1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə125/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

YUsuf Xos Hojib
YUsuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati. «Qutadg’u bilig»ning yaratilishi haqida qisqacha ma’lumot.
Tadqiqotchilarning fikrlariga ko’ra YUsuf Xos Hojibning tarjimai holini faqat uning o’z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlardan bilamiz, xolos:
Mo’nuqi tarug’laq Qo’z o’rdu eli,
Tub—asli nasabdin yurishish tili
Bu tug’mish elindin chiqib borgoni,
Kitobni qo’shubon tugal qilg’oni.
Barusin bitimish, yeturmish nizom,
Bu Qoshg’ar elinda qo’shulmish tamom.
Qo’z o’rdu o’lkasi aslida eli,
Tub asli nasabdan so’z ochdi tili,
Tug’ilgan elidan chiqib borgani
Kitobni jam etib tugal qilgani.
Borini bitibdir ne esa kalom,
Bu Qashqar elida tugadi tamom1.
YUqoridagi misralardan YUsuf Xos Hojibning tug’ilgan joyi Qo’z O’rdu (ya’ni Bolasog’un) ekanini, ammo uni yozishda turli o’lkalarga safar qilgani, va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani taxmin qilinadi.
Demak, YUsuf Xos Hojib Bolasog’unda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda yozgan. Asarning hijriy 462 (1069—1070) yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab, 462 yilning o’rtalarida tugatganligi, agar bu davrda YUsuf Xos Hojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug’ilganligi taxmin etiladi.
Tegurdi menga elchi ellik yashim,
Qug’u qildi uzg’un tusi-teg bashim
(Ellik yoshim menga qo’l tegizdi,
Qora (quzg’un) tusidek boshimni oq (qush)
qildi (ya’ni, sochim oqardi)1.
Yil altmish eki erdi to’rt yuz bila
Bu so’z so’zladim man tutib jan sura,
Tugal o’n sakkiz ayda aydim bu so’z,
O’qurdum, adirdim so’z evdib tera2.
YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori Tavg’achxon (kitobda Tavg’och Ulug’ Bug’ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. «Qutadg’u bilig» asari katta shuhrat qozonadi. SHuning uchun ham «Qutadg’u bilig»ni chinliklar (Xitoy) «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar (SHarqiy Turkiston) «Anis ul-mamolik» («Mamlakatning tartib usuli»), eronliklar «SHohnomai turkiy», SHarq elida «Ziynal ul-umaro» («Amirlar ziynati»), turonliklar «Qutadg’u bilig», ba’zilar esa «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar nasihatnomasi») deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi.
Mazkur asarning shuhrat topishi bejiz emas edi. CHunki YUsuf Xos Hojib o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan bilsak bo’ladi. U o’z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tabiiyot, geografiya, riyoziyot, handasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fiqhga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o’zini namoyon etdi. CHunonchi u barcha ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb koriga oid talablar va jamiyatning axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos uslubni yaratdi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin