Bahorgi novdalar - meva o’simliklarida bahorda birinchi marta o’sib chiqqan novdadir. T Yozgi novdalar - shu yilgi vegetasiya davri shakllangan kurtaklardan o’sib chiqqan ikki va undan keyingi o’suvchi novdadir.
Silleptik novdalar - shu yilgi vegetasiya davrida shakllangan qo’ltiq kurtaklardan muntazam ravishda o’sib chiqadi.
O’rinbosar novdalar - urug’li meva daraxtlari va ayrim rezavor butalarda bahorda generativ-vegetativ kurtaklardan o’sib chiqadi.
Regenerativ novdalar -o’simliklaming yer ustki va yer ostki qismi orasidagi korrclyasiya buzilganida, masalan, shoxlar muzlab qolganda, ko’p kesilganda o’sib 27
chiqadi. Ular bahorgi novdalardan keyin tinim holatidagi va poyadagi qo’shimcha kurtaklardan o’sadi.
Ildiz bachki novdalar -meva daraxtlarining ko’pchilik turida ildizda shakllangan qo’shimcha kurtaklardan o’sib chiqadi. Ulaming pastki qismidan o’rinbosar novdalardagiga o’xshab, qo’shimcha ildizlar o’sib chiqadi.
Konkurent novdalar - uchki yon kurtaklardan o’tkir burchak hosil qilib o’sib chiqadi va ko’pincha asosiy poyadan o’zib ketadi. Bir yillik novda uchidan chiqadigan novdadagi aralash kurtaklardan uning uzunligiga teng va undan uzun yon novdalar o’sib chiqqan hollarda ham konkurent novdalar chiqishi mumkin.
Shox tipian:Shoxlar o’suvchi yoki vegetativ va meva (reproduktiv) shoxlariga bo’linadi. O'suv shoxlari baquwat o’sgan bo’lib, ularda meva kurtaklari bo’lmaydi. Bular shox-shabbalarining har yili yuqorigi va yon tomonlarga o’sib kattalashib borishini ta’minlaydi.
Meva shoxlari kalta, sekin o’sadi va ularda meva kurtaklari joylashadi. Meva shoxlari bir necha xil bo’ladi: urug’li meva daraxtlarida xalqali shoxcha, nayza shoxchalari, nayzali ingichka novdalar meva butoqchalari tipida: danakli meva daraxtlarida esa gulli shoxcha to’p meva shoxcha, pixsimon shoxcha va aralash meva shoxchalari bo’ladi.
Halqali shoxcha uzunligi 5 mm dan 3 sm gacha bo’lgan halqasimon izli eng kalta shoxchadir, uchki kurtagi to’pbarglar va chala yetilgan yon kurtaklar bilan o’ralgan. Halqali shoxcha o’suv yoki hosil kurtagi bilan tugallanadi.
Nayzasimon shoxcha bir yillik baquwat yon novda bo’lib, uzunligi 3-5 sm dan 15 sm gacha yetadi. Ular odatda, asosiy tanaga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilib, nayzaga o’xshab o’sib chiqadi. Ayrim novdalarda nayzasimon shoxcha tikan bilan tugaydi.
Ingichka novda ya’ni hosil shoxchasi 15 sm dan uzunroq bo’ladi. Bu shoxcha asosiy poyadan o’sib chiqadi, ko’pincha egilgan bo’ladi va hosil kurtagi bilan tugaydi. Halqali, nayzasimon, ingichka novdalar birinchi hosil berganidan so’ng, odatda ikki-uch yoshligida hosil shoxlari deb ataladi. Keyingi yillarda ular tarmoqlanib, murakkab hosil shoxlariga aylanadi.
Kurtaklar - meva o’simliklarining yer usti qismi kurtaklardan rivojlanadi. Kurtak nisbiy tinim holatidagi boshlang’ich novdadir. Yangi hosilalar chiqarishga qarab kurtaklar 5 ga: 1) vegetativ, 2) generativ, 3) vegetativ-generativ, 4) tinim holatidagi, 5) adventiv kurtaklarga bo’linadi.
Vegetativ kurtaklardan mavsum davomida barglar bilan o’ralgan halqali kalta shoxchalar yoki uzun-qisqa novdalar hosil bo’ladi. Generativ kurtaklardan faqat generativ organlar- gul, so’ngra meva, rezavor meva va yong’oq rivojlanadi. Bular danakli meva turlariga, qizil va oq smorodinaga, yong’oq pekan, fundukka xosdir.
28
Vegetativ-generativ kurtaklarda bir vaqtning o’zida gul, barg va qultiq kurtaklar boshlang’ichi bo’ladi. Shuning uchun uiar aralash kurtaklar deyiladi. Ulardan generativ va vegetativ organlar g’uncha, gul, bitta yoki bir nechta o’rinbosar novda va barg rivojlanadi. Kurtaklar yirik-maydaligi, shakliga, novdada joylashishiga va yangidan organlar hosil qilishiga qarab farq qiladi. Generativ va generativvegetativ kurtaklar ancha yirik va yumaloq bo’lib, ko’zda aniq bilinadi. Bu kelasi yilgi hosilni chamalashda juda muhimdir.
Barg- o’simlikning muhim organi bo’lib, unda fotosintez, gazlar almashinuvi, transpirasiya kabi murakkab bioximiyaviy prosesslar boradi. Meva va rezavor meva o’simliklarining bargt oddiy va murakkab, yirik - mayda va har xil shaklda bo’ladi.
Barglaming morfologik belgilari- shakli, yirik-maydaligi, chetining tuzilishi, tomirlanishi, bandining uzun-kaltaligi va yo’g’onligi, tukliligi har xil bo’lib, tur va navlarni bir-biridan farq qilish uchun xizmat qiladi.
Gul- o’simliklaming jinsiy ko’payish organi hisoblanadi. Har xil meva daraxtlarining guli turlicha tuzilgan bo’ladi. Ba’zi o’simliklaming guli ikki jinsli, ya’ni bir guida ham changchi, ham urug’chi, boshqalarida esa bir jinsli, ya’ni bir xil guida faqat changchi bo’lsa, ikkinchisida faqat urug’chi bo’ladi. Guli ikki jinsli o’simliklar entomofil (hashorotlar yordamida changlanuvchi), guli bir jinsli o’simliklar shamol yordamida changlanuvchilar gruppasiga kiradi.
1-rasm. Meva daraxtining er ostki va er ustki qisimlari
tuzilishi: