Meva daraxtlarining yer ustki qismi - meva darxatlarining yer ustki qismi poyadan iborat. U asosiy oziq organlari - barg va ildizni bir-biriga bog’lab turadi. Poya tana, shox-shabba, novdadan iborat.Tana poyaning eng yo’g’on tik qismi
26
bo’lib, yon tomonlarga qarab shoxlaydi. Tananing tarmoqlangan hamma qismi yig’indisi shox-shabba deyiladi.
Tana poyaning tik joylashgan qismi bo’lib, unga butoqlar birikadi. Tananing pastki, birinchi butoqlari bo’lgan qismi asosiy tana, yuqorigi birinchi butog’idan uchigacha bo’lgan qismi esa markaziy o’tkazuvchi yoki miqdorli deb ataladi. Markaziy o’tkazuvchidan oxirgi yildan o’sgan uchki qismi novda davomi deb ataladi.
Bevosita tanadan chiqqan shoxlar birinchi tartib shoxlar deyiladi. Birinchi tartib shoxlarga ikkinchi tartib shoxlar, ulardan esa uchinchi tartib shoxlar o’sib chiqadi va hokazo. Daraxt tanasi asosiy qismlarining ma’lum joylardan o’suvchi qism va hosil shoxchalari chiqadi. Hosil shoxchalari meva kurtaklari chiqaradi, ulardan esa gullar so’ngra, mevalar hosil bo’ladi.
Markaziy tana o’zining butoq shoxlari va hosillari bilan birga daraxtning shox- shabbasini hosil qiladi.
Meva daraxtlaridagi asosiy oziqlantiruvchi organlar - ildiz va barglar bir - biriga poya orqali tutashadi.
Poyada har xil kurtaklar hosil bo’ladi. Buning natijasida u shoxlaydi. Ko’pdan - ko’p barglar va meva shoxchalari hosil qiladi.
Poya o’sish bilan birga shoxlaydi, meva daraxtlarida u monopodial shoxlanadi, ya’ni bosh poya har yili uchidan o’sadi, yon kurtaklardan yon shoxlar hosil bo’ladi.
Novda - bir vegetasiya davrida kurtaklardan o’sib chiqib, poya hosil qiladi, undan barglar va kurtaklar chiqadi va uchki kurtak shakllanishi bilan tugallanadi. Vegetasiya davri oxiriga kelib o’sgan novdalar yiliik novda deyiladi. Kuzda bargi to’kilgandan keyin novda yiliik shox, yangi kalendar yilning boshlanishidan esa o’tgan yilgi yiliik novda deyiladi.
Yiliik novda -bir vegetasiya davri davomida qishlovchi kurtakdan o’sib chiqqan novdadir. Novdalar o’sish jadalligi va morfologik xususiyatlariga ko’ra bir- biridan farq qiladi.
Novdalar qachon va qayerda hosil bo’lganligiga hamda fonksiyasiga ko’ra qo’yidagi xilda bo’ladi.