2 -amaliy mashg’ulot Ishlab chiqarish korxonalari havosi tarkibidagi chang miqdorini aniqlash



Yüklə 228,23 Kb.
səhifə2/2
tarix13.05.2023
ölçüsü228,23 Kb.
#112820
1   2
2-амалий

tb- filtr orqali havoni o`tkazish davomiyligi, daq;

Normal sharoit (00C va 760 mm simob ustuni) da keltirilgan havoni hajmi W0 quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:




bu yerda Vt - filtrdan o`tgan havoning hajmi, l/daq;
tx - xonaning harorati, 0 C;
Px - xonaning bosimi, Pa.

Changning konsentrasiyasini aniq hisoblash uchun xonaning bir necha joyidan namuna olinadi. Filtr orqali o`tkaziladigan havoning miqdori - quruq reometr, gaz o`lchagich yoki maxsus aspirator (filtr orqali havoni so`rish uchun havo nasosi va bir nechta reometrlardan tashkil topgan) yordamida aniqlanadi.


Havoni tadqiq etishda qog’oz filtr maxsus patronga o`rnatiladi, patronning ingichka bo`yin qismiga rezina trubka biriktiriladi, rezina trubkani ikkinchi uchi esa reometrning pastki trubkachasiga yoki gaz o`lchagichga biriktiriladi. Reometrni yuqorigi trubkachasi, o`z navbatida, rezinali trubka yordamida havo yig’ish qurilmasi bilan to`tashtiriladi. Havoni yig’ish qurilmasi sifatida chang yutgich (pilesos) dan foydalanish mumkin, faqatgina unga ozgina o`zgartirish kiritiladi. Buning uchun chang yutgichni yig’ish teshigiga rezinali po`kkak o`rnatiladi, rezina po`kkakdan esa ikki-uchta metall trubka (quvurcha) o`tkaziladi, trubkani diametri esa rezinali trubkani kiygizishga imkon bersin. Ishlashga qulay bo`lishi uchun filtrli patron shtativga o`rnatiladi. Havodan namuna olish uchun mo`ljallangan asbobni joylashtirilgan (montaj qilingan) holati 1-rasmda ko`rsatilgan.
Tadqiqot natijasida aniqlangan havoning tarkibidagi changni haqiqiy konsentratsiyasi me’yoriy ko`rsatkichdagi qiymatlar bilan solishtiriladi. Tadqiqot o`tkazilgan xonada ishchining mehnat sharoitiga va sog`ligiga ta`sir yetmaydigan zararli modda (chang) ning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan ko`rsatkichlardan oshmasligi kerak.





2-Rasm. Havodagi chang konsentratsiyasini aniqlash uchun qurilma.
1-filtrli potron; 2-shtativ;
3-rezinali shlang;
4 –aspirator.


1-Rasm. Changni ushlovchi filtr uchun metall potron.
1-filtr;2-qobiq;3-gayka; 4-qopqoq.


1-jadval
Xonalarga ruxsat etiladigan changning chegaraviy konsentraciyasi

Chang turi

Ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya, mg/m3

Sement, tuproq, minerallar va ularning aralashmalari changining tarkibida erkin holda kremniy ikki oksidi bo`lmaganda (Si02)

6

Ko`mir changi tarkibida 10% gacha erkin holda Si02 mavjud bo`lganda

4

Ko`mir changi tarkibida erkin holda Si02 mavjud bo`lmaganda

10

O`simlik va hayvonlarning changi tarkibida 10% gacha erkin holda Si02 mavjud bo`lganda

4

O`simlik va hayvonlarning changi tarkibida 10% va undan ortiq % da erkin holda Si02 mavjud bo`lganda

2

Sun’iy abrazivlar changi ( korund va karborund)

5

Geksaxloran (bug’ va aerozol)

0,1

Metafos (bug’ va aerozol)

0,1



Sinov savollari

  1. Chang deganda, nimani tushunasiz?

  2. Changlarni qanday tasniflash (sinflarga bo`lish) mumkin?

  3. Aerozol nima?

  4. Xonadagi chang miqdorini qanday aniqlash mumkin?

  5. Havo tarkibidagi chang miqdorini qaysi formula yordamida hisoblash mumkin?

  6. Mo``tadil (normal) sharoitda havoning hajmini qanday hisoblash mumkin?

  7. Ishni bajarish tartibini tushuntiring.

Yüklə 228,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin