Bolalar ijodini o`rganish metodi Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda
o`rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab
o`quvchilarning o`ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir
ma`lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Maqsad O`zbekiston
yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari,
she`r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari
bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.
Oqibatda, maktab o`quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli,
iste`dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste`dodlarining namoyon
bo`lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi. Odatda,
bolalar ijodini o`rganish manbai ko`p bo`lib, ular : fan olimpiadalari,
mavzular
bo`yicha
konkurslar,
maktablar
bo`yicha
ko`rgazmalar,
musobaqalar, ekskursiyalar va sayllar va hokazo.
Test, so`rovnomalar metodi Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so`rovnoma va
test savollardan foydalanishdir. So`rovnoma-anketa (fransuzcha "tekshirish"
ma`nosini bildiradi) metodi qo`llanilganda yaratilgan ilmiy farazning
yangiligini bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini,
qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va
tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib
test metodini maktab, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga tadbiq etdi. Test
sinovlaridan ko`zlangan maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini
yoppasiga aniqlash, baholashdir.
Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash
jarayoniga zarar tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda
tutish lozim. Test savollarining o`rni va ularni mazmunan rang -barang qilib
tuzilishi, o`quvchilarning mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash
imkonini beradi.