1,Ta’lim tizimi va turlari


Abu Nasr Forobiyning ta’limtarbiyaga oid qarashlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə127/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Abu Nasr Forobiyning ta’limtarbiyaga oid qarashlari .  Sharq xalqlarining, jumladan o’zbek xalqining o’tmishdan etib kelgan boy ma’naviy-madaniy merosi, o’lmas qadriyatlari ajdodlarimizning, tarixda sahifalaridan o’rin olgan buyuk mutafakkirlarimizning yuksak darajadagi intellektual qobiliyati va salmoqli mehnatlarining natijasidir. Mutafakkirlarimizning yaratgan ilmiy asarlari, pedagogik qarashlari va g’oyalari bugungi kundaga ko’plab rivojlangan mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotida o’zining muhim ahamiyatini yo’qotmasdan kelmoqda. Bugungi kunda ilmiy texniktaraqqiyotning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi axborot hajmining keskin ko’payishi, shuningdek fanlar integrasiyasi natijasida yangi fanlarning yuzaga kelishi, jamiyatda raqobat muhitini yuzaga keltirdi. Ushbu vazifalar asosida jamiyatning ta’lim tizimiga qo’ygan asosiy vazifalaridan biri yuksak ma’naviy axloqli, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qo’shadigan, ivojlangan davlatlar darajasidagi yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi deb belgilandi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda buyuk mutafakkirlarining ilmiy va hayot faoliyatini o’rganish, ularning hayot yo’llaridan saboq olish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, O’rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’imoti ta’lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Abu Nasr Forobiy (to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon alForobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da Shosh Toshkentga yaqin Forob (O’tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug’ilgan. Forobda boshlang’ich ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag’dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag’dodga jo’naydi. Bag’dodda Forobiy o’rta asr fanini, turli fan sohalarini o’rganadi. Masalan, unga Yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag’doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug’ullandi, turli tillarni o’rgandi. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog’da qorovul bo’lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug’ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949950 yillarida Misrda ham bo’lgan. So’ng yana Damashqga qaytib, shu erda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag’ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko’ra Abu Nasrning hikmat falsafani o’qishiga bir kishi sabab bo’lgan ekan. O’sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu erda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo’yib ketgani sabab bo’lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko’zi tushib, ularning Abu Nasrning ko’ngliga ma’qul bo’lib qoladi va o’qishga kirishadi natijada etuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o’rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o’zidankeyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo’lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog’ – salomat bo’lib, o’z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o’tkir, 5 – o’z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-’rifatga havasli, 7 – taom eyishda, ichimlikda, 
ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o’zini tiya oladiga bo’lishi (qimor yoki boshqa o’yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va elg’onchilarni yomon ko’radigan, 9 – o’z qadrini biluvchi va oriyatli bo’lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir etuk insonda ko’rishni istaydi. 
167. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ta’lim-tarbiya masalalari

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin