1,Ta’lim tizimi va turlari


Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə131/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

171. Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlar
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxhi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.vloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.
U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.

172. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarlarining shaxs kamolotidagi ahamiyati




O`tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o`gitlari, tafakkur mevalari, ijodiy yutuqlarini o`rganish xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan bir qatorda, yosh avlodning barkamol inson bo`lib yetishishida muhim vositalardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sharq murafakkirlaridan biri, o`zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil inson kuylovchisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o`rganish, undan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo`lsa ham, o`zining bu haqidagi fikrlarini deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o`z asarlarida har bir so`zdan unumli va o`rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo`ladi. Ulug` shoir o`zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shdi, umuminsoniy fazilatlar to`g`risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Har bir o`qituvchi-pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo`lishi uchun o`z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o`stirishi, o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarni puxta o`ylab, ularning ko`ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o`zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo`ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql bor “Bola – shirin so`zning gadosi”. Shunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so`z ko`ngillar uchun bamisoli asaldir”. Dildora TOSHEVA Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi o`qituvchisi #1, 2018 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL 67 Shuning uchun ham o`qituvchi har on nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o`zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. O`qituvchi o`zining pedagogik faoliyatida to`g`riso`z bo`lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tarbiyachi bilan o`quvchi o`rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o`rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham uzib bo`lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz. Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar va ustoz-murabbiylarning o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o`qituvchi ma’lumotli, o`qitish yo`llarini biladigan muallim bo`lishi zarur, deydi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularni o`ta qattiqqo`l, jo-hil va ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat, johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga, kaltaklashga o`rgangan, g`azabli, qoshi chimirilgan, gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. Ularning ko`pchiligida ko`ngil qattiqligi va ta’b xastaligi oshkor. Buning ustiga ular aql kamligiga ham giriftor. Ular qiynash yo`li bilan bolalar ko`nglini o`zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do`q-po`pisa bilan tartibga solmoqchi bo`ladilar. Ulardagi ko`rinib turgan qo`pollik, yosh bolalardagi kelishmagan xattiharakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o`rgatadi. Darhaqiqat, mu-allim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko`p, agar shogird ulg`aygach podshohlik martabasiga erishsa ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Ayni o`rinda o`qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o`tadi: “Uning ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab o`rgatadi, ko`rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to`dada fahm-farosati ozlar bo`ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo`ladi. Har qanday bo`lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko`pdir. Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir”, deb yozadi. A. Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i” deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim, deb hisoblaydi. Shuningdek, Navoiy hayotda o‘z ilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘ sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi. Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul, Dona sochib ko‘tarmadi mahsul. Olim bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olim-u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alloma yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi.

173. Ta’lim jarayonining yagona tizim sifatida tasnifi


Ta’lim jarayoni o`ziga xos tizim bo`lib, uning tarkibiy qismlari sifatida biz yuqorida ko`rib o`tgan ta’lim maqsadi (resp. o`quv predmeti maqsadi), ta’lim mazmuni (o`quv materiali), ta’lim usuli, ta’lim vositalari, shuningdek, o`quvchi ~ ustoz munosabatilarini o`z ichiga oladi, didaktik qonuniyatlarga bo`ysunadi. Didaktik qonuniyatlar esa, o`z navbatida, ijtimoiy qonunlarning bir ko`rinishidir. "Ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlari kabi haqqoniy va mutlaqdir. Ular inson ixtiyori va irodasiga bo`ysunmaydi, lekin ularni uqish, taraqqiyot yo`nalishida borib, ulardan amaliy foydalanish, ya’ni qonuniyatlarga bo`ysunish orqaligina ularni inson manfaatlariga bo`ysundirish, boshqarish insoniyatga ulkan imkoniyatlar bersa, zid harakat, qarshi borish, odatda, katta zararlar, inkor etish esa, tasavvur qilib bo`lmas fojialar keltiradi. Ijtimoiy qonunlarning ham, tabiat qonunlarining ham pirovard natijasi ma’lum turdagi samaradorlikdir. Chunonchi, ma’lum bir turdagi hosil olish uchun saralangan urug` tanlab, ishlov berilgach, yerga qadalsa, rivojlanish qonuniyatlariga uyg`un ravishda o`z vaqtida parvarish qilinsa, albatta, ko`p hosil–samara olinadi. Lekin bu jarayonning biror bosqichida tabiiy qonuniyatlardan atigi biri buzilsa, unga rioya qilinmasa, barcha mehnat barbod bo`ladi. Tabiat qonunlariga bo`ysunish hamma uchun tushunarli; lekin ijtimoiy qonunlarga bo`ysunish yoki bo`ysunmaslik oqibatlarini ko`rish ancha murakkab, buning uchun juda ko`p hollarda uzoq yillar kerak…"1 Haqqoniy va mutlaq tabiatli didaktik qonunlarga ko`ra, davr talablari (ijtimoiy talablar va ijtimoiy taraqqiyotning mutlaq qonunlari bilan uyg`un bo`lgan) ta’lim maqsadi bilan ta’lim mazmuni, usuli va vositalari uyg`un bo`lgan taqdirdagina o`quvchi~ustoz munosabatilari unga uyg`un bo`la oladi va tizim tugallikka ega bo`ladi, o`z maqsadiga erishishi mumkin. Aks holda, chunonchi, o`simlikni yetishtirish davrida istagan bir bo`g`inda uzilish butun mehnatni zoe ketkizganidek, ta’lim mazmuni yoki usuli va vositalarida, o`quvchi~ustoz munosabatlarida ta’lim maqsadiga nomuvofiqlik butun didaktik jarayonni barbod qilishi muqarrar. Shuning uchun maqsad mustaqil fikrlovchi ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash bo`lgach, ta’lim mazmuni (o`quv materiali, o`zlashtirilishi zarur sanalgan bilimlar tizimi) pragmatik ahamiyatli, tatbiqiy, o`quvchi kundalik faoliyatida amalda qo`llay oladigan, ta’lim usuli o`quvchini fikrlash, izlash va topishga undaydigan, tа’lim vositalari darslik bilan cheklanib qolmay, o`quvchini axborot manbalari bilan ishlashga undaydigan, ustoz esa o`quvchining o`ta murakkab kuzatish, izlanish, topish, fikrlash va qo`llash jarayonining mohirona boshqara oladigan bo`lmog`i shart – didaktik tizimning barcha bo`g`inlari bir-biriga muvofiq bo`lib, biri ikkinchisini to`ldirib borishi zarur.
Yuqorida bir necha marta takrorlaganimizdek, bu juda murakkab va ancha vaqt-u mehnatni talab qilidigan jarayondir. Xususan, maqsad~mazmun~usul~ vosita~ustoz~o`quvchi munosabatlari tizimning 4- va 5-bo`g`inlari – bu birinchi navbatda ko`p ming kishilik o`qituvchilar jamoasining ko`nikmalarini, ish usullarini tubdan yangilash bilan uzviy bog`liqdir. DTSlari, ularning asosida yangi dastur tasdiqlanib, bu dastur asosida yangi darslik tuzilib, amalga joriy etilgach, qiziq bir voqeaning guvohi bo`ldik. Bir necha maktab jamoasidan yangi darsliklarning yaroqsizligi, ulardan amaliy foydalanishning imkoniyati yo`qligi haqida xabarlar olindi. Masalani atroflicha o`rganish maqsadida shunday xabar tashkilotchilaridan bo`lgan bir maktab jamoasi bilan darslik mualliflari, ta’lim boshqarmasi mutasaddilari va metodistlar uchrashuvi o`tkazildi. Bu maktabdan kelgan norozilik xati tajribali, obro`li o`qituvchilar va ota-onalar tomonidan imzolangan edi. Masalani o`rganish shuni ko`rsatdiki, norozilik va janjal 5-sinf “Ona tili” darsligi “Fonetika”bo`limida berilgan mashqni bajarishdan boshlangan. Sinfda o`quvchilar bilan o`tkazilgan suhbatdan ma’lum bo`ldiki, darslikda berilgan topshiriq bilan ustoz (sinfda fan o`qituvchisi) bergan topshiriq bir-biriga muvofiq kelmagan. Darslik kir~qir, kul~qul, bor~bar kabi so`z juftliklarini berib, ularning talaffuzini kuzatish topshirig`ini bergan. Fan o`qituvchisi o`quvchilarga berilgan so`zlarni qo`llab gap tuzib kelish topshirig`ini bergan. Natijada, kir, qir, kul, qul, bor, bar kabi omonim so`zlarni qo`llab gap tuzishda chalkashlik va anglashilmovchilik yuz bergan, ona-onalarning ham noroziligiga sabab bo`lgan. Sinf fan o`qituvchisining ko`p yillik odatiy ko`nikmalariga tamoman yot bo`lgan, tamoman boshqacha ishlashni talab etadigan darslik norozilik xatiga asos bo`lgan. Darslik topshirig`i bilan sinf o`qituvchisining bergan topshirig`i to`la mos kelishi, albatta, shart emas, lekin ustoz topshirig`i o`ylanmagan, tasodifiy ham bo`lmasligi kerak.

174. Uzluksiz ta’lim va uning faoliyat ko’rsatish prinsiplari




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin