq qilishi lozim.



Yüklə 330,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin